Mavzu: Umumjahon savdo tashkiloti va O’zbekiston reja


-bob. Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish va qarorlarni qabul qilish tartibi


Download 48.57 Kb.
bet10/10
Sana17.02.2023
Hajmi48.57 Kb.
#1205623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
global iqtisodiyot kurs ishi

4-bob. Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish va qarorlarni qabul qilish tartibi
11. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatini yig‘ilishlar shaklida amalga oshiradi, Idoralararo komissiyaning yig‘ilishlari bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi.
12. Idoralararo komissiyaning yig‘ilishlari Idoralararo komissiya raisining qarori, rais bo‘lmagan hollarda o‘rinbosarlarining qarori, shuningdek, Idoralararo komissiya raisi bilan kelishgan holda Idoralararo komissiya a’zolarining tashabbusi bo‘yicha chaqiriladi.
Idoralararo komissiya yig‘ilishlariga materiallarni tayyorlash uning Kotibiyati — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
13. Idoralararo komissiya a’zolari yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok etadilar. Idoralararo komissiya a’zolari asossiz sabablarga ko‘ra uch martadan ortiq yig‘ilishlarda ishtirok etmagan hollarda Idoralararo komissiya Vazirlar Mahkamasiga Idoralararo komissiya a’zolarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni kiritish huquqiga ega.
14. Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha hisobot kiritadi.
15. Idoralararo komissiya yig‘ilishda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qaror qabul qilish huquqiga ega.
16. Ko‘riladigan masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Idoralararo komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan, rais ham bitta ovozga ega bo‘ladi.
Idoralararo komissiyaning qarorlari Idoralararo komissiyaning barcha a’zolari uchun majburiy xususiyatga ega.
17. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorini talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli takliflarni Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
18. Idoralararo komissiyaning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar yig‘ilish bayonnomasi shaklida rasmiylashtiriladi.
19. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorga norozi bo‘lgan Idoralararo komissiya a’zolari (a’zosi) tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida o‘z takliflari yoki fikrlarini yozma ravishda Kotibiyatga taqdim etishlari mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/339/0683-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)


Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling