Mavzu: Undosh tovushlar va harflar


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1320647
  1   2   3   4
Bog'liq
undosh tovushlar va harflar



Toshkent shahar 
Mirzo Ulug‘bek tumani 
142-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Xo‘jayeva Muharram Idrisovnaning 
ona tili fanidan «Undosh tovushlar va harflar» 
mavzusida yozgan dars ishlanmasi 
 
Toshkent 
2010 



Mavzu: 
Undosh tovushlar va harflar 
Dars maqsadi: 
Тa’limiy: 
O`quvchilarning undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi 
bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil bo`lishi, ularni 
so`z tarkibida aniqlay olishini mustahkamlash. 
Tarbiyaviy: 
O`quvchilarni topqirlikka o`rgatish, tabiat ne`matlarining 
foydasi haqida tushuncha hosil qilish, tabiatni asrashga, 
parvarishlashga o`rgatish. 
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning undosh tovush va harflar haqidagi bilimlarini
so`z boyligini , chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish. 
Dars turi: 
Mustahkamlovchi dars 
Dars jihozi: 
Undosh harlarning kesma shakli, narsalarning rasmlari, 
ko`rgazmalar, proektor,1-sinf darsligi muallif E.Shodmonova, 
T.G’afforova, 2009 yil,ona tilidan qo’llanma. 
Dars uslubi: 
Savol-javob, suhbat, o`tilgan mavzuni mustahkamlashda “So`z 
o`yini”dan foydalanish, tarmoqlash usulidan, proektor 
yordamida “So`z tuz” o`yinidan foydalaniladi. 
 
 
Darsning borishi 
Tashkiliy qism: 
Navbatchi axborotini tinglash.O’quvchilar davomatini aniqlash. (3 daqiqa)
O’qituvchi: Hozir qaysi fasl? 
Qish faslida ob-havo qanday bo’ladi?
Bugun ob-havo qanday? 
Shu kunning yangiliklari asosida suhbat tashkil etish. 
O`qituvchi: 
Hozirgi kunda qanday yangiliklarning guvohi bo`lyapsiz yoki 
eshitdingiz? 
O`quvchi: 
Sport yangiliklari, poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmonlar 


haqidagi yangiliklari aytiladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling