Mavzu: Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy
Parlament nazoratining obyekt va subyektlari
Download 41.61 Kb.
|
Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi roli
Parlament nazoratining obyekt va subyektlari.O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshirilayotgan parlament nazoratining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: birinchidan, O‘zbekiston qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari ijrosi ustidan nazoratni; ikkinchidan, O‘zbekiston Prezidentining muhim siyosiy masalalar bo‘yicha farmonlarini tasdiqlash orqali nazoratni amalga oshirishni; uchinchidan, davlat budjetini tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilishni; to‘rtinchidan, inson huquqlariga rioya qilinishi sohasidagi nazoratni; beshinchidan, davlat organlarini shakllantirish va mansabdor shaxslarni saylash, tayinlash yoki tasdiqlash yo‘li bilan nazorat shaklini amalga oshirishni; oltinchidan, parlament oldida hisobdor organlar va mansabdor shaxslarning hisobotlarini tinglash va ular faoliyati yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish orqali nazoratni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi davlat hokimiyatini amalga oshirishda, qonun ustuvorligini ta’minlashda, xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishda parlamentning ustuvor ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi Oliy qonun chiqaruvchi organ faoliyatini demokratlashtirish, huquqiy asoslarini takomillashtirish jarayonida davlat hokimiyati organlari tizimida parlamentning roli va ahamiyati sezilarli darajada yuksaldi. Jumladan, 2014 yili O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga parlament nazorati institutini konstitutsiyaviy mustahkamlashga, qonun chiqaruvchi hokimiyatning nazorat qilish vazifalarini yanada kengaytirishga, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi. 2016 yil 11 aprelda parlament nazoratini olib borish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirishga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining parlament oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish, munosabatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to‘g‘risida O‘RQ-403-sonli Qonuni qabul qilindi. Qonunni tayyorlashda parlament nazorati sohasidagi milliy tajriba, ushbu masalada huquqshunos-olim va ekpertlarning nazariy qarashlari hamda xorij tajribasi, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Finlyandiya, Shvetsiya, Shveysariya, Chexiya, AQSh va Yaponiya kabi 30 dan ortiq davlatlar qonunchiligi va amaliyoti, atroflicha o‘rganib chiqildi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati parlament nazorati ob’ekti hisoblanadi12. Shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat parlament nazoratining ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. Parlament nazorati sub’ektlari bo‘lib quyidagilar belgilandi13: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati; Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, komissiyalari; Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari; Qonunchilik palatasi deputatlari; Senat a’zolari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman). Mamlakatimizda Parlament nazorati shakllari quyidagilardan iborat13: navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) qabul qilish, shuningdek Davlat budjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish; Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish; 12 O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to‘g‘risida O‘RQ-403-sonli Qonuni, 4 modda. Download 41.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling