Mavzu. Uglevodorod xom ashyosini piroliz qilish jarayonlari
Disproporsiyalanish reaksiyalari
Download 353.93 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Maruza NGQayta ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkilamchi reaksiyalar
Disproporsiyalanish reaksiyalari
Disproporsiyalanish (vodorodning qayta taqsimlanishi) ikkita olefin molekulasi yoki ikkita radikalning o'zaro ta'siri natijasida yuzaga keladi, masalan: 2CH 3 CH 2 CH 3 CH 3 + CH 2 =CH 2 Bu reaksiyalarning faollanish energiyasi ham nolga yaqin. Termal piroliz jarayonida radikallarning kontsentratsiyasi odatda uglevodorod molekulalariga qaraganda ancha past bo'lganligi sababli, rekombinatsiya va disproporsiyalanish reaktsiyalarining tezligi va ularning yakuniy mahsulot hosil bo'lishidagi roli (reaksiya hajmida) odatda kichikdir. Ikkilamchi reaksiyalar Jarayonning keyingi bosqichlarida ikkilamchi reaksiyalar, jumladan, quyidagi reaksiyalar sodir bo’ladi: Olefin guruhlarini diolefinlarga biriktirish (Diels-Alder tipidagi reaksiya), keyinchalik degidrirlash bilan sodir bo’ladi; + −H 2 −H 2 + Aromatik birikmalarning kondensatsiyasi / polikondensatsiyasi C 6 H 5 • + C 6 H 6 → C 6 H 5 –C 6 H 5 + H • Ushbu reaksiyalarning borishi aromatik birikmalar (benzol, toluol va boshqalar), shuningdek, ko'p yadroli aromatik birikmalar - naftalin, antrasen va yuqori molekulyar og'irlikdagi birikmalar hosil bo'lishiga olib keladi, ya'ni. piroliz smola va koks. Kamroq darajada koks hosil bo'lishi uglevodorodlarning uglerod va vodorodga to'g'ridan-to'g'ri parchalanishi, shuningdek, uning materiali, ayniqsa nikel bilan katalizlangan pirozmeevik devorida tolasimon koksning katalitik shakllanishi bilan bog'liq. Uglevodorodlarning pirolizi jarayonida koks hosil bo’lish samaradorligi 0,001-0,0001% dan kam (massa bo’yicha) - aromatik uglevodorodlar ko’p bo’lgan suyuq uglevodorod fraksiyalarining pirolizida ko'proq miqdorda hosil bo’ladi, gazsimon xomashyo ishlatilganda esa kamroq miqdorda hosil bo’ladi. Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, asosan gazsimon xom ashyoni pirolizlash jarayonida hosil bo'lgan zich tolasimon koks oksidlovchi yonish jarayoniga bardorshi bo’lib va vaqt o'tishi bilan bu zmeevikning to'liq tiqilib qolishiga olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarishda hosil bo'lgan koksning tuzilishini o'zgartirish uchun gaz xomashyosini kichik dozada to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan benzin bilan suyultirish texnologiyalari mavjud. Bundan tashqari, katalitik koks hosil bo'lishini ingibirlash uchun zmeevik devori ustidagi faol joylarni qoplaydigan, tarkibida oltingugurt saqlagan birikmalar (sulfidlar, polisulfidlar) qo'llaniladi. Download 353.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling