NUROBOD TUMANI
77-SONLI MAKTABNING
MATEMATIKA FANI
O`QITUVCHISI
Otayarov Abbosning
7-SINFLARGA GEOMETRIYADAN
” UCHBURCHAK ICHKI BURCHAKLARI
YIG’INDISI HAQIDAGI TEOREMA”
MAVZUSIDA BIR SOATLIK
Sana:
Sinf: 7-sinf
FAN:GEOMETRIYA
MAVZU: Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi haqidagi teorema.
Maqsad:Ta’limiy:O’quvchilarda parallel to’g’ri chiziqlar va kesuvchi hosil qilgan burchaklar haqidagi bilimlarni rivojlantirish. Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi haqidagi teoremani o’rganish , isbotlash va masalalarda qo’llash.
Tarbiyaviy: Bilimli, mehnatsevar, quruvchi, muhandis kasblariga yo’llash.
Rivojlantiruchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga qoidalarini hayotda qo’llashga o’rgatish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |