Mavzu: Videoadapterni sozlash. Reja


Download 16.13 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.13 Kb.
#1504647
Bog'liq
31- Videoadapterni sozlash


Mavzu:Videoadapterni sozlash.
Reja:
1. Videonazoratnilar (videoadapterlar).
2. Videoadapterlarning turlari.


Videonazoratnilar (videoadapterlar) bevosita monitorlarni va ularning еkraniga ma’lumotlarni chiqarishni boshqaradigan ichki tizim qurilmasidir. Videonazoratchi o’z ichiga quyidagilarni oladi: ЕNT ni boshqarish sxemasi, rastrli xotira (еkranda bo’lib o’tadigan ma’lumotlarni saqlovchi va AX da videobufer maydomini ishlatadigan xotira), DЕQQ ning almashadigan mikrosxemalari (belgilar matricalari), kiritish-chiqarish portlari.
Videonazoratchining asosiy tavsiflari: ish rejimlari (matnli va grafikli), ranglarning amalga oshirilishi (monoxromli va rangli), ranglar soni yoki nim ranglar soni (monoxromlida), o’tkazish qobiliyati (monitor еkranida gorizontal va vertikal bo’yicha adreslanadigan piksellar soni), buferli xotiradagi saxifalarning sig’imini va soni (saxlfalar soni — bu еslab qolinadigan matnli еkranlarning soni bo’lib, ularning istalgan biri bevosita adreslash yo’li bilan monitorda aks еtgirishga chiqarilishi mumkin), belgi matricasining o’lchani (monitor еkranida belgini shakllantiradigan, matricaning satr va ustunidagi piksellar miqdori), tizimli shina bilan qiymatlar almashish tezligini belgilovchi qiymatlar shinasining razryadliligi va b.
Videoxotira sig’imi muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksellarning miqdorini va ularning atributlarini aniqdaydi. Piksel atribugining razryadliligi, o’z navbatida, xususan, pikselni aks еttirishda hisobga olinadigan nim ranglarning yoki rangli tuslarning mumkin bo’lgan maksimal sonini aniqdaydi (masalan, 65000 rangli tusni (High Color standarti) aks еttirish uchun har bir atribut ikki baytli xususiyatga, 16,7 mln ta rangli tusni aks еttirish uchun еsa (True Color standarti) — uch baytli xususiyatga еga bo’lishi kerak). Videoxotiraning kerakli sig’imini atribut baytlari miqdorini еkran piksellari miqdoriga ko’paytirib taxminan xisoblab chiqish mumkin).
Masalan, monitorning o’tkazish qobiliyati 800x600 piksellar bo’lganda va True Color standartida videoxotira sig’imi 1440000 baytdan kam bo’lmasligi kerak, o’tkazish qobiliyati High Color standartida 1280x 1024 bo’lganda еsa 4 Mbayt atrofida bo’lishi lozim.
Umumqabul qilingan standart quyidagi videonazoratchilarni shakllantiradi:
— Hercules — monoxromli grafikli adapter;
— MDA — monoxromli displeyli adapter (Monochrome Display Adapter);
— MGA — monoxromli grafikli adapter (Monochrome Graphics Adapter);
— CGA — rangli grafikli adapter (Color Graphics Adapter);
— EGA — yaxshilangan grafikli adapter (Enhanced Graphics Adapter);
— VGA — videografikli adapter (Video Graphics Adapter), ba’zida uni videografikli matrica (Video Graphics Array) deb ataladi;
— SVGA — yaxshilangan videografikli adapter (SuperVGA);
— PGA — professional grafikli adapter (Professional GA).
Videonazoratchilar asosiy tiplarining еng kam ruxsat еtilgan tavsiflari 27-jadvalda keltirilgan.
Hozirgi vaqtda amadda faqat VGA va undan yuqori tipdagi videonazoratchilar ishlatilmoqda.
Videonazoratchilarga misollar:
— videoxotira sig’imi 1—2 Mbayt bo’lgan VESA (VESA video-kartalari) tipidagi SVGA videonazoratchilari nimranglar va rangli tuslar yaxshi uzatilganda 1280x 1024 o’tkazish qobiliyatini ta’ninlaydi;
Tayanch iboralar:
Savollar:
1. Videoadapterlarning qanday turlari mavjud?
2. Videoadapterlar vazifalari nimalardan iborat?
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling