Mavzu: Uch xonali sonlarni raqamlash, 317 -318 misol, masalalar, xona qo`shiluvchilarini yig`indisi. Ta`limiy maqsad


III. Yangi mavzu bilan tanishtirish


Download 52 Kb.
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi52 Kb.
#235273
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dars ishlamna

III. Yangi mavzu bilan tanishtirish: Bolajonlar bugun biz siz Safar Barnoyevning “Chiroyli salom” mavzusini o`rganamiz.

(Safar Barnoyev haqida qisqacha ma`lumot beriladi. Mavzu ifodali o`qib eshittiriladi va tushuntiriladi.)

Mavzuda Nigina, Xurshid buva ishtrok qiladi.

Nigina uyqudan kech uyg`onadi. U turganda oiladagilar nonushta qilib bo`lgan bo`ladi. Faqat Xurshid buva nevarasini uyg`onib chiqishini kutadi. Nigina chiqishi bilan Xurshid buva ko`chaga chiqayotgan bo`ladi. Shunda Nigina buvijon men sizga chiroyli salom bermoqchiman deydi. Kun toshoyna oldiga borib, sochlarini tartibga solib, qo`llarini ko`ksiga qo`yib chiroyli salom beradi. Bolajonlar sizlar ham ertalab barvaqt uyg`onib, yuz qo`llaningizni yuvib, sochlaringizni tarab, ust-boshlaringizga qarab, o`zlaringizdan kattalarga chiroyli salom berishga odatlanishingiz shart. Shundagina odobli, aqilli o`g`il, qizlar bo`lib ulg`ayasizlar. Chunki bobolarimiz ham Avval- salom, keyin 0kalom, Odoboboshi salom deb aytib o`tganlar. “Zumrad va Qimmat” ertagida ham Zumrad chiroyli salom berib kampirni xursand qiladi va juda ko`p boylikka ega bo`ladi. Qimmat esa salom demasdan avval taom ya`ni ovqat deydi va sandiqdan boylik emas ajdaho chiqadi. Bolalar sizlarga qaysi biri ma`qul salom bergan Zumradmi? Yoki taom so`rafan Qimmatmi?

-Bolalar Zumrad deyshadi.

- Hurmatli bolajonlarim Zumradga o`xshashimiz uchun esa har doim qo`limizni ko`ksimizga qo`yib chiroyli qilib salom berib yurishga odatlanishimiz lozim. Hamisha mehnatsevar, tejamkor, aqilli va bilimli bo`lishga intilishimiz kerak. Buning uchun esa ko`proq kitoblar o`qib borishimiz kerak. Kelinglar hozir sizlar bilan manashu mavzuni birgalikda o`qib chiqamiz (2-3 o`quvchiga o`qitiladi, rag`batlatiriladi).



Mustahkamlash: Mavzudagi ayrim so`zlarga izoh beriladi.


Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling