Mavzu: Umumiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Umumiy psixologiyaning rivojlanish tarixi


Download 0.59 Mb.
bet2/2
Sana26.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1297292
1   2
Bog'liq
1. Umumiy psixologiya fani vujudga kelishi

Umumiy psixologiyaning rivojlanish tarixi.
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari taraqqiyoti uchun muxim davr bo’lib xisoblanadi. Jumladan, Fransuz olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq-atvorning reflektor (g’ayriixtiyoriy tabiatga ega ekanligining kash etilishi, yurakdagi mushaklarning ishlashi qon aylanishning ichki mexanizm bilan boshqarilayotganligi tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa refleks organizmning tashqi ta’siri qonuniy ravishdagi javob reaksiyasi sifatida talqin qilinishi, asab-mushak faoliyatini ob’yektiv tarzda bilish visitasiga aylandi. Sezgi, assosiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga imkon yaratildi. Psixologiya fanining ilmiy asosga kurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik xarakatni yagona voqe’lik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Uning negizida epifenomenalizm (yunoncha o’ta g’ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ro’y beradigan ruxiy hodisalar to’g’risidagi ta’limotga aylandi.
Psixologiya fani ko’xna tarixga ega bo’lishiga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi aniqlangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi soxalar bo’yicha to’langan ma’lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mavjud bo’lishodan qat’iy nazar, u alohida xususiyatga ega bo’lgan mustaqil fandir.
Umumiy psixologiyaning hozirgi holati.
XXI asr fan va texnikaning yangi bir yuksalish pallasiga kirganligi bilan, shuningdek, qarama-qarshi tizimlar barxam topganligi bilan o’ziga xos axamiyat kasb etadi. Yer kurrasida farovonlik, mo’l-ko’lchilik, tinch, osoyishta hayot bo’lishi uchun qit’alararo, millatlararo hamkorlik yo’lga qo’yilishi ekologiyani musaffolashtirish uchun strategik qurollar va texnologiyani zararsizlantirish, ona zaminni va moviy osmonni avaylash lozim. Yer farzandi degan nuqtayai nazar bilan jahondagi millat va elatlarni xamkorlikka undash orqali abadiylik qonuniyatini saqlab qolish mumkin xolos.
Ma’lumki, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga mo’ljallangan fanlardan bittasi Psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tadbiq etish ko’lami kengayib borishi uning mas’uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Xuddi shu bois Psixologik mutaxassislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmaning ko’payishi ularni hozirgi zamon talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo qilmoqda. Istiqlol sharofati tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga holisona munosabatda bo’lish imkoniyati vujudga keldi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. Karimov asarlarida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonuni”da, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da, “Milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasi” hujjatida mutaxassislar oldiga ulkan talablar va mas’ul vazifalar yuklagan.
Ana shu vazifalarni amaliyotda o’z ifodasini toptirishda UMUMIY PSIXOLOGIYA fani muxim rol o’ynaydi. Mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya fani kasbiy bilimlar, ko’nikmalarva malakalarni shakllantirishborasida borasida ustuvor o’rin egallaydi.
Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iboratki, uning amaliy, tadbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o’tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o’laroq o’z tadbiqiy ma’lumotlari, natijalarining ko’pqirra, ko’pyoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko’rsatgichiga ega. Ayniqsa, bu borada o’zini-o’zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o’rganish ilmidan tafovutlanib, o’zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o’z aksini topadi. Inson o’zini anglay borib, o’z insoniy xislati, xususiyati, sifati, xulqini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Hozirgi kunda Jaxon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va takomillashtirish, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi tarbiyalash bo’yicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy tatbiqiy ma’lumotlar beradi. Kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya faninig sohalari uning amaliyot uchun muxim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huqushunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). Bugungi kunda psixologiya to’g’risidagina emas, balki uning sohalari bo’yicha ham boy ilmiy materiallar to’plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli dalillar mavjuddir: mexnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixologiya, iste’dod psixologiyasi), tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya, psixogigiyena, psixofarmokologiya, patolsixokologiya), yuridik psixologiya (mehnat tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi), harbiy psixologiya, savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling