Mavzu: Tuzdi: 2-farm-22 talabasi Istamova Sarvinoz Ikrom qizi
Qon ketishida tibbiy yordam
Download 1.12 Mb.
|
1 2
Bog'liq1505236427 66841
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Qon ketishida tibbiy yordam.
• 1.Qon oqishini quyidagi usullar yordamida to`xtatiladi: • -tananing qon oqayotgan sohasini yuqoriga ko`tarish; • -shikastlangan tomirning yuqorisidan barmoq bilan bosib turish; • -bo`g`imlarni bukib turish (tirsak, tizza); • -jgut bog`lash (oyoq-qo`lni qon ketayotgan sohasining yuqori qismiga); • -qon ketayotgan sohaga sovuq suvda namlangan sochiq, ro`mol yoki muzli xaltacha qo`yish. 2. Jarohatni zararsizlantirish. •Ochiq shikastlanishda qon oqishi to`xtagach, jarohat quyidagicha zararsizlantiriladi: avval toza sovuq suv bilan jarohat qo`l tekkizmasdan yuvilib, so`ngra antiseptik moddalar bilan yuviladi, atrofiga yod, spirt surtiladi, toza bog`lam bog`lanadi, lozim bo`lsa, taxtakach qo`yiladi. • 3. Bemor yotqiziladi, issiq choy, kofe, issiq ovqatlar ichiriladi. • 4. Yuqoridagi shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatilgach, bemorni shifohonaga yuborish uchun tez yordam kelgunicha, quyidagi tibbiy yordam muolajalari o`tkazilishi mumkin: • -qon oqishini to`xtatuvchi dorilar (vikasol, ditsinon, kalsiy glyukonat yoki kalsiy xlor va hokazo). • -yurak va nafas olish faoliyatini yaxshilovchi dorilar (kofein, kordiamin, kamfora, adrenalin, eufillin) teri ostiga, muskul orasiga, qon tomiriga yuboriladi. • - glyukoza 40%-2,0 ml, askorbin kislota 5%-2,0 ml vena tomiriga yuboriladi. Burundan qon ketishi. •Sabablari. Mahalliy o`zgarishlar (shikastlanish, tirnalish, burun to`sig`ida yara bo`lishi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari- qon kasalliklar, yurak-tomir, yuqumli kasalliklarda kuzatilishi mumkin. •Belgilari. Burun teshigi orqali, qon tashqariga oqadi, burunning orqa tomoni orqali oqayotgan qon tomoq-halqum, qizilo`ngach, medaga hatto nafas olish a`zolari ichiga tushishi mumkin. Tibbiy yordam. • 1.Bemorni stulga o`tqazish, uni belini stul suyanchig`iga suyab qo`yish. • 2.Boshini biroz oldinga va pastga tomon engashtiriladi. • 3.Bemorning o`zi yoki yordam ko`rsatuvchi bosh va ko`rsatkich barmoqlari yordamida burunni qisishi. • 4.Sochiq yoki ro`molchani sovuq suvda namlab burunni qisib turgan barmoqlar ustidan yopib qo`yish. • 5. Shu vaziyatda 8-10 minut ushlab turish, so`ngra barmoq olinganda qon oqmasa, u to`xtagan bo`ladi. Agar barmoq olinganda qon yana oqa boshlasa, burunni barmoqlar bilan qisgan vaziyatda transportga o`tqizib, bemor shifohonaningLORbo`limiga jo`natiladi. Qon va qon o`rnini bosuvchi suyuqliklar quyish. • Yo`qotgan qon o`rnini to`ldirish, qonning ivish xususiyatini oshirish, to`qimalarni qon bilan ta`minlash, oqayotgan qonni to`xtatish, davo va boshqa maqsadlarda qon va qon o`rnini bosuvchi suyuqliklar yuboriladi. Qon bevosita va bilvosita yo`l bilan quyiladi. • Bevosita usulda qon donordan to`g`ridan-to`g`ri bemorga quyiladi. • Donorning qoni shpritsga olinib, uni yonida yotgan bemorga shu vaqtning o`zidayoq shprits yordamida yuboriladi. • Bilvosita usulda oldindan donordan olib flakonlarda tayorlab qo`yilgan qon bemorga qo`yiladi. Qon quyishda qon guruhi va rezus omili mosligiga ahamiyat berish lozim. Qon guruhlari. •1901 yili avstriyalik olim K.Landshteyner, 1907 yili chex olimi Ya.Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko`ra bir-biridan farq qilishini aniqladilar. Qonning eritrotsitlari tarkibida aglyutinogen, plazmasi tarkibida aglyutinin moddalari bo`lib, aglyutinogenlar A va B, aglyutininlar α va β bilan belgilanadi. Shunga ko`ra barcha odamlar qoni to`rt guruhga bo`linadi. •I guruh qonda–eritrotsitlarda aglyutinogen umuman bo`lmaydi. Plazmada aglyutinin α va β bo`ladi. •II guruh qonda-eritrotsitlarda aglyutinogen A, plazmada aglyutinin β bo`ladi. •III guruh qonda-eritrotsitlarda aglyutinogen B, plazmada aglyutinin α bo`ladi. •IV guruh qonda-eritrotsitlarda aglyutinogen A va B bo`lib, plazmada aglyutinin umuman bo`lmaydi. Qon guruhi Agglyutinogenlar Agglyutininlar I O αβ II A β III B α IV AB O • Qoni I guruh bo`lgan odamlar aholining o`rtacha 40% ni, II guruh–39% ni, III guruh–15% ni, IV guruh–6% ni tashkil etadi. • Izoh: • I-guruh qonni-hamma qon guruhidagi odamlarga quyish mumkin. • II-guruh qonni–o`ziga va IV-guruhga quyish mumkin. • III-guruh qonni-o`ziga va IV-guruhga quyish mumkin. • IV-guruh qonni–faqat IV guruhga quyish mumkin. O`zi esa hamma (I-II-III va IV) guruhlar qonini qabul qiladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling