Mavzu: uchinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari reja: kirish I bob. Psixologik-fiziologik xususiyatlar
Download 205.96 Kb.
|
3 sinf o\'quvchilarining psixologik fiziologik xususiyatlari
Kurs ishining maqsadi:
0‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan o'zini tiya olishida, unda o‘qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo'ladigan iroda ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o ‘quvchilar tomonidan berilgan materialning o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning tarbiyalanganligiga bog‘liqdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. Ta’lim muassasasidagi ta’Iim jarayonining o‘zi o‘quvchiIardan irodaviy o ‘stirish omillaridan biridir. Blinda, o ‘quvchilarning kundalik rejimi, o‘qish va oqilona dam olishni bir-biri bilan to ‘g‘ri alm ashtirib turish katta ro’l o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zéro bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo‘lib, unda jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o‘tiladi, ana shundan so‘ng ob’ektiv haqiqat bilib oiinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko‘rib chiqishimiz lozim bo’lgan narsa o‘quv materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa ________________ Mirziyoyev SH.M. Erkin vа fаrovon, demokrаtik O‘zbekiston dаvlаtini birgаlikdа bаrpo etаmiz. T:«O‘zbekiston», 2017. va hodisalami sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo‘lishi bo‘lib, idrok etish jarayoni ta’limda turli form alarda o‘qituvchining og‘zaki hikoya qilishida, suhbat o‘tkazishda, leksiya o‘qishida, ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatish, ekskursiyalar o‘tkazish, axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchining o‘ziga darsliklar hamda boshqa qo‘llanmalarni o‘qitish tarzida o‘tishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‘quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo‘ladi. Ta’lim olish jarayoni insondagi motivlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning mohiyati — inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchada ifodalanadi. Motivasiya esa xulq-atvomi psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quw atlash kiradi. Ta’lim jarayonida o‘qish motivlari „nima uchun ?“ , „nimaga?“ , „qanday maqsad bilan?“ kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. 0‘quv faoliyatida o‘quv motivlar o‘quvchilar tom onidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Download 205.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling