Mavzu: uchinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari reja: kirish I bob. Psixologik-fiziologik xususiyatlar


I BOB. Psixologik-fiziologik xususiyatlar


Download 205.96 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi205.96 Kb.
#1547253
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 sinf o\'quvchilarining psixologik fiziologik xususiyatlari

I BOB. Psixologik-fiziologik xususiyatlar
I-1Psixik rivojlanishning ahamiyati

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi ko‘pincha o‘qituvchiga taqlid qilib, unga o‘xshashga harakat qiladi, lekin birinchidan, buni ko'pincha tushunib yetmasdan qiladi, ikkinchidan o ‘qituvchining tashqi ko‘rinishi va qiliqlariga taqlid qiladi, chunki u hali shaxsning namoyon bo‘lishini tahlil qilishga va shaxsning barqaror xislatlarini anglab yetishga qodir emas. 0‘smir va katta maktab yoshidagi o‘quvchi ko‘pchilik hollarda namunaga ongli ravishda taqlid qiladilar.


0‘smir o‘zini katta deb hisoblay boshlagandan e’tiboran kattalaming xatti-harakatlari va ishlariga taqlid qilishga intiladi. Shuning uchun unda tevarak-atrofdagi kishilaming, ayniqsa, o'ziga eng yaqin va o‘zi uchun eng obro‘li kishilaming xatti-harakatiga qiziqish hamda e’tibor berish yuzaga keladi. 0‘qituvchi qanchalik obro‘li bo‘lsa, uning e’tiqodi, bilimlari, fikrlari, didi o‘quvchilarga shunchalik ko‘p ta’sir qiladigan bo‘ladi. 0‘smir kattalaming biror xislatlariga taqlid qilayotib, ko‘pincha bu xislatlami shunchalik ilib olish bilan birga, ulaming salbiy xislatlari va xatti-harakatlarini ham o‘ziga singdirib oladi. Agar o‘qituvchi muayyan maqsadni ko‘zlaydigan va prinsipial matonatli, o‘z burchini qat’iyat bilan bajaradigan bo‘lsa, xuddi shu narsalami o‘z tarbiyalanuvchilaridan ham talab qilish unga oson bo'ladi. Aksincha, o‘qituvchining tajangligi, qo’polligi, o‘zini qo’lga ola olmasligi, manmanligi o‘quvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 0‘quvchilar va ota-onalar ba’zan tarbiyaviy ishlarda o'zlarining shaxsan namuna ko‘rsatishlarining ta’siriga etarlicha baho bermaydilar.
Xolbuki, ulaming qilayotgan ishlari, o‘zlarining qanday tutishlari ularning aytgan gaplariga, o‘rgatgan narsalariga qaraganda kamroq emas, balki ko‘prok ahamiyatga ega bo‘ladi. To‘g‘ri xatti-harakatlarda amaliy tajribani uyushtirish, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, shaxsni tarbiyalashda muhim , asosiy omildir. Tarbiyachi o‘quchilarda xatti-harakatlaming shunday forma va usullarini tarkib toptirmog‘i kerakki, bu forma va usullarda taibiyaning hal qiluvchi ta ’siri ostida yuzaga keladigan o ‘quvchi e’tiqodlari amalga oshsin.
Xatti-harakatlarning aytib o‘tilgan formalari motivlarni, o‘quvchining ehtiyoj va munosabatlarini „moddiylashtirish“ ifodasi, vositasi, formasiga aylanib qolgandagina barqaror omilga aylanib mustahkamlanadi. A.S.Makarenko xuddi ana shu ma’noda „xulq-atvor gimnastikasi“ to‘g‘ri xatti-harakatlarni mashq qilishni uyushtirish zarurligi to ‘g‘risida gapirgan edi. 0‘smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili — o‘z-o‘zini tarbiyalash vujudga keladi. 0‘quvchilar o‘zlaridan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atvordagi kamchiliklarga salbiy xislat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlaydilar.
Odam yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z -o‘zini kamol toptiruvchi birdan -bir sistemadir, — degan edi I.P. Pavlov. O’qituvchi, tarbiyachi o‘quvchilaming o‘z -o‘zidan tarbiyalashiga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko‘zda tutishi kerak:
Birinchi vazifa — o‘quvchining o'zida shaxsning ijobiy xislatlarini taraqqiy ettirishga va o‘z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xalos bo‘lishga intilish istagini uyg'otish.
Ikkinchi vazifa — o‘quvchiga o‘z shaxsiga tanqidiy m unosabatda bo‘lishda, o‘z xulq-atvoridagi xususiyatlami diqqat bilan va odilona tushunib olishida, o‘z kamchiliklarini yaqqol ko‘rishda, o‘z nuqsonlarini fahmlab olishda yordamlashish vazifasi kelib chiqadi.
Uchinchi vazifa — o‘qituvchi tarbiyachi o‘z-o‘zini tarbiyalash programmasini tuzishda, shaxs xulq-atvori xislatlarining qaysi xususiyatlarini (masalan, o‘zini ushlay bilish, qat’iylik va shuning singarilami) taraqqiy ettirish, qaysilarga (masalan, o‘jarlik, yalqovlik, qo'pollikka) barham berish kerakligini belgilab, hamda hal qilib olishda o ‘quvchiga yordam beradilar. Xuddi shu erda shaxs sifatlarini to ‘g‘ri va ob’ektiv baholashda, ulami kelib chiqish sabablari hamda m azm uni jihatidan baholashda ham o‘quvchilarga ko‘maklashish muhimdir.
Nihoyat, to‘rtinchi vazifa — o‘qituvchi, tarbiyachi o‘z -o‘zini tarbiyalashning oqilona yo‘llarini ko‘rsatib beradilar, o‘quvchi shaxsining ijobiy xislatlarini tarkib toptirish va kamchiliklarga barham berishga oid eng maqsadga muvofiq va samarali yo‘llarini ko‘rsatadilar.
Bolaning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar murakkab va turli-tumandir. Rivojlanishning mohiyati qarama-qarshiliklar kurashidan, ichki ziddiyatlar, bolaning psixik rivojlanishini bevosita harakatga keltiruvchi kuchlar, ta'lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan hamda bartaraf qilinadigan eskilik va yangilik o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Bunday ziddiyatlarga faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish im koniyatlari o ‘rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o‘sib borayotgan jismoniy va ruhiy imkoniyatlari bilan eski, tarkib topgan o‘zaro munosabat shakllari va faoliyat turlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, katta odamlar tomonidan kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur darajasi o‘rtasidagi ziddiyatlar kiradi. Masalan, kichik o‘quv maskani yoshidagi o‘quvchida mustaqil irodaviy faoliyatga nisbatan bo‘lgan tayyorlik bilan xattiharakatlarning mavjud vaziyatga yoki bevosita ichki kechinmalarga bog‘liqligi o ‘rtasida ziddiyat mavjuddir.
0‘smirlarda esa eng kuchli ziddiyatlar bir tom ondan, uning o‘ziga o‘zi baho berishi va o‘z talablari darajasi va ikkinchi tomondan, atrofdagilaming unga nisbatan bo’lg an munosabatlari haqidagi ichki kechinm asi o‘rtasida, shuningdek, o‘zining jamoadagi real mavqei to‘g‘risidagi ichki kechinmasi o‘rtasida; katta odamlar hayotida to‘la huquqli a’zo sifatida qatnashishi ehtiyoji bilan bunga o‘z imkoniyatlarining mos kelmasligi o‘rtasida paydo bo’ladi. Ko‘rsatilgan barcha ziddiyatlar birmuncha yuqori darajadagi psixik faoliyatlami tarkib toptirish orqali bartaraf qilinadi. Natijada bola psixik rivojlanishning yanada yuksakroq bosqichiga ko‘tariladi. Ehtiyoj qondiriladi — ziddiyat yo‘qoladi. Biroq, qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojni tug'diradi. Bu ziddiyat boshqa bir ziddiyat bilan almashinadi, taraqqiyot davom etadi. Rivojtanish faqat sof miqdor o‘zgarishlari jarayonidan, ya’ni qandaydir psixik hodisalarning, xususiyat va sifatlam ing ko‘payishi yoki kamayishidan iborat bo‘lib qolmay, balki sifat jihatdan yangi xususiyatlaming, ya’ni yangidan hosil qilingan sifatlam ing paydo bo‘lishi bilan bog’liqdir.
Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko‘rsatmoqdalar. Biroq muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatiam ing o ‘ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatga va tarbiyaga bog’liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda psixik rivojlanishning notekisligi kiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta ’lim va tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, funksiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to‘xtab turmaydi.
Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo‘nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo‘ladi va bu sharoitlaming ba’zilari vaqtinchalik, o4tkinchi xarakterda bo‘ladi. U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlaming rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo‘lgan ana shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. (L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev). Bunday senzitivlik davrining mavjudligiga miyaning organik jihatdan etilish qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar va xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham sabab bo‘ladi.




  1. Download 205.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling