Mavzu. Umumiy muvozanat tushunchasi. Ad-as modelida muvozanatning ta’minlanish mexanizmi Reja


Download 139.82 Kb.
bet5/12
Sana18.11.2023
Hajmi139.82 Kb.
#1785185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Umumiy muvozanat tushunchasi. AD-AS modelida muvozanatning ta’minlanish mexanizmi

3. YAlpi taklif grafigi va omillari.
YAlpi taklif deganda muayyan baxolar darajasida ishlab chikarilishi va taklif kilinishi mumkin bo`lgan tovar va xizmatlarning real xajmi tushuniladi. YAlpi taklif tushunchasi ko`pincha yalpi ichki maxsulot sinonimi sifatida ko`llaniladi. Baxolarning yukori darajasi ishlab chikaruvchilarga ko`shimcha maxsulot ishlab chikarishga ragbat yaratadi va aksincha past baxolar maxsulot ishlab chikarish xajmini kiskarishga olib keladi. SHuning uchun xam milliy ishlab chikarish xajmi bilan baxolar darajasi o`rtasida to`gri aloka mavjud. Demak, maxsulot ishlab chikarish xajmi baxolar o`sib borishi bilan o`sib, pasayishi bilan tushib boradi. YAlpi taklif (AS) egri chizigi aloxida tovar taklifi egri chizigidan fark kilib uch kismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko`tarilib boruvchi yoki oralik kesma xamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (10-chizma). Bunday xolat yalpi taklifni taxlil kilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izoxlanadi. Iktisodiy adabiyotlarda ko`pincha oralik kesma xam keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.
YAlpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chikarishning xakikiy xajmi uning potentsial xajmidan, ya`ni to`lik bandlik sharoitida erishishi mumkin bo`lgan xajmidan kamdir. Demak bu kesma iktisodiyot pasayish boskichida bo`lgan va katta mikdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko`rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baxolar darajasiga ta`sir ko`rsatmagan xolda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chikarish xajmi oshishi baxolar darajasi o`zgarmay kolgan sharoitda ro`y beradi.
YAlpi taklif egri chizigining Keyns kesmasida iktisodiyotni nisbatan kiska muddatda amal kilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni taxlil kilish kuyidagi shartlarga tayanadi:


Y
10-chizma. YAlpi taklif egri chizigi.
 iktisodiyot ishlab chikarish omillari to`lik band bo`lmagan sharoitda amal kiladi;
 baxolar, nominal ish xaki kayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam ta`sirlanadi;
 real mikdorlar (ishlab chikarish, bandlilik, real ish) xaki xarakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta`sirlanadi.

Download 139.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling