Mavzu: Turli yosh guruhlarida tabiat burchaklarida kuzatishlarni tashkil etish. Gulnora Xolboyeva


Download 0.79 Mb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1056969
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tabiat burchaklari slayd

Kerakli Jihoz va materiallar: yog`ochdan yasalgan buyumlar, temir buyumlar, plastmass, po`lat, qog`oz; ohanrabo (magnit).
Faoliyatni olib borilishi: Ohanrabo (magnit)- kundalik hayotimizning bir
qismidir.
tajriba «Ohanrabo (magnit) hamma narsani tortadimi?»
Tajriba o`tkazishda hamma buyumlarni ikki guruhga ajratish: temir va temir bo`lmagan buyumlar. Navbat bilan ohanraboni birinchi va ikkinchi guruh buyumlariga yaqinlashtiriladi. Shunda aniqlanadiki, temir bo`lmagan buyumlarni oxanrabo o`ziga tortmaydi, biroq, temir buyumlar oxanraboga darrov yopishadi, ba`zilari esa uni tortish kuchini sezmaydi.
Xulosalar: oxanrabo po`lat, nikel, temir va shunga o`xshash buyumlarni o`ziga tortadi, yog`och, plastmassa, qog`oz, matoni tortmaydi.
1.tajriba «Qanday qilib suv solingan stakandan qo`lni ho`l qilmay tangani olish mumkin?»
Maqsad: bolalarni oxanraboning suvdagi xususiyatlari bilan tanishtirishda davom etish.
Material i Kerakli Jihoz va materiallar: suv solingan stakan, temir buyumlar, oxanrabo.
Birinchi tajribadan so`ng temir buyumlarni suv solingan stakanga solinadi.
Savol: qanday qilib suv solingan stakandan qo`lni ho`l qilmay temir buyum (tanga, qistirgich)ni olish mumkin?
Bolalar suvdagi temir buyumni oxanrabo yordamida olishgandan so`ng uning suvdagi temir buyumlarga ham ta`sir ko`rsatishi ayon bo`ladi. Qum bilan ham shunday tajriba o`tkazish mumkin.
Xulosalar: suv oxanrabo harakatiga halal bermaydi. Oxanrabo temir va po`latga hattoki suv bilan ajratilgan bo`lsa ham ta`sir ko`rsatadi.
2.tajriba «Raqsga tushayotgan qistirgich (sksholg`om)« - oxanraboni stol tagida yurgizish.
Xulosalar: suv, uncha katta bo`lmagan hajmdagi temir buyumlar oxanrabo harakatiga halal bermaydi. Oxanrabo temir va po`latga hattoki suv bilan ajratilgan bo`lsa ham ta`sir ko`rsatadi. Faoliyatni yakunlash.
Qo`shimcha qism: qistirgich o`rniga boshqa temir buyumlardan foydalanish mumkin (masalan, shurup, sim va bosh). «Oxanrabo-mo`jiza» taqdimotini tomosha qilish.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling