Aristotel postulatlari - 1.Tabiiy o’rin-har bir element yer markazida joylashgan tabiiy o’rniga intiladi.
- 2.Gravitatsiya-elementlarni(yoki jismlarni) tabiiy o’rniga intiltiruvchi ta’sir kuchi.
- 3.To’g’ri chiziqli harakat-jismning to’g’ri chiziq bo’ylab,o’zgarmas tezlik bilan harakatlanishi.
- 4.Tezlikning zichlikga bog’liqligi-tezlik zichlikga teskari proporsional.
- 5.Vakuumning mavjud emasligi-chunki harakat tezligi vakuumda cheksiz katta bo’lar edi.
- 6.Efir-fazodagi har bir nuqtani materiya o’rab turadi.
- 7.Koinot chegarasi-koinot chegaralangan,u cheksiz emas ,chunki uning boshlang’ich nuqtasi mavjud emas.
- 8.Kontinum nazariyasi-agar atomlar orasida vakuum mavjud bo’lsa,demak materiya atomlardan tashkil topmagan.
- 9.Efir-yerdan paydo bo’lmagan fazoviy materiyadir.
- 10.O’zgarmas va abadiy kosmos-Quyosh va sayyoralar-o’zgarmas sferalar.
- 11.Aylanma harakat-sayyoralar harakati aylana shaklida bo’ladi.
- .. Vaqt «hozir»siz mavjud bo‘lolmaydi va butun ma’nosini yo‘qotadi. Zero, «hozir» o‘zida ham ibtidoni, ham intihoni jo etguvchi o‘rtalikdir.
- Harakatning paydo bo‘lishi yoki g‘oyib bo‘lishi aslo mumkin emas.
- Sezgi buyumlarning shaklini ularning moddiyatisiz qabul qilish qobiliyatidir. Bu xuddi temir va oltindagi tasvirning mumga jo bo‘lishiga o‘xshaydi. (Ya’ni mum sezgi bo‘lsa, temir va oltin — buyumlar.surati.)
- (Buni yana shunday tushuntirish mumkin. Biz ko‘rib turgan toshning aynan o‘zi emas, balki uning shakli qalbimizdan o‘rin oladi).
- Hech narsa tasodifan sodir bo‘lmaydi. Biz tasodif deb ataydigan hamma narsaning o‘z sababi bor
- Har kuni Quyoshning osmon toqini aylanib o‘tishini, tunda esa o‘zga yoritkichlarning bir tekis jilvalanishini kuzata turib, bu harakat va uyg‘unliklarning sababkori Xudoning mavjudligiga iymon keltirmaslik mumkin emas.
- Tabiat o‘zini o‘zi davolovchi odamga o‘xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |