Mavzu: Umumjahon savdo tashkiloti va O’zbekiston reja


Download 48.57 Kb.
bet7/10
Sana17.02.2023
Hajmi48.57 Kb.
#1205623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
global iqtisodiyot kurs ishi

Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.
Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.
Intellektual mulk huquqi tizimi va bozorining shakllanmaganligi, ixtirolarni amaliyotda qoʻllash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olganligini bartaraf etish yoʻnalishida ham muammolar toʻplangan.
Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi (1971-yil 24-iyulda qabul qilingan Parij hujjati), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda respublikamizdagi va chet el mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz (qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD, VHS, mp3 shaklidagi disklarga koʻchirib, qalbaki nusxasini bozorlarda bemalol sotib, daromad koʻrish holatlari mamlakatimiz miqyosida avj olgan. Savdoga oid intellektual mulk huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), gʻoya va ixtirolar uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari boʻyicha ham qator vazifalar hamon yechilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 339-son qaroriga
ILOVA

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya to‘g‘risida
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo komissiya) vazifalari va funksiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibini belgilaydi.
2. Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda — JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yo‘nalishlarni belgilaydigan kollegial organ hisoblanadi.
3. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining qarorolari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Idoralararo komissiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ekspert hamjamiyatlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
5. Idoralararo komissiyaning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling