Mavzu: Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma»
Download 1.33 Mb.
|
Kaykovus
Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog’liq, deydi Kaykovus. Juvonmardlik (yoki iyorlik)ning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko’rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo’lmoq; asirlarga ziyon yetkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yomonlig’ini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo’ylik, yaxshiga yomonlik qilmaslik, ziyon-zahmatdan saqlash, odamlarga ziyon-zahmat yetkazmaslik. Juvonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo’stlik, sahiylik, to’g’rilik, haqshunoslik, pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi.
Ushbu kitobning mazmuni shundan iboratki, shoh Kaykovus o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘g‘li Gilon shohni tarbiyalashni istaydi va o‘zining bu pand-nasihatlarini o‘g‘li uchun eng qimmatbaho meros deb ta’kidlaydi. U o‘z asari “Qobusnoma”da o‘g‘li Gilon shohga murojaat qilib deydi: “Ey farzand, umidim shuki, sen bu pandlarni qabul qilgaysan. Bilgilki, xalqning rusmi odati shundayki, yugurib-elib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va narsalarini o‘zlarining yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbaho xazinasan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan”. Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling