Mavzu: variantdagi minerallar nomi yoziladi


Kvars shisha kabi yaltiraydi


Download 50.99 Kb.
bet2/5
Sana02.12.2023
Hajmi50.99 Kb.
#1779980
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ishni bajarish tartibi

Kvars shisha kabi yaltiraydi, xalsedonda mum kabi, goho xira tovlanadi.
Qattiqligi 7. Ulanish teqisligi yo‘q yoki romboedr bo‘yicha juda nomukammal. CHig‘anoqsimon yuzalar bo‘yicha sinadi. Solishtirma og‘irligi 2,5—2,8, toza xillarinnki 2,65; kamroq zich joylashish strukturasiga ega bo‘lgan kvars o‘zidan ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi. Pezoelektrlanish xususiyatiga ega; mexanik kuchlar ta’sirida unda elektr zaryadlari hosil bo‘ladi. Kvarsning erish temperaturasi 1713°. Erib turgani soviganda, osonlik bilan bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga (kislotalarga chidamli, qengayish koeffitsienti kichik, ultrabinafsha nurlarni o‘tkazish qobiliyatiga va boshqa xususiyatlarga) ega bo‘lgan kvars shishasi (amorf kvars) vujudga keladi. Dahandam alangasida erimaydi. HF dan boshqa kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ishqorlar ta’sir etadi.
Paydo bo‘lishi va konlari. Kvars tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, juda xilma-xil sharoitda paydo bo‘lgan tog‘ jinslari va ruda konlari tarkibida uchraydi.
1. Dala shpatlari va slyudalar bilan bir qatorda, juda ko‘pgina nordon intruziv va effuziv magmatik jinslarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi (granitlarda, gneyslarda, kvarsli porfir va boshqa jinslarda uchraydi). Kvarsning nordon effuziv jinslardagi porfir kristali kristallangan-zonal tuzilishga ega va ko‘pincha, tarkibida vulkan shishasi bo‘ladi.
2. U yirik kristallar holida (rauxtopaz, morion, ametist va boshqalar) pegmatitlar orasidagy bo‘shliqlarda, yuqorida aytilganidek, dala shpatlari, muskovit, topaz, berill, turmalin va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Ko‘proq u kaliyli dala shpatlarning — ortoklaz yoki mikroklinning yirik yakka-yakka kristallari bilan qonuniy o‘sib, usti silliqlangan bo‘laklarida yahudiylar yozuvini eslatadi. SHunisi xarakterliki, dala shpatlari kristallariga qo‘shilgan kvarsning hammasi optik jihatdan bir xil yo‘nalishda bo‘ladi.
3. Hamma vaqt tomirlarda, shu bilan birga, kattaroq massalar ho- lida uchraydigan mineral sifatida, kvars, er sharida nihoyatda ko‘p bo‘lgan gidrotermal - konlarda xilma-xil minerallar; kassiterit, volframit, oltin, molibdenit, pirit, xalkopirit, turmalin, kalsit, xlorit va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada keng tarqalgan. Kvars tarkibida juda mayda mikroskopik gaz pufakchalari, suyuqlik tomchilari va qattiq mineral moddalar ishtirok etadi.
Agatlar va onikslar har xil shakl va katta kichiklikdagi bodom ko‘rinishida (sekretsiya) juda ko‘p effuziv tog‘ jinslarida — melafirlarda, bazaltlarda, andezitlarda va boshqa jinslarda (o‘zgargan g‘ovakli lavalarda) keng tarqalgan. Ularning vujudga kelishi gidrotermal bosqichning so‘nggi faoliyati davrida ajralgan quyuq kremnezem kolloid eritmalarining shu jinslarga singishi bilan bog‘liqdir.
4. Ekzogen protsesslarda kvars bilan xalsedon mayin donador agregatlar tarzida bo‘lib, kremnezem gellarshg‘ing degidratadiyalanishi va qayta kristallanishi natijasida paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, kvars kristallarining bo‘shliqlarda, masalan, er yuzi protseslarida kremniylashgan ayrim jinslar (ohak toshlar, serpentinitlar va boshqalar) orasidagi darzlarda vujudga kelgan hollari ham ma’lum.
Lekin bunday sharoitlarda ko‘proq xalsedon, faqat kremnezem gellarining degidratatsiyalanish protsesoidagina emas, balki o‘ziga xos alohida yo‘l bilan ham hosil bo‘ladi. Uning opaldan keyin, kollmorf opalning orasidagi bo‘shliqlarda yotqizilgan hollari ham ma’lum. Xalsedon ohak toshlarda kremen shaklida, nurash po‘stida konkretsiya shaklida juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra magmatik effuziv jinslarda gidrotermal sharoitda yuzaga kelgan bodom shaklidagi va jeodalar ko‘rinishidagi bir tarkibli xalsedonga o‘xshab ketadi.
5. Metamorfik protsesslarda kvars ancha yirik massalar holida, tarkibida opali bo‘lgan cho‘kindi jinslarning suvsizlanishi natijasida yashma va qatlam-qatlam tuzilgan rogovik (haddan tashqari Mayda donali kvars va kvard-xaliedondan iborat jins) tarzida paydo bo‘ladi.
SHunga qaramay, mineralogik va amaliy nuqtai nazardan qaraganda, tog‘ jinslarining metamorfiklanishi qayta qatlam-qatlam bo‘lishi natijasida vujudga keladigan, linzasimon yoriqlarni to‘ldiruvchi «alp tipidagi» kvars tomirlari eng katta qizi- qish tugdiradi. Qatta-katta bo‘shliq va yoriqlarning («xrustal zrto‘lalari») devorlari, agar ular mineral moddalar bilan faqat kisman tulgak bo‘lsa, osilib turgan ajoyib kvars kristallari bilan qoplangan bo‘ladi. Kvars kristallari ko‘pincha yirik bo‘lib, xlorit, dala shpatlari, rutil, brukit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Bunday tomirlar, shuningdek, minerallarning o‘zi ham alohida xususiyatlarga ega. Tog‘ xrustallarining kristallari bo‘shliq devorlariga nisbatan har xil vaziyatda o‘sgan bo‘ladi. Kristallarning qanday vaziyatda o‘sishi, shu bo‘shliq devorlarida chiqib qolgan tog‘ jinslari tarkibidagi kvars donalarining vaziyatiga bog‘liq ekanligi va ularniig bo‘shliqda o‘sayotgan kvars-yirik tog‘ xrustali kristallary uchun boshlang‘ich joy bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan.
Tog‘ xrustalining deformatsiyaga (siqilishga, ezilishga) uchramagan kristallari pezoelektrik xususiyatga ega bo‘ladi.
Nurash protsessida kvars ximiyaviy barqaror mineral bo‘lib, shuning uchun ham siniq donalar shaklida sochilmalar va cho‘kindi jinslar orasida to‘planadi (qumtoshlarda, kvarsitlarda).
Kvarsning juda xilma-xil minerallar: kalsit, barit, gips, dala shpatlari, olivin va boshqa minerallar, shuningdek, hayvon va o‘simlik qoldiqlari o‘rnida yuzaga kelgan psevdomorfozlari bor.
Sobiq Ittfoydagi mineralogik jihatdan ko‘proq diqqatni o‘ziga jalb kiladigan konlardan qadimdan mashhur bo‘lib kelgan Murzinka, Lipovka, Shaytan va boshqa pegmatit konlarini (Sverdlovskdan shimoli-sharqda) ko‘rsatib o‘tish lozim. Bu konlarda dala shpatlari, turmalin, lepidolit va boshqa minerallar bilan bir assodiatsiyada uchraydigan tog‘ xrustali, tutunsimon kvars va ametistlarning juda ajoyib kristallari bor. Morion va ametistlar uchraydigan pegmatit yumirlar Adun-CHilon tog‘larida (Zabaykaleda), Volinda (Ukraina) va boshqa joylarda tarqalgan. Tog‘ xrustali bo‘lgan kvarsning tomir konlari Aldan bilan Pomirda ham borligi ma’lum.
Zeb-ziynat tosh sifatida ishlatiladigan surguch-qizil rangli yo‘l- yo‘l yashma Primagnitbgorsk rayonida (Ural) tarqalgan. Bir tekis yashil-kulrang kelgan yashmasi va xilma-xil naqshlarga boy Orsk rayonidagi (Janubiy Ural) yashmalar juda mashhurdir.
Texnik agat deb ataladigan agat Zakavkazeda Axalsixida va boshqa rayonlarda uchraydi. Ular genetik jihatidan effuziv jinslar qoplami bilan bog‘liqdir.
Qimmatbaho kvars toshlariiing chet mamlakatlardagi konlaridan Brazyliyadagi Minas-Jerayj konini hamda Urugvaydagi (asosan ametist) konlarni, Madagaskardagi (tog‘ xrustali), Shveysaryaya Alpidagi konlarini eslatib o‘tish lozim. Bu konlarning barchasi aoooaya alp tipidati kvars tomirlaridan hamda pegmatit tomirlardan iborat. Eig yaxshi agatlar Hindiston, Braziliya, Urutvay, Germaniya (Obershteyn, Reyland va boshqa) konlaridadir.

Download 50.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling