Mavzu: virtual qabulxonalar jamiyatni demoklashtirish me’zoni


Puxta, aniq va amaliy mexanizm


Download 8.48 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi8.48 Kb.
#1516286
1   2
Bog'liq
18.10 Mirzaolimova. Fuqarolik jamiyati

Puxta, aniq va amaliy mexanizm.

  • Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxsarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Prezident devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida Prezidentning Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, har bir tumman va shaharda Prezidentning xalq qabulxonalari, Prezidentning virtual qabulxonasi tashkil etildi.
  • Mazkur tuzilmalar bir-biri bilan uzviy holda ishlaydi. Bunda virtual qabulxonaning ishlash shakli va uslubi o’zgarmagan: murojaatlarni 0-800-210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qo’ng’iroq qilish pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to’ldirish orqali yuborish mumkin. Mamlakatimizdagi barcha tuman va shaharlarida Xaalq qabulxonalari haftada 5 kun 9.00 dan 18.00 gacha tanaffussiz faoliyat ko’rsatadi. Barcha Xalq qabulxonalari yagona andoza va tartib bo’yicha ishlaydi, hamma bo’g’indagi qabulxonalarbir xil mavqega ega, ya’ni ular Prezidentning hududlardagi vakilligi hisoblanadi.
  • Xalq qabulxonalari va virtual qabulxona xodimlari murojaatlarni qabul qiladi, ro’yxatga oladi, rasmiylashtiradi, tahlil qiladi. Murojaatlarning yagona klassifikatoriga muvofiq ularni ko’rib chiqishga vakolatli bo’lgan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarini belgilaydi. Murojaatlarga oid ma’lumotlar “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi” axborot tizimiga kiritiladi.
  • Xalq qabulxonalarida murojaatlar og’zaki, yozma va elektron shaklda shaxsan yoki pochta orqali qabul qilinadi. Arizachi shaxsan murojaat qilganda, navbat bo’yicha tartib raqamini oladi. So/ng kutish zalida Xalq qabulxonasi xodimi chaqirishini kutadi. Arizachi chaqirilgach, Xalq qabulxonasi xodimi uning arizasini tekshiradi. Tekshirish yakunlari bo’yicha arizaga ro’yxat raqami beriladi. Arizachilarga murojaatlarni rasmiylashtirishda ko’maklashiladi.
  • Prezident devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati murojaatlar bilan ishlash ustidan tizimli monitoring va nazorat olib boradi. Bunda Xalq qabulxonalari muntazam o’rganib boriladi, ularning ishini yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotlarni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar ko’riladi.
  • Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari, mansabdor shaxslari, barcha darajadagi hokimlar sayyor qabullar, jumladan, Xalq qabulxonalarida tashkl etiladigan qabullarni muntazam o’tkazzib borish bilan birga, Xizmatga murojaatlar bilan ishlashga oid hisobotini taqdim etadi. Shuningdek, qoidabuzarliklar va muammolarni fosh etadi, murojaatlarga asos bo’lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish maqsadida huquqni qo’llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi, murojaatlarda ko’tarilayotgan masalarni aks ettirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ekspertizadan o’tkazishda ishtirok etadi.
  • Aholining huquqiy ongini, xususan, murojaat madaniyatini yuksaltirish ham dolzarb masala bo’lib turibdi. Murojaatlar ichida ba’zan sog’lom aqlga, oddiy mantiqqa to’g’ri kelmaydiganlari ham uchraydi. Shu ma’noda “Portalga yozaman” iborasi firibgarlik, kimnidir qo’rqitish, biror mansabdorga tahdid qilish vositasi bo’lib qolmasligi kerak. Murojaat qiluvchilar o’z shikoyat arizalari Prezident darajasida ko’rilayotganini chququr anglab yetishlari lozim. Chunki barcha shikoyatchi ham haq bo’lavermaydi.
  • Prezidentimizning “Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash – odamiylikning eng oliy me’zonidir” degan hayotbaxsh so’zlari bugun Xalq qabulxonalariga kiraverishda katta harflar bilan yozib qo’yilgan.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.

Download 8.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling