Mavzu: Ustozim sizga ta’zim
Download 52.5 Kb.
|
1 oktyabr Ustoz-va-murabbiylar-kuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Boshlovchi.
- I. Boshlovchi.
I. Boshlovchi.
Bizlarga xarf tanitib, sabr bilan o‘qish va yozishni o‘rgatgan ustozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. O‘qituvchilik eng murakkab san’atdir. Endigina qalbi jo‘sh ura boshlagan yosh bolalarning ishonch va hurmatini qozona bilish o‘qituvchidan buyuk mahorat talab etadi. Ey hurmatli muallim, Har ko‘ngilda mehring bor. Har uyda har shaharda, Sening mevalaring bor. II. Boshlovchi. Haqiqatan, ota-ona farzandini voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o‘sishing, kamolotga erishishing, ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etishinga ko‘maklashadi. O‘qituvchini yoshlik gulshanining posboni deydilar. Chindan ham o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos shavq-zavqi, mehrigiyosi va jozibador sehri bor. Ekkan mevalariningni, Hosili hech tugamas. Dunyoda sening kabi, Baxtli inson topilmas. (raqs)
I. Boshlovchi. Dar haqiqat, ustoz murabbiylar shunday buyuk, ulug‘ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz. Ustoz va shogird quyosh bilan oyga o‘xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borlini yoritgani kabi, shogird ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoqadi. 1-o‘quvchi Ustoz otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘, Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘, Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘, Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz otangday ulug‘. 2-o‘quvchi Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga, Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga, Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga, Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz otangday ulug‘ (Ustozlar qoshig‘i) 3-o‘quvchi Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga, Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga, Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga, Ota-ona fanosin aylantirar baqoga, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz otangday ulug‘. Deydilar, ustoz jabri ota mehridan afzal, Shogirdlarning iqboli ustoz jabriga badal, Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal, Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz otangday ulug‘. 4-o‘quvchi Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati, Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati, Kam ye, kam de, kam uxla ustozlar nasihati, Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati. Ustoz qadami qutlug‘, ustoz otangday ulug‘. 5-o‘quvchi Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida, Haq olinur, berilmas Behbudiy sabog‘ida, Oqilxonning siymosi Alifbo varog‘ida, Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz otangday ulug‘. I. Boshlovchi. O‘qituvchi hayot charog‘boni. U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o‘rgatadi, ularga ta’lim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarini yetishtiradi. II. Boshlovchi. “Ustoz otangdek ulug‘” deb bejiz aytishmagan. Bu hikmatga amal qilib ustozni ota-onadek hurmat qilib, bir umrga e’zozlash kerak. O‘quvchilar: 1-o‘quvchi Bir sharif tingladim yop-yorug‘ kunda, Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos. Biron bir dunyoviy da’vo yo‘q menda, Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz. 2-o‘quvchi Menga ta’sir qildi jami so‘zingiz, Demak jami so‘zga sobit o‘zingiz. Ko‘rmagan bo‘lsamda bir bor yuzingiz, Sizni Alloh uchun suydim ey, ustoz. 3-o‘quvchi Hayratda qotdim men zulmat surindi, Zimiston kechada bir nur ko‘rindi. Menga xitob bo‘ldi: Do‘stim yur, endi, Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz. Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling