Mavzu. Umumiy muvozanat tushunchasi. Ad-as modelida muvozanatning ta’minlanish mexanizmi Reja


Download 139.82 Kb.
bet12/12
Sana18.11.2023
Hajmi139.82 Kb.
#1785185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Umumiy muvozanat tushunchasi. AD-AS modelida muvozanatning ta’minlanish mexanizmi

Qisqacha xulosalar
AD-AS modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo’lib milliy bozorni qisqa va uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish va baholash uchun asos yaratadi.
Yalpi talab – uy xo’jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq Yalpi talab egri chizig’i deb ataladi AD egri chizig’i trayektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan hamda baho omillari bo’lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta’sirida AD egri chizig’i o’ngga yoki chapga siljiydi.
AS egri chizig’i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o’z ichiga oladi. Uzoq muddatli davrlarda AS egri chizig’i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo’ladi. Shuning uchun AD dagi o’zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko’rsatadi. Yalpi talab va Yalpi taklif hajmlari o’zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli darajasi deb aytiladi.
AS egri chizig’i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko’payishi hamda yangi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o’ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy o’sish deb ataladi. AS egri chizig’ining chapga siljishi stagflyatsiyadan dalolat beradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini Yalpi talab va Yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin.


Asosiy adabiyotlar
1. Agapova T.A.Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab.
i dop.-M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 74-97 s.s.
2. Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 59-71 b.b.
3. Makroekonomika. Teoriya i Rossiyskaya praktika/  Pod redaktsiey
Gryaznovoy A.G. i Dumnoy N.N. M., KNORUS, 2005., 64-70s. s.
4. Kiseleva E.A. Makroekonomika: Kurs lektsiy. – M.:Izd-vo eksmo, 2005-352 s.
5. Tarasevich L.S., Grebnikov P.I., Lusskiy A.I. Makroekonomika:Uchebnik.-
5-e izd. , ispr. i dop. –M.: YUrayt-Izdat, 2004, 50-72 s.s.
Saidova G., SHadibaev T. Makroekonomika T., IPAK «SHark» 2003, 26-30


1 Б.Ю.Ходиев, А.Ш.Бекмуродов, У.В.Ғофуров, Б.К.Тухлиев. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг «Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари» номли асарини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. – Т.: Иқтисодиёт, 2009. , 14- б.



Download 139.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling