Mavzu: Umumjahon savdo tashkiloti va O’zbekiston reja
-bob. Idoralararo komissiya tarkibi va uning faoliyatini tashkil etish
Download 48.57 Kb.
|
global iqtisodiyot kurs ishi
3-bob. Idoralararo komissiya tarkibi va uning faoliyatini tashkil etish
8. Yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida Idoralararo komissiya raisi: Idoralararo komissiya majlislarida raislik qiladi; Idoralararo komissiya ish rejasiga takliflar kiritadi; Idoralararo komissiya majlislarini chaqiradi, Idoralararo komissiya, uning kotibiyati faoliyatini, majlislarda ko‘rib chiqilayotgan masalalar tayyorlanishini va qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etadi, shuningdek, har chorakda tomonlarni ularning bajarilish jarayonidan xabardor qiladi; tomonlar hamkorligiga va Idoralararo komissiya qarorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ular o‘rtasida kelishuvga erishilishiga ko‘maklashadi; Idoralararo komissiya ishida ishtirok etish uchun ularning tarkibiga kirmaydigan mansabdor va boshqa shaxslarni taklif qiladi; o‘z vakolatlari doirasida boshqa funksiyalarni bajaradi. 9. Yuklangan vazifalar va funksiyalarini bajarish maqsadida Idoralararo komissiya kotibi: Idoralararo komissiyaning raisi bilan kelishish uchun yig‘ilishlarning muddatlari, o‘tkazilish joyi va kun tartibi bo‘yicha takliflarni shakllantiradi; Idoralararo komissiya a’zolarini navbatdagi yig‘ilishning muddati, o‘tkazilish joyi va kun tartibi bo‘yicha xabardor qiladi, ularni zarur materiallar bilan ta’minlaydi; Idoralararo komissiyaning bayonnomalarini yuritadi va yig‘ilish o‘tkazilishini va ish yuritishini tashkil etadi; tasdiqlangan qarorlarni Idoralararo komissiya a’zolariga tarqatadi; Idoralararo komissiya qarorlarining ijrosi monitoringini olib boradi; Idoralararo komissiya raisining Idoralararo komissiya faoliyatiga oid topshiriqlarini bajaradi; Idoralararo komissiyaning kun tartibi masalalari bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi. 10. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida Idoralararo komissiya a’zolari: Idoralararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etadi va qarorlarni qabul qilishda ovoz beradi; Idoralararo komissiyaning qarorlarini ijro etish natijalari bo‘yicha Idoralararo komissiyaga hisobot taqdim etadi; Idoralararo komissiya yig‘ilishining kun tartibi va masalalarni muhokama qilish tartibi bo‘yicha takliflar kiritadi; Idoralararo komissiyaning yig‘ilishlariga materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi. Idoralararo komissiya a’zolari Idoralararo komissiyaning o‘z vaqtida va samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Download 48.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling