Mavzu: umumdavlat nazorat organlari va ularning moliyaviy nazoratni tashkil etishi
Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashning moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati
Download 282.92 Kb.
|
UMUMDAVLAT NAZORAT ORGANLARI VA ULARNING MOLIYAVIY NAZORATNI TASHKIL ETISHI
4.Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashning moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.Mulkchilik shakllaridan qat`iyy nazar, xo’jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat organlari tomonidan ularning faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga yo’l qo’ymaslik maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish to’g’risida» 1996 yil 8 avgustdagi 1503-son Farmoni bilan Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashi faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur Кengash xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish sohasidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Кengash qarorlari xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish bo’yicha davlat nazoratini amalga oshirishga vakolat berilgan barcha organlar uchun majburiy hisoblanadi. Кengash tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Кengash o’z faoliyatini “Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi to’g’risida Nizom”ga asosan amalga oshiradi1. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tegishli hududiy komissiyalar tuzilgan bo’lib, ularning tarkibi Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Кengash faoliyatining maqsadi, mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar, xo’jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tartibga solish va muvofiqlashtirish, ularning ish-faoliyatiga nazorat organlari tomonidan asossiz ravishda aralashishga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Quyidagilar Кengashning asosiy vazifalari qilib belgilangan: nazorat organlarining xo’jalik yurituvchi subyektlar ish-faoliyatini tekshirish masalalari bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; xo’jalik yurituvchi subyektlarning ish-faoliyati bo’yicha o’tkaziladigan tekshiruvlarning umumiy sonini qisqartirish; tekshiruvlar, shuningdek nazorat organlarining faoliyatini qaytarishga yo’l qo’yuvchi kompleks tekshiruvlarning muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish; tekshiruvlar o’tkazish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi rejalarga rioya etilgan holda nazorat organlarining faoliyati ustidan nazorat o’rnatish va Кengash bilan kelishilmay turib, rejadan tashqari, qarshi tekshiruv va nazorat tartibida tekshiruvlar o’tkazilishiga yo’l qo’ymaslik; tekshiruvlarni qisqartirish va takomillashtirish maqsadida ularni tashkil etish tizimini tartibga solish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish. Кengash hududiy komissiyalarining asosiy funksiyalariga: xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish bo’yicha hududiy muvofiqlashtiruvchi reja-grafiklar ishlab chiqish; muvofiqlashtiruvchi reja-grafiklar bajarilishiga rioya etilishi ustidan monitoring o’rnatish kabi vazifalar kiradi. Кengash o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun hamda o’z maqomiga muvofiq ravishda quyidagi huquqlarga ega: respublika barcha vazirliklari va idoralaridan yaqinlashib kelayotgan davr uchun mo’ljallangan xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshiruv rejalarini so’rash va olish; tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo’yicha qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etilishini ta’minlash talab qilingan ko’rsatmalarni, Кengash Raisi imzosi qo’yilgan holda, nazorat organlariga jo’natish; tekshiruvlarni muvofiqlashtirish to’g’risidagi qonunchilikni buzish yoki Кengash qarorlarini buzishda aybdor bo’lgan nazorat organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarga ma’muriy choralar belgilanganligi to’g’risidagi taqdimnomalarni, Кengash Raisi imzosi qo’yilgan holda, jo’natish; nazorat organlarining rejadan tashqari tekshiruvlar o’tkazish to’g’risidagi qarorlarini, agar ularni o’tkazish uchun yetarlicha asoslar bo’lmasa, bekor qilish. Кengash nazorat organlari tomonidan nazoratni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka qat`iy rioya etishi, xo’jalik yurituvchi subyektlarning nazorat organlarining noqonuniy harakatlari ustidan tushgan arizalarini o’z vaqtida ko’rib chiqishi, ular yuzasidan qarorlar qabul qilishi hamda olib borilayogan ishlarning natijalari to’g’risida hukumatga muntazam ravishda axborot berib turishi shart. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 19 noyabrdagi UP № 2114–sonli Farmoni Download 282.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling