Mavzu: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar 1-Vazifa


Download 0.72 Mb.
bet3/5
Sana30.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1310094
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar 1-Vazifa

Jarrohlik qaychilari:
1) to'mtoq uchli to‘g‘ri va qayrilgan Kuper turidagi qaychilar. Yoniga qayrilgan qaychilar yumshoq to‘qimalarni kesish uchun ishlatiladi, uzunligi 170 va 140 mm bo£ladi;
2) o'tkir uchli va bir o‘tkir uchli to‘g‘ri va ikkinchisi qayrilgan (uzunligi 170 va 140 mm) qaychilar; awalo6 to'qimani teshish zarur bo‘lgan hollarda ishlatiladi ;
3) gipsli bog'lamlarni kesishga mo‘!jallangan — 415 mm (12.3- rasm, b);
4) anatomik ichak qaychisi patalogo-anatomik amahyotida (uzunligi 205 mm) ichakni uzunasiga yorishga xizmat qiladi, shoxlaridan birining ishchi qismida qirqilayotgan ichakning sirg‘alib ketishiga to‘sqinlik qiladigan ilgakning borligi bilan farqlanadi;
5) qovujg'aga moljallangan qaychilar ko‘krak qafasidagi a’zolarni operatsiya qilishda qovurg‘alami kesishda ishlatiladi (12.4-rasm, a);
6) tugmachali (Lister) qaychi bog‘lamlarni kesish uchun ishlatiladi. Tig‘i yoniga 30° da qayrilganligi va uzun tig‘ining bir uchida bemorga zarar yetkazmay, bogiam tagiga kiritish uchun silliq tugmacha mavjudligi bilan farqlanadi;
7) chuqur bo‘shiqlardagi yumshoq to‘qimalami kesishga moljallangan, uzunligi 250 mm, o‘tkir uchli, tor va qisqa ishchi qirrali, to‘g‘ri va qayrilgan qaychi, yaralar ichidagi yoki yetish qiyin boMgan to£qimalarni qirqishga moljallangan;
8) bogiash ashyo uchun uzunligi 240 mm, katta, salmoqli;
9) sochlami olish uchun — bemorlar sochini olish va operatsiya maydonini tayyorlash uchun, uzunligi 175 mm, yengilligi bilan ajralib turadi ;
10) timoqlar uchun - unchalik katta uzunuchun; likda bo£lmagan (100 mm) to‘g‘ri va qayrilgan, b - soch olish uchun. ishchi qirrasida qiya kertiklar mavjud.


4-vazifa.
Suyak omburlari turlarini, tovarshunoslik tahlilini o’tkazish usullarini yozing.
Suyak qisqichlari (tishlagichlari) mayda suyaklarni kesib tashlashda, suyak bo‘rtmalari va shishlari, o'tkir tikonlar va suyak chetlarini kesish va tekislash uchun qollaniladi. Ikkita og‘ir, qulfcha bilan tutashgan shoxchalardan iborat bo'lib, qulfcha ulami ishchi qismlar — jag'lar va dastaga ajratadi. Qisqichlarning jag'lari qavariq, yarim doira, nayzasimon shaklda hamda turli egilgan (yoniga, yuzasiga) bo'ladi. Qisqichlar bitta yoki ko'p sharnirli (ikkita uzatgichli) bo'lib, murvatli sharnir qulfga ega bo'ladi. Suyaklar qisqichlarini tayyorlash uchun zanglamas 40x13 rusumii po'lat qo'llaniladi.
Suyak qisqichlari sifatini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
a) jag'larning qirquvchi qismlari — o'tkir, o'yiqlarsiz, g'adirbudursiz va h.k., butun bo'yi bo'ylab zich yopiluvchi bo'lishi kerak;
b) prujina — Lshlashga sozlangan va qisqichlarning ravon ochilishini ta’minlaydi, ayni paytda jag'lar zich yopiladi;
d) qulfdagi harakati ravon, yengil, to'xtalmaydi.
Asbobning funksional xususiyatlari 1,5—2,0 mm qalinlikdagi kartonni 10 marta yoki suyakning 5—6 mm plastinkasini qirqish bilan tekshiriladi. Sinovdan keyin jag'larning kesish joylarida o‘yiqlar yoki bo‘lingan joylar bo'lmasligi kerak. Kesim tekis, ravon bo‘lishi zarur.
Tuzilish xususiyatlariga qarab, suyak qisqichlarining quyidagi tovar turlari chiqariladi:
— qavariq jag'li — yumaloq jag‘li , kengligi 8,5 va 4 mm to‘g‘ri va tik qayrilgan;
— to‘g‘ri jag‘li;
— yarim doira jag'li — to‘g‘ri va tik qayrilgan jag‘li 2 ta uzatgichh;
— qavariq jag‘Ii- to‘g‘ri va yoniga kayrilgan 2 ta uzatgichh;
— to‘g‘ri jag‘li — to‘gri va tik yoki yoniga qayrilgan 2 ta uzatgichh.
Qisqich-tishlagichlar uzunligi 170—185 mm atrofida bo‘ladi.
Qisqich- tishlagichlar salmoqli, uzunligi 225 mm va yarim doirali jag'li tishlagichlar, katta enli (22 mm), uzunligi 300 mm qilib tayyorlanadi, suyaklarning katta qismlarini (qovurg'alar, umurtqa pog'onasi, bosh suyagi) tishlab olishga yoki qisib ushlab turishga xizmat qiladi. Qadoqlashdan oldin mazkur asboblarga neytral moy surtiladi, pergament yoki parafinlangan qog'ozga o‘raladi va karton qutilarga 5—10 donalab joylashtiriladi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling