Mavzu: Turli yosh guruhlarida tabiat burchaklarida kuzatishlarni tashkil etish. Gulnora Xolboyeva
Download 0.79 Mb.
|
Tabiat burchaklari slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoʻshimcha
- Maktabga tayyorlov guruhida Ohanrabo (magnit) bilan tajriba.
Faoliyatning borishi:
1-tajriba. Bolalar oldiga 1 stakan suv va 1 stakan sut qoʼyiladi. Ikkala stakanga ham tayoqcha solinadi, qaysi birida tayoqcha koʼrinadi, qaysi birida tayoqcha koʼrinmaydi? Nima uchun? Oldimizdagi suvli stakanda tayoqchani koʼramiz, sutlida esa koʼrmaymiz. Hulosa: suv tiniq, sut esa yoʼq 2-tajriba. Suvning mazasi bormi yoki yoʼq? Bolalarga naychadan suv ichish tavsiya qilinadi. Mazasi bormi? Qiyoslash uchun sut yoki sharbat beriladi. 3-tajriba. Suvning hidi bormi yoki yoʼq? Bolalar suvni hidlab koʼrib, uni hidi bor, yoʼqligini aytishadi. Hulosa: suv hidsiz. 4-tajriba: suvning shakli bormi yoki yoʼq? Bolalar suvni stakan, xumcha, likopcha, stol ustiga quyadilar. Nima yuz beradi? Suv quyilgan predmet shaklini oladi, tekis yuzada esa toʼkilib ketadi. Hulosa: suv shaklsiz. Qoʻshimcha: suvning hayot uchun ahamiyati. Eʼtiborga molik jihati: tabiatga boʼlgan qiziqishni orttirish. 3-Reja Katta va Maktabga tayyorlov guruhlarida kuzatishlarni tashkil etish. Katta guruhda Daraxt poʻstlogʻini zarrabin (lupa) orqali kuzatish. Maksad: Turli daraxtlar nomlarini biladi va farklay oladi. Daraxtlar pustlogi daraxt tanasini koplab olib, uni tabiat xodisalaridan ximoya kilishi xaqidagi bilimlarga ega. Kerakli jixozlar: Turli daraxtlar pustlog'i, daraxtlarning ko'rgazmali va tarkatma kartochkali suratlari, zarrabin (lupa). Faoliyatning borishi: Bolalar daraxtlar suratlarini kuzatadilar. Turli xil daraxt po'stlog'larini ko'radilar. Turli daraxtlar pustlogini zarrabin (lupa) orkali kuzatadilar. Ko'rgan bilganlarini do'stlari bilan o'zaro taxlil qiladilar. Tug'ilgan savollar bilan tarbiyachiga murojaat qiladilar. Maktabga tayyorlov guruhida Ohanrabo (magnit) bilan tajriba. «Ohanrabo (magnit) hamma narsani tortadimi?», «Qanday qilib suv solingan stakandan qo`lni ho`l qilmay tangani olish mumkin?» «Raqsga tushayotgan qistirgich» - stol tagida ohanrabo (magnit) yurgizish. Maqsad: Ohanrabo (magnit)ning xusuiyatlari bilan tanishish, buyumni o`rganib, tajriba o`tkazish, ilmiy farazlarni o`rganib, xulosalar qilish. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling