Mavzu: Uch fazali tok. Reja
Download 21.43 Kb.
|
Уч фазали -1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch fazali tok haqida umumiy ma’lumotlar
Mavzu: Uch fazali tok. Reja: Uch fazali tok haqida umumiy ma’lumotlar. Uch fazali EYuK, kuchlanish va tok sistemasini hosil qilish. Darsning maqsadi: Talabalarda uch fazali o’zgaruvchan tok haqidagi umumiy ma’lumtlar, uch fazali EYuK, kuchlanish va tok sistemasini hosil qilishga oid bilimlarni shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish. Uch fazali tok haqida umumiy ma’lumotlar Bir fazali tok o’zgaruvchan tokning barcha afzalliklariga ega bo’lishiga qaramay, xalq xo’jaligida keng qo’llanilishiga uning ayrim kamchiliklari to’sqinlik qiladi. Masalan, bir fazali tok yordamida aylanuvchi magnit maydonini hosil qilib bo’lmaydi. Bunday maydon esa o’zgaruvchan tokda ishlovchi barcha dvigatellarning “yuragi” hisoblanadi. Texnologik qurilmalarni harakatga keltirish uchun ishlatishga qulay va ishonchli bo’lgan katta quvvatli o’zgaruvchan tok dvigatellarini yaratish esa faqat ko’p fazali tok orqali amalga oshiriladi. Uch fazali sistemaning barcha elementlarini dastlab mashhur rus injener-ixtirochisi M.O.Dolivo-Dobrovolskiy (1861-1919) ishlab chiqqan edi. U qisqa vaqt davomida uch fazali qurilmalarni: aylanuvchi magnit maydonli generator (1888), rotor chulg’ami qisqa tutashadigan asinxron dvigatel (1889), transformator va b. yaratdi. Jahon elektrotexnika ko’rgazmasida birinchi marta 175 km masofaga elektr uzatishning uch fazali liniyasini namoyish etdi. Elektr zanjirlarining uch fazali sisitemasi uchta zanjirning to’plamidan iborat bo’lib, ularda bir xil chastotali, bir-biriga nisbatan faza jihatdan siljigan va umumiy energiya manbaidan hosil bo’ladigan uchta sinusoidal EYuK ta’sir etadi. Elektr zanjirlarining alohida fazalari elektr jihatdan bir-biriga ulangan uch fazali sistemasi uch fazali zanjir deyiladi. Uch fazali tokning keng ko’lamda ishlatilishi quyidagi sabablar bilan bog’liq: 1. Elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi yordamida uzoq masofalarga uzatish uni fazalar soni boshqacha bo’lgan o’zgaruvchan tok bilan uzatishga qaraganda iqtisodiy jihatdan birmuncha tejamli hisoblanadi. CHunki elektr energiyasi uch fazali tok sistemasi bilan uzatilganda uzatish liniyalariga sarf qilinadigan rangli metall uni bir fazali tok sistemasi bilan uzatishdagiga qaraganda 25% kam sarf bo’ladi. 2. Uch fazali tok sistemasining asosiy elementlari hisoblangan uch fazali asinxron dvigatelь va transmatorlarning tuzilishi oddiy, ishlatishga qulay bo’lib, ishonchliligi va tejamliligi nisbatan yuqoridir. 3. Bir yo’la ikkita ishchi kuchlanish, ya’ni faza kuchlanishi va liniya kuchlanishi ning borligi, turli nominal kuchlanishdagi iste’molchilarni ulash imkoniyati faqat ko’p fazali (shu jumladan, uch fazali) sistemaga xosdir. 4. Agar uch fazali EYuK (yoki kuchlanish) sistemasiga simetrik nagruzka ulangan bo’lsa, uning oniy quvvati har qanday vaqt uchun o’zgarmas bo’ladi. Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling