Mavzu: variantdagi minerallar nomi yoziladi


Download 50.99 Kb.
bet1/5
Sana02.12.2023
Hajmi50.99 Kb.
#1779980
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ishni bajarish tartibi


Mavzu: variantdagi minerallar nomi yoziladi



  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

    1. Mineralning nomi

    2. Mineralning kimyoviy formulasi,tarkibi

    3. Mineralning singoniyasi va kristallarning qiyofasi

    4. Mineralning rangi va chizig’inig rangi

    5. Mineralning yaltirashi

    6. Mineralning ulanish tekisligi

    7. Mineralning qattiqligi va solishtirma og’irligi

    8. Mineralning hosil bo’lishi, tabiatda tarqalishi va qaysi tog’ jinslar tarkibida uchraydi

    9. Mineralning amaliy ahamiyati, konlari va ishlatilishi.






KVARS — SiO2. Past temperaturalarda barqaror bo‘lgan bu modifikatsiya umuman kvars deb ataladi; nomining kelib chiqishi noma’lum. Kvars er po‘stida eng ko‘p tarqalgan va puxta o‘rganilgad mineryallarskng biridir.
Ximiyaviy tarkibi. Rangsiz, shaffof xillarigina nazariy tarkibiga javob bersa kerak. Sutdek oq yoki boshqa ranglilari tarkibida ozmi-ko‘pmi har xil gazsimon, suyuq va qattiq moddalar: СO2, N2O, uglevodorodlar, NaCI, СaSO3 mexanik aralashmalari ishtirok etadi. Ayrim hollarda uning tarkibida rutil, aktinolit va boshqa minerallarning ko‘zga ko‘rinadigan juda mayda kristallari ham bo‘ladi.
Singoniyasi. Ancha yuqori temperaturalarda hosil bo‘lgan modifikatsiyasi β—kvars geksagonal singoniyada, geksagonal-trapetsoedrik simmetriya ko‘rinishida α L66L2 bo‘lib kristallanadi. 573° (atmosfera bosimida)dan past temperaturada bir oz barqaror bo‘lgan modifikatsiyasi α— kvars trigonal singoniyada, trigokal-trapetsoedrik simmetriya ko‘rinnshida L33L2 bo‘lib kristallanadi. Kristallarining qiyofasi. Kremnezyomga boy effuziv jinslarda (liparitlarda, kvarsli porfirlarda va boshqa jinslarda) uchraydigan β— kvars kristallari, aniqrog‘i, β — kvarsning α kvars bo‘yicha paramorfozlari suyuq magmadan oldin ajralib chiqib, prizma yonlari kalta yoki butunlay yo‘q geksagonal-dipiramida qiyofada bo‘ladi. Agregatlari, kvars krietallari bo‘shliqlarda druzalar shaklida, ba’zan boshqa minerallar kristallari bilan o‘sishgan holda keng tarqalgan. Kvarsning yaxlit massalari donador agregatlardan iboratdir. Rangi. Kvarsning rangi juda xilma-xil bo‘lishi mumkin, lekin rangsiz, sutdek oq va kul rang xillari keng tarqalgan. Shaffof yoki yarim shaffof chiroyli ranglarga bo‘yalgan xillarining alohida-alohida nomlard bor: 1) tog‘ xrustali — rangsiz suvdek shaffof kristallardan;
2) ametist —binafsha rangli xilidan; 3) rauxtopaz — kulrang yoki qo‘ng‘irroq tusli tutunsimon shaffof xilidan; 4) morion— dora rangli kvars kristallaridan; 5) sitrin — tillarang-sariq yoki limon-sariq rangli kristallaridan iborat. Kvarsning yuqorida aytib o‘tilgan shaffof xillaridan tashqari yana tarkibida boshqa aralashmalar borligi sababli annq alloxromatik ranglarga bo‘yalgan va alohida nomlarga ega bo‘lgan xillari ham uchraydi: prazem — tarkibida yashil aktinolitning mayda ignasimon kristallari bo‘lgan yashilroq kvars; avantyurin — jimirlab tovlanib turadigan sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir-qizil kvars, buning rangi tarkibida juda mayda slyudalar, temir slyudkasi Fe2O3 va boshqa qo‘shilmalar borligiga bog‘liqdir.

Download 50.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling