Mavzu. Umumiy muvozanat tushunchasi. AD-AS modelida muvozanatning ta’minlanish mexanizmi
Reja:
AD-AS modeliga umumiy tavsif. Yalpi talab tushunchasi va grafigi.
Yalpi talabning baxo va baxodan boshqa omillari.
Yalpi taklif grafigi va omillari.
AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat.
1. AD-AS modeliga umumiy tavsif. YAlpi talab tushunchasi va grafigi.
Xar kanday bozorda vaziyat talab va taklif o`rtasidagi nisbatga boglik bo`lib, ular xajmlarining o`zgarishi baxolarning o`zgarishini keltirib chikaradi. Baxolarning o`zgarishi esa talab va taklif xajmlariga ta`sir ko`rsatadi. Bunday o`zaro bogliklik umumlashtirilgan xolda ko`rib chikiladigan milliy bozorga xam ta`luklidir.
Aloxida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bogliklik talab va taklif modeli yordamida tadkik kilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko`lamda milliy ishlab chikarish xajmining o`zgarishi bilan birga baxolar umumiy darajasining o`zgarishi o`rtasida bogliklikni tadkik kilish, nima uchun milliy ishlab chikarish xajmi ayrim davrlarda barkaror o`sishi, ba`zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo`lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi taklif, baxolarning umumiy darajasi kabi agregat ko`rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiktisodiyotda AD-AS modeli ishlab chikarish xajmlari va baxolar darajalarining tebranishlarini xamda ular o`zgarishining okibatlarini o`rganish uchun bazaviy model bo`lib xisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iktisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
YAlpi talab – uy xo`jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning baxolarning ma`lum darajasida iktisodiyotda ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy xajmiga bo`lgan talabidir.
YOki boshkacha kilib aytganda yalpi talab iktisodiyotda ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga kilingan umumiy xarajatlar yigindisidir. Formula ko`rinishida yalpi talabni kuyidagicha tasvirlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |