Mavzu: Uch fazali tok. Reja


Uch fazali EYuK, kuchlanish va tok sistemasini hosil qilish


Download 21.43 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi21.43 Kb.
#1837277
1   2   3
Bog'liq
Уч фазали -1

Uch fazali EYuK, kuchlanish va tok sistemasini hosil qilish.
Uch fazali EYuK uch fazali sinxron generatorda hosil qilinadi. Ushbu generator (1-rasm.a) qo’zg’almas stator va uning ichida aylanuvchi rotordan iborat.
Statorning pazlariga (ariqchalariga) o’ramlar soni o’zaro teng bo’lgan va bir-biridan faza bo’yicha 1200 ga siljigan (yoki T/3 davrga farq qilgan)
A-X; V-Y; C-Z; uchta chulg’amlar joylashtirilgan. CHulg’amlarning bosh uchlari A, V,S va oxirgi uchlari X, Y, Z, harflari bilan belgilangan. Har bir chulg’am uch fazali generatorning alohida fazasi hisoblanadi*.
*“Faza atamasi ikki xil ma’noga ega sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarning oniy qiymatini aniqlovchi faza burchagi hamda uch fazali zanjirlarning tashkiliy qismi”.
Bu chulg’amlarda(fazalarda) induktsiyalangan EYuKlarning ta’sir etuvchi qiymatlari YeA, YeV va YeS harflari bilan belgilanadi.


1-расм
Rotor o’zgarmas magnit (elektromagnit)dan yasalgan bo’lib, mashinanining asosiy magnit maydonini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Unga o’ralgan “uyg’otish chulg’ami”dan o’tadigan tok yordamida rotorning magnit maydonini boshqarish mumkin.
Rotor o’zgarmas burchak tezligi bilan aylanganda uning magnit kuch chiziqlari statorning har bir chulg’amida (fazasida) elektromagnit induktsiyasi qonuniga ko’ra, amplituda va chastotalari bir xil bo’lgan, ammo bir-biridan faza bo’yicha 2 /3 ga (yoki T/3 davrga farqlanuvchi) quyidagi sinusoidal o’zgaruvchan EYuK larni induktsiyalaydi:


(1)

Bu ifodalarga mos grafiklar 1-rasm, b da ko’rsatilgan.


1 ifodadan uch fazali EYuK lar sistemasining simmetrikligi ko’rinib turibdiki. Yuqoridagiga o’xshash yo’l bilan uch fazali kuchlanish va tok sistemasi uchun ham quyidagi ifodalarni yozish mumkin:






Demak, uch fazali EYuK, kuchlanish va toklarning o’zgarish qonuniyatlari bir xil ekan.
Chastota va amplitudalari bir xil bo’lib, faza jihatdan ga farq qilgan uchta EYuK lar (yoki toklar) yig’indisi uch fazali EYuKlarning (yoki toklarning) simmetrik sistemasi deyiladi. EYuKlarning simmetrik sistemasida uchala faza EYuK lari oniy qiymatlarining yig’indisi istalgan lahzada nolga teng. Masalan, grafikdan (1-rasm, b) foydalanib, t1 vaqt uchun quyidagini yozish mumkin:

SHuningdek, grafikdan ko’rinadiki (3.1-rasm, b), har bir faza EYuK lari o’zlarining maksimumlariga T/3 davr o’tib erishadi. Shunga ko’ra, EYuK vektorlari larning geometrik yig’indisi (1-rasm, v)

bo’lib, qirrali simmetrik yulduz shaklini tashkil etadi.
1-rasm, b va v dagi grafik haqida vektorlar diagrammasi generator rotorining soat mili harakati yo’nalishida aylanishiga mos keladi. Bunda hosil bo’lgan fazalarning A-V-S ketma-ketligi (almashinuvi) fazalarning to’g’ri ketma-ketligi deyiladi. 1-rasm, v da ko’rsatilgan vektor diagrammada esa EYuK vektorlari o’zining effektiv qiymatlarida ifoda qilingan.



Download 21.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling