Mavzu: umumdavlat nazorat organlari va ularning moliyaviy nazoratni tashkil etishi
Download 282.92 Kb.
|
UMUMDAVLAT NAZORAT ORGANLARI VA ULARNING MOLIYAVIY NAZORATNI TASHKIL ETISHI
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiyasilarning moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha respublika komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil etilgan bo’lib, ularga davlat moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan. Muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha respublika komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 fevraldagi 61- sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan . Muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha respublika komissiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o’zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Кomissiya tomonidan uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat`iyy nazar, xo’jalik yurituvchi subyektlar hamda ularning birlashmalari (xo’jalik uyushmalari), mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi. “Muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha respublika komissiyasi to’g’risida Nizom”ga muvofiq quyidagilar uning asosiy vazifalari deb belgilangan: iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar va tijorat banklari tomonidan to’lov intizomini mustahkamlash va hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy to’lovlarni to’liq to’lash bo’yicha amaldagi qonunchilik me’yorlariga qat`iyy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; korxonalarning debitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning byudjetga to’lovlar bo’yicha boqimandalarini qisqartirish bo’yicha ta’sirchan chora- tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli soliqlar va majburiy to’lovlarning to’liq undirib olinishini ta’minlash; korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag’larining ajratib olinishi, shu jumladan tayyor mahsulot zahiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yo’nalishlarini aniqlash hamda ularni qisqartirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish. Кomissiyaga keng vakolatlar berilgan bo’lib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega: vazirliklar, qo’mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xo’jalik uyushmalari, korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari, soliq va to’lov intizomining ahvoli to’g’risidagi masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitib borish; boqimandalarni to’lash, penya hisoblanishini tugatish bo’yicha muddatlarni kechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar va to’lovlar bo’yicha penyalarni hisobdan chiqarish; belgilangan tartibda moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish, Кomissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan axborot, ma’lumotlarni vazirliklar, qo’mitalar, idoralar, uyushmalar, davlat boshqaruvi mahalliy organlaridan olish; bankrotlik va korxonalarni sanasiyalash masalalari bo’yicha Hukumat komissiyasiga korxonalarni sanasiyalash yoki muntazam ravishda debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo’l qo’yuvchi korxonalar va tashkilotlarni bankrot deb e’lon qilish uchun materiallarni xo’jalik sudiga berish to’g’risida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar berish; soliq solish tizimi va xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni yaxshilash uchun yo’naltirilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish va h.k. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 1 avgustdagi PF-1827- sonli Farmoniga muvofiq “Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi to’g’risida Nizom” qabul qilinib, mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 11 iyuldagi PF — 1492-sonli Farmonining 5-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va u Respublika pul-kredit siyosati komissiyasining maqsad va vazifalari hamda ishni tashkil etish shartlarini belgilab beradi. Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi zimmasiga respublikada naqd pul muomalasi va xalq xo’jaligida hisob-kitoblarning ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va O’zbekiston iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish tartibiga qat`iyy rioya etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Кomissiya o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagilarni bajaradi: ishchi guruhlar hamda hududiy komissiyalar zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq holda, ular faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. — o’z majlislarida ishchi guruhlar, hududiy komissiyalar hisobotini va Кomissiya qarorlarining bajarilishi haqidagi axborotni, shuningdek, hokimliklar, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va xo’jalik yurituvchi subyektlarning o’z faoliyati natijalari va Кomissiya qarorlarini bajarish to’g’risidagi hisobotlarini tinglaydi. Pul-kredit siyosati komissiyasining asosiy vazifalari: Respublikada olib borilayotgan pul-kredit, moliya va valyuta siyosatini muvofiqlashtirish; pul muomalasi va xalq xo’jaligidagi hisob-kitoblar ahvoli, valyuta operatsiyalarini bajarish tartibiga rioya qilish hamda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratilayotgan kreditlardan, shuningdek byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan vakolatli idoralar tomonidan samarali nazorat o’rnatish; barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar, banklar va tashkilotlarning pul muomalasi, kreditlash va hisob-kitoblar, tashqi iqtisodiy faoliyat va valyutani tartibga solish, investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanish hamda iste’mol bozorini muhofaza qilish borasida amalda bo’lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlarga qat`iyy rioya qilishi; valyuta tushumlarining o’sishi, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining valyuta resurslaridan samarali foydalanishlari; mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish va ulardan samarali foydalanish; ichki iste’mol bozorini rivojlantirish, uning yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirilishini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir. Кomissiya o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq holda quyidagi funksiyalarni bajaradi: Valyuta resurslari manbalari va ularni to’ldirish zaxiralari bo’yicha: vazirliklar va idoralarning valyuta siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy majmuaning samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, eksport-import tarkibini yaxshilash hamda O’zbekiston Respublikasiga valyuta resurslari oqimini ko’paytirishga doir ishlarini muvofiqlashtiradi; Respublikada, valyuta resurslarining yangi manbalarini shakllantirish va mavjudlarini kengaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda Hukumatga taqdim etadi; vazirliklar va idoralarning kelishilgan holda valyuta nazoratini amalga oshirishlarini ko’zda tutuvchi chora-tadbirlar majmuini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; ichki valyuta bozori ahvolini tahlil qilish, valyutani tartibga solishga doir qonunlar va me’yoriy hujjatlarning tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalda qo’llanilishi tajribasini o’rganish asosida ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; respublikaning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida operatsiyalarni samarali ravishda amalga oshirish bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi; ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlarga ularga ajratilgan maqsadli valyuta mablag’laridan boshqa shartnomalar bo’yicha to’lov uchun foydalanish, shuningdek, ularni aynan shu maqsadlar uchun o’z xorijiy valyutasi hisobidan ilgari sarflagan miqdorda joriy valyuta hisob raqamlariga o’tkazishga ruxsat berishga doir iltimosnomalarini ko’rib chiqadi va qarorlar qabul qiladi; O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasining hisob-kitob muddatlari belgilanmagan operatsiyalarini nihoyasiga etkazish to’g’risida qaror qabul qiladi; zaruriyat tug’ilganida hokimliklar, vazirliklar, idoralar va vakolatli banklarning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi faoliyatlari natijalari to’g’risidagi hisobotlarini tinglaydi, ular yuzasidan tegishli xulosa va takliflar tayyorlaydi. Pul-kredit siyosati va pul emissiyasini qisqartirish sohasida: «Pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari» bajarilishini ta’minlashga qaratilgan takliflarni ko’rib chiqadi va ular bo’yicha tegishli qarorlar qabul qiladi; yagona davlat pul-kredit va moliya siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi; pul muomalasini barqarorlashtirish, kreditlash va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, moliyaviy tizimlar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan Hukumatga takliflar kiritadi; pul qadrsizlanishi jarayonlarining pasayishini ta’minlash, bank ssudalari bo’yicha qarzlar o’sishini cheklashga doir takliflarni ko’rib chiqadi va ular bo’yicha qarorlar qabul qiladi; markazlashtirilgan moliya mablag’lari, shu jumladan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga yo’naltiriladigan markazlashgan kreditlarni ajratish shartlari va qaytarish muddatlariga taalluqli masalalarni ko’rib chiqadi hamda ular bo’yicha tezkor qarorlar qabul qiladi; pul bozori va qimmatli qog’ozlar bozorining joriy ahvoli to’g’risidagi axborot, ularni rivojlantirishga doir takliflarni ko’rib chiqadi va o’z vakolati doirasida tegishli qarorlar qabul qiladi; to’lov intizomi ahvolini yaxshilash, hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan tezkor qarorlarni qabul qilishga doir takliflarni ko’rib chiqadi va Hukumatga taklif kiritadi; naqd pul massasi muomalasini tartibga solish va naqd puldagi, shuningdek mayda ulgurji operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishga doir masalalarni ko’rib chiqadi hamda qarorlar qabul qiladi; pul muomalasini tahlil qilish, pul-kredit siyosati va hisob-kitoblar sohasidagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarni amalda qo’llash tajribasini o’rganib chiqish asosida ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; zarurat tug’ilganida to’lov va kassa intizomining belgilangan qoidalariga rioya qilish, ajratilayotgan bank kreditlari va byudjet mablag’laridan samarali foydalanish yuzasidan hokimliklar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar va konsernlar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi; zaruratga qarab tijorat banklari va boshqa moliya-kredit muassasalari rahbarlarining samarali kredit va depozit siyosati o’tkazish, qonunlar va me’yoriy hujjatlarda belgilab qo’yilgan kredit, depozit, sug’urta operatsiyalarini bajarish qoidalariga rioya qilishning ahvoliga doir hisobotlarini tinglaydi va ular bo’yicha tegishli qarorlar qabul qiladi. Investitsiya dasturlari sohasida: qulay investitsiyaviy iqlimning ta’minlanishiga, ichki investitsiyaviy faollikning o’sishiga va xorijiy sarmoyalarning jalb qilinishiga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qiladi; davlatning maqsadli va investitsiyaviy dasturlarini amalga oshirishga jalb qilinuvchi tijorat banklari ro’yxatini tuzadi va tasdiqlaydi; ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish, birgalikda moliyalash va kreditlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishni davlat tomonidan ko’llab-quvvatlashga doir takliflarni ko’rib chiqadi va ular bo’yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi; qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish yo’li bilan sarmoyalarning iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri jalb qilinishini oshirishga doir takliflarni ko’rib chiqadi va qarorlar qabul qiladi; xorijiy texnologiyalar, «nou-xau», asbob-uskunalar, va maxsus materiallar qo’llaniladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan buyurtmachilar va bosh pudratchilarning shaxsiy va qarzga olingan mablag’larini ayirboshlab berish mexanizmini yaxshilash yuzasidan tahlil o’tkazadi va tavsiyanomalar ishlab chiqadi; ichki nodavlat va xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, sarmoya solig’iga dotatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar berishni qisqartirishga yo’naltirilgan takliflarni ko’rib chiqadi, tegishli xulosalar va tavsiyanomalar tayyorlaydi; jalb etilayotgan xorijiy kreditlarning samaradorligi va o’zini-o’zi qoplashi masalalarini ko’rib chiqadi; xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb qilish va ulardan foydalanishga doir takliflarni ko’rib chiqadi; sarmoyalarni jalb qilish va ulardan foydalanish sohasidagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, investitsiya siyosatiga oid qonunlar va me’yoriy hujjatlarning tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalda qo’llanilishini o’rganib chiqish asosida ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; zaruratga qarab hokimliklar, vazirliklar, idoralar hamda vakolatli banklarning investitsiya siyosatini rivojlantirish sohasidagi faoliyati natijalari to’g’risidagi hisobotlarini tinglaydi, ular yuzasidan tegishli xulosalar va tavsiyanomalar tayyorlaydi. Iste’mol bozorini ta’minlash va uning balansi sohasida: xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaruvchi hamda aholiga xizmat ko’rsatuvchi kichik va o’rta korxonalar sektorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga yordam beradi; iste’mol mollari importi tarkibini tahlil qilish, ular hajmi va sifatining ichki bozor talablariga mos kelishi asosida, shuningdek, iste’molchilar va ichki tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilishni hisobga olgan holda xalq iste’moli mollarini import qilishni tartibga solish to’g’risida takliflar tayyorlaydi; tegishli idoralar va hokimliklarning mintaqaviy tovar bozorlarini barpo etish va rivojlantirish, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish sohalarini yanada takomillashtirish, savdo korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirishga doir takliflarini ko’rib chiqadi; Markaziy bankning so’mlarni markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobidan erkin ayirboshlanadigan valyutaga imtiyozli ayirboshlash huquqini beruvchi litsenziyalari berilishining maqsadga muvofiqligi to’g’risida Кomissiyaning maxsus ishchi guruhi xulosalari bo’yicha qarorlar qabul qiladi; iste’mol bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, uning faoliyat yuritishi va rivojlanishiga doir qonunlar va me’yoriy hujjatlarning amalda qo’llanilishini o’rganib chiqish asosida ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; yangidan barpo etilayotgan yoki qayta tashkil qilinayotgan supermarketlarning belgilangan nizomlar va talablarga muvofiqligi to’g’risidagi iltimosnomalarni ko’rib chiqadi va ular bo’yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi; zaruratga qarab hokimliklar, vazirliklar va idoralarning joylarda iste’mol bozorlarini to’ldirish, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishni oshirish, pullik xizmat ko’rsatish turlarini kengaytirish, kichik va o’rta korxonalar barpo etish va ularni rivojlantirish sohasidagi faoliyatlari natijalari to’g’risidagi hisobotlarini ko’rib chiqadi. O’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasida tegishli natijalarga erishish maqsadida Кomissiya quyidagi huquqlarga ega: o’z faoliyati doirasiga kiruvchi masalalarga doir qonunlari va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, hukumat qarorlarining bajarilishi sohasida Кomissiya tomonidan aniqlangan kamchilik va tartibbuzarliklar haqida tegishli qarorlar qabul qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlariga materiallar taqdim etish; amaldagi qonunchilikka muvofiq Davlat hokimiyati va boshqa davlat va nodavlat muassasalardan uning vakolatiga kiruvchi masalalarga oid zarur ma’lumotlarni talab qilish. Кomissiya har chorakda respublika Hukumatiga o’z faoliyati to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi. Кomissiyaning o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporasiyalar, assosiasiyalar, kompaniyalar, boshqa xo’jalik birlashmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Кengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va banklar tomonidan bajarish uchun majburiydir. Download 282.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling