Mavzu: turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti


Download 54.52 Kb.
bet18/19
Sana04.05.2023
Hajmi54.52 Kb.
#1426451
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI

Tuzub o‘zbak shilonining kuyini Supurib yuz bila qaysar uyini (Lutfiy).
Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar qo‘shinlari- ning
o‘ng qanotida borayotgan yuz ming o‘zbek va mang‘it samarqanddan Chingacha
saf tortgani tasvirlanadi. Qolaversa, ulug‘ shoir o‘zbek nomini qayta-qayta tilga
olar ekan, har safar bu xalqqa xos biron fazilatga e’tibor qaratadi: Halol ona sutidek gar o‘zbakim tutsa, Tobuq qilib, yukinib, tustog‘on ichinda qimiz.
XVI asr boshlarida o‘zbek xalqi va uning tili o‘zbek nomi bilan ham
yuritilgan. Buni Muhammad Solihning «Shayboniynoma»sida keltirilgan quyidagi
baytdan ham bilish mumkin: Holi aning yeri Turkistondur
O‘zbak eliga muazzam xondur. Abulg‘ozi Bahodirxon “Shajarai turk” asarida shunday jumlani o‘qiymiz:barcha Jo‘chi elini o‘zbek eli dedilar. A.Asqarovning yozishicha, Shayboniyxon Movarounnahrga qo‘shin tortib kelganda, uning qo‘shinida 92 urug‘ suvoriysi xizmat qilgan. Vaholanki, u paytda Dashti Qipchoqda bor-yo‘g‘i 27 ta urug‘ga mansub aholi yashagan. 92 bovli o‘zbek qavmining asosiy qismi esa allaqachon hozirgi O‘zbekiston hududining o‘troq aholisi edi. Xurshid Davron “Samarqand xayoli” kitobida atamaning kelib chiqishini O‘g‘uzxon va miloddan oldingi XII asrda yashagan skiflar boshlig‘i Ispek nomi bog‘laydi.
Darhaqiqat, qadimgi turkiy manbalar, xususan, Kultegin bitigtoshi va
Yenisey yodgorliklarida az – o‘z atamasi turk qabilasi tarkibidagi urug‘ nomini
anglatgan. Shu ma’noda aytish mumkinki, o‘z – urug‘ nomi, bek – bek, hukmdor
nomidan tashkil topgan. Mazkur etnos VI-VII kelib, qorahoniylar davrida ko‘pgina
turkiy urug‘lar birlashuvidan yirik qabilaga aylana bordi. Bu jarayon Oltin O‘rda
davlati hududidagi urug‘lar hamda Shayboniyxon boshchiligidagi ko‘chmanchilar
ta’sirida tezlashdi va nihoyat o‘zbek millatining to‘liq shakllanish davrigacha
davom etdi. Binobarin, o‘zbek xalqi va uning tili qaysi nom bilan atalmasin, shu
xalqning birdan-bir aloqa vositasi bo‘lib keldi.
Xullas, o‘zbeklar o‘zining uzoq tarixi, yozuv madaniyatiga ega bo‘lgan
qadimgi xalqlardandir. O‘tmishda bu xalq turk, sart, chig‘atoy va o‘zbek atamalari
bilan yuritilib kelgan. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, xalq va tilning
nomlanish tarixi o‘sha xalq va tilning tarkib topishi jarayoni bilan doim teng
bo‘lavermaydi. Xalq va tilning nomlanishi uning kelib chiqish tarixi belgilamaydi.


XULOSA
VI-VIII asrlarda bir chegarasi Oltoydan tortib markaziy Mo‘g‘ulistonga
qadar, ikkinchi yog`i Sharqiy Turkistondan tortib Kaspiyga qadar ulkan hududda
amal qilgan Birinchi va Ikkinchi ko`k turk xoqoniklarning rasmiy tili turkiy til edi.
Saltanatning davlat va jamiyat boshqaruvi, xalqaro diplomatik munosabatlari,
rasmiy yozishmalar turkiy tilda olib borilgan. Rasman ko`k turk yozuvi amalda
bo`lgan. Badiiy adabiyot, ilmiy va tarixiy asarlar, xonlarning tuzuklari, yorliqlari
va chet ellar bilan yozishmalari turk tili va ko`k turk yozuvida bitilgan. Hatto
turkiy til Buyuk ipak yo`li bo`ylab xalqaro til sifatida ham amal qilgan.
Ko‘k turk va keyinchalik uning o‘rnida yuzaga kelga uyg‘ur xoqonliklarida
Markaziy Osiyoda xalqaro statusni olgan sug‘d, ba’zan tabg‘ach (xitoy) tillariga
ham e’tibor qaratilgan. Masalan, monumental matnlar bitishda, turkiy til bilan
barobar, sug‘d, ba’zan tabg‘ach tillaridan ham foydalanilgan. Buni o‘sha kezlardan
qolgan ikki, uch tilni bitiglarda ham kuzatishimiz mumkin. Chunonchi, 732-yili
tiklangan Kul tigin bitigi ikki tilli: asosiy matn turkchada, toshning ters yuzida
xitoycha yozuvi ham bor. To‘quz o‘g‘uz (uyg‘ur) xoqoni Alp Bilga (xitoy
manbalarida Baoi) xotirasiga 820-821 –yillarda tiklagan Qorabalg‘alg‘asun obidasi
uch til-turkiy, sug‘dcha va xitoy tilida bitilgan. Bu dalillar turk muhitida mazkur
tillarga alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi.
Ko‘k turk xoqonliqlarining ayrim o‘lkalarida, xoqonliqqa qo‘shni yurtlarda,
turklar bilan aralash yashaydigan boshqa qavmlar ichida ikki tillilik ham amal
qilgan. Masalan, Sug‘dda va xoqonliq hududidagi sug‘dlar ko‘chib kelib
o‘rnashgan ayrim kentlarda, sug‘d-turk qo‘shtilliligi, Xorazmda xorazm-turk,
qo‘shni Toharda va turk xoqonlig‘I, keyinchalik uyg‘ur xoqonlig‘ining Toharga
qo‘shni viloyatlarida, asosan, to‘xrilar orasida to‘xri-turk qo‘shtilliligi ham amalda
bo‘lgan.
O‘tmishda yaratilgan, matnlar ichida ikki, uch tillilari ham anchagina. Lekin
matn ikkitilliligi bilan, jamiyat orasidagi bilingvizm (ko‘p tillilik) bilan
qorishtirmaslik kerak. Chunonchi, yuqorida qayd etilgan hududlarda xorazm-turk
qo‘shtilliligi bo‘lgan. Lekin tabg‘ach turk jamiyati tarixiga mos emas. Turkiy
yodgorliklarda xitoycha matnlarning berilishi xitoy tilining mavqeini nazarda
tutgan holda shakllangan. Islom davrida turklar orasida arab tilining o‘rganilishi va
arabiy savodxonlikning yuqori darajada bo‘lganligi ham qo‘shtillilik hodisasi deb
sanamaslik kerak.



Download 54.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling