Mavzu. Umumiy muvozanat tushunchasi. Ad-as modelida muvozanatning ta’minlanish mexanizmi Reja


Download 139.82 Kb.
bet2/12
Sana18.11.2023
Hajmi139.82 Kb.
#1785185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Umumiy muvozanat tushunchasi. AD-AS modelida muvozanatning ta’minlanish mexanizmi

AD = S + I + G + Xn.
Baxolar darajasi va talab kilingan milliy maxsulot xajmi o`rtasidagi bogliklikni ifoda etuvchi chizik yalpi talab egri chizigi deb ataladi. Buni chizma ko`rinishida tasvirlash mumkin (9-chizma).
9-chizmadan ko`rinib turibdiki, yalpi talab egri chizigi doimo pastga va o`ngga suriladi. Nima uchun?
Bunday surilishning sababi xar xil. Ma`lumki, aloxida olingan tovarlar bozorida talab egri chizigining surilishiga asosan daromad samarasi va o`rinbosar tovarlar sabab bo`ladi. Ayrim tovarlarning baxosi pasayganda, iste`molchilarning pul daromadlari ko`prok maxsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). SHuningdek, baxo pasayganda iste`molchi ushbu tovarni ko`prok boshka sotib oladi, chunki u boshka tovarlarga ni­sba­tan arzonrok bo`ladi (o`rnini bosadigan tovarlar).


Milliy bozorda AD-egri chizigining traektoriyasini, ya`ni uning kuyiga egilganligini, avvalo pulning mikdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izoxlash mumkin:
M V=Y P
Bu erda: M – muomaladagi pul mikdori; V – pulning aylanish tezligi;
R – iktisodiyotdagi baxolar darajasi (baxolar indeksi); Y – talab kilinayotgan real ishlab chikarish xajmi.
Bu tenglamadan: 
P = M V / Y va Y= M V / P
tenglamalarni keltirib chikaramiz. Bu tenglamalardan ko`rinadiki, baxolar darajasi kancha oshsa, real YAIM xajmiga talab shuncha past bo`ladi, ya`ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o`zgarmas bo`lsa baxolar darajasi va yalpi talab o`rtasida teskari bogliklik mavjud bo`ladi.
2. YAlpi talabning baxo va baxodan boshka omillari.
Baxolar darajasi va va yalpi talab o`rtasidagi teskari bogliklikni , shuningdek kuyidagi baxo omillari bilan izoxlanadi:
1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi yoki real kassa koldiklari samarasi;
3. Import xaridlar samarasi.

Download 139.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling