Mavzu: Windows operatsion sistemasi
Fayl va kataloglar bilan ishlash
Download 0.79 Mb.
|
Windows operatsion sistemasi
4.3 Fayl va kataloglar bilan ishlash.Windowsda fayllar bilan ishlash uchun Provodnik va Moy komp’yuter oynalaridan foydalaniladi (6. 18-rasm). Provodnikni ishga tushirish uchun Pusk tugmasi bosiladi, ochilgan menyudan "Dasturlar" deb yozilgan satr tanlanadi va ochilgan qism menyudan Provodnik degan nomda "sichqoncha" tugmasi bir marta bosiladi Shift klavishini bosib turgan holda Moy komp’yuterning belgisi ustida "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosilsa ham PROvodnikning oynasini ochish mumkin. Provodnik oynasini ochishning Yana bir usuli: Moy komp’yuter belgisi ustida "sichqoncha" ning o`ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst menyudan Provodnik nomi tanlanadi. Moy komp’yuter oynasini ochish uchun uning belgisi ustida "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosish kerak. Bu oynalarda sarlavxa qismining tagidagi qator- menyu qatori hisoblanadi. Uning tagidagi qatorda esa "asboblar paneli" qatori joylashgan. Agar asboblar paneli ekranda ko`rinmasa, uni Vid(Ko`rinish) menyusining Panel’ istrumentov (Asboblar paneli) buyryg`ini tanlash yo`li bilan ekranga chiqarish mumkin. Boshqa qypilmani tanlash uchun oynadagi shu qurilma belgisi, boshqa papkaga o`tishi uchun shu papka belgisi ustida "Sichqoncha" tygmasini ikki marta bosish kerak. Fayllar guruhlarga ajratish. Papkadagi hamma fayllarni ajratish uchun Pravka (Tahrir qilish) menyusining Vo`delit’ vse (hammasini ajratish) buyorug`i tanlash kerak. Buning uchun CtrI+A klavishlar birikmasini ham ishlatish mumkin. Ketma-ket joylashgan fayllar guruhi bilan ishlashda oldin birinchi fayl, keyin Shift klavishini bosgan holda oxirgi fayl ajratiladi. Alohida fayllarni ajratish uchun Ctrl klavishini bosib turgan holda ayrim fayllarning nomlari ustida sichqoncha tugmasini ketma-ket bosish kerak. Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish Ko`chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko`p ishlatiladigan amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib qoladi va Yangi joyga faylning nusxasi ko`chiriladi. Ko`chirish vaqtida esa asl nusxa joyidan ko`chiriladi va ko`rsatilgan joyga uning nusxasi ko`chiriladi. Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak: - Nusxasi olinadigan va ko`chiriladigan faylni ajratish. - Oynadagi Asboblar panelidan nusxa olish uchun "Buferga nusxasini ko`chirish" (Copy) asbobini, ko`chirish uchun esa Âûðåçàòü/Sut-"Buferga ko`chirish" asbobini tanlash. - Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash. - "Asboblar paneli"dan "Buferdan olib qo`yish" (Paste) asbobini tanlash. Fayl nusxasini olishning yoki ko`chirishg boshqa usullari ham bor. - Fayl nomida "sichqoncha" tugmasi bir marta bosiladi va Fayl menyusining Otpravit’ buyrug`i tanlanadi. Ochilgan qism menyudan qaerga jo`natish kerakligi ko`rsatiladi. - Fayl nomida "sichqoncha"ning o`ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menyudan Otpravit’ buyrrug`i tanlanadi. Ochilran qism menyudan qaerga jo`natish kerakligi ko`rsatiladi. - Faylni "sichqoncha" yordamida ham ko`chirish mumkin. Bu usul Drag and dror-surish va qo`yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga ko`rsatkichni olib borib, "sichqoncha" tugmasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, so`ngra "sichqoncha" tugmasi qo`yib yuboriladi. YUqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida "sichqoncha"ning o`ng tugmasi ham birga bosiladi. Tugmalarni qo`yib yuborgan vaqtda kontekst menyu paydo bo`ladi. Menyuning Kopirovat’ buyrug`i tanlanadi. Fayl nomini o`zrartirish Moy komp’yuter yoki Provodnik oynalarida quyidagilarni bajarish kerak: - Nomi o`zgartiriladigan fayl yoki papka tanlanadi. - Fayl nomi yoki papka nomi ustida "sichqoncha" tugmasi bir marta bosiladi. - YAngi nom klaviatura yordamida kiritiladi. - Enter bosiladi. Ish stolidagi belgining nomini o`zgartirish uchun oldin shu belgi tanlanadi, keyin uning nomi ustida "sichqoncha" tugmasi bosiladi na Yangi nom kiritiladi. Fayllarni yo`qotish. Windowda yo`qotilgan fayl ish stolidagi Korzina nomli papkaga ko`chiriladi, Korzina bo`shatilmaguncha yo`qotilgan fayllar unda saqlanib turadi. SHu sababli bexosdan yo`qotilgan fayl Yana qayta tiklaniSHI mumkin. Fayl yoki fayllar gurux,ini yo`qotish uchun yo`qotiladigan fayllar ajratiladi. Klaviaturadan Delete klavishini bosiladi yoki faylmenyusining Udalit’ - Yo`qotish buyrug`i tanlanadi, yoki asboblar panelidagi "Buferga ko`chirish" asbobi bosiladi. ekranda chiqarilgan so`rovga qilayotgan ishingizni tasdiqlash uchun Da (Xa) tugmasini bosib javob beriladi. Korzinani bo`shatish uchun ish stolida Korzina belgisi ustida "sichqoncha"ni ikki marta bosiladi. ekranda Korzina oynasi ochiladi. Fayl menyusining Ochistit’ korzinu - "Korzinani bo`shtish" buyryqi tanlanadi. Bajarilgan ish tasdiqlanadi. Agar savat ichidagi xujjatlar qoniqgirmasa uni 1)1Fpidan-1Yfpi BUshatish ham mumkin. Buning uchun Korzina belgisi ycgida "sichqoncha"ning o`ng tugmasi bosiladi. Ochilran konTekst menyudan Ochistit’ korzinu buyrug`i tanlanadi. Yo`qotilgan fayllarni qayta tiklash uchun: - Ish stolidagi Korzina belgisi ustida "sichqoncha" chap tugmasi ikki marta bosiladi. ekranda Korzina oynasi ochiladi. - Oynadagi yo`qotilgan fayllar ro`yxatidan keraklisini topib, uni ajratish kerak. - fayl menyusidan Âîccòàíîâèòü. - "Qayta tiklash" buyrug`i tanlanadi. Buning o`rniga fayl nomida "sichqoncha"ning o`ng tugmasini ham bosish mumkin. Ochilgan kontekst menyudan Vosstanovit’ buyrug`i tanlanadi. Fayllar haqida ma`lumotni ko`rish Moy komp’yuter yoki Provodnik oynalarida papkadagi fayllar haqida ma`lumotni ko`rish uchun Asboblar panelidagi Tablitsa (Jadval) asbobidan foydalanish kerak. Fayl haqidagi to`liq ma`lumotda uning o`lchami, turi, yozilgan ko`pi va vaqti ko`rsatiladi. Ro`yxatdagi fayllar xech narsa deyilmagan holda alfavit bo`yicha tartiblanib yoziladi. Tartiblashning boshqa ko`rinishlarini o`rnatish uchun Vid menyusining UporYadochit’ znachki - "Belgilarni tartiblash" buyrug`i dan foydalanish kerak. Fayllarni izlash Windows da faylni izlash uchun uning nomidagi bir necha simvolni kiritish kifoYa. Nomida shu simvollar bor bo`lgan barcha fayllar ro`yxati ekranga chiqariladi. Bundan tashqari, agar tufayl nomini ynytran bulsangiz-u, lekin uni qachon yozilganini bilsangiz, faylni yozilgan kuniga ko`ra qidirishingiz mumkin. 7-rasm Faylni izlash uchun: 1. Ish stolida Pusk tugmasini bosib, ochilgan menyudan Nayti (Izlash) buyrug`ini tanlang. 2. Ochilgan qism menyudan Faylo` i papki-Fayllar va papkalar satrini tanlang. ekranda Poisk: Vse faylo`-Izlash muloqot oynasi ochiladi (6. 7-rasm). 3. Muloqot oynasining imYa - Fayl nomi maydonida fayl nomi ni yoki uning bir qismini kiriting. 4. Papka maydonida kerakli qurilma nomini tanlashingiz mumkin. 5. Fayl yozilgan kunni ko`rsatmoqchi bo`lsangiz oynadagi Data izmeneniYa (O`zgartirish kiritilgan kun) qatorida "Sichqoncha" tygmasini bosing va qaysi kundan qaysi kungacha ekanligini ko`rsating. 6. Oxirida Nayti - "Topish" tugmasida "sichqoncha" tugmasini bir marta bosing. Izlash natijasi muloqot oynasining quyi qismida ko`rinadi. Topilgan fayllar ro`yxatidan kerakli faylni ochish uchun uning belgisi ustida "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosish kerak. Agar fayllarni turiga, o`lchamiga yoki unda yozilgan matniga ko`ra izlamoqchi bo`lsangiz, muloqot oynasida dopolnitel’no yozuvi ustida "sichqoncha" tugmasini bosing va kerakli parametrlarni kiriting. Nayti muloqot oynasini Provodnik dagi Servis menyusining Nayti buyrug`i yordamida ham ochish mumkin. Katalog (papka) hosil qilish Windows da kataloglar papkalar deb ataladi. YAngi papka hosil qilish uchun Moy komp’yuter yoki Provodnik oynalaridan foydalanib quyidagi ishlarni bajaramiz: - YAngi papka hosil qilmoqchi bo`lgan qurilmaga yoki papkara o`ting. - Fayl menyusining Sozdat’ - "YAratish" buyrug`ini tanlang. 8 – rasm. - Ochilgan qism menyudan Papka qatorini tanlang. ekranda Yangi papka belgisi paydo bo`ladi. - Papkaga nom bering. Agar papkani Yanglishib boshqa joyda Yaratgan bo`lsangiz, uni Provodnik yordamida kerakli joyga ko`chirishingiz mumkin. Hujjatni ochish va saqlash Wipdows da hujjatni ochishning bir necha xil usuli bor. Siz kuyidagilarning birontasidan foydalanishingiz mumkin: - Moy komp’yuter yoki Provodnik oynasida hujjat nomi oldidagi belgi ustida "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosing. - Pusk tugmasini bosib, ochilgan menyudan Dokumento` -Hujjatlar qatorini tanlang.Uning qism menyusida oxirgi ishlatilgan 15 ta hujjat nomlarining ro`yxati beriladi. Kerakli hujjat nomida "sichqoncha" tugmasi bosiladi. - Windows muhitida ishlovchi ixtiyoriy dastur oynasida Fayl menyusining Otkro`t’ - "Ochish" buyrygini ishga tushiring (6.20-rasm). - Ba`zi dasturlarning Fayl menyusida oxirgi foydalanilgan bir necha hujjat ro`yxati beriladi. SHulardan kerakligini tanlashingiz mumkin. - Nayti muloqot oynasida fayl nomining belgisida "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosing. Hujjatni saqlash uchun Fayl menyusining Сохранить kak -"Kabi saqlash" buyryg`ini tanlash kerak. Ochilran muloqot oynasida xujjat saqlanishi kerak bo`lgan qurilma va papka ochiluvchi ro`yxatdan tanlanadi. Windows faylning uzun nomlarini ham qabul qiladi. Fayl nomining yzynligi 255 ta simvolgacha bo`lishi mymkin. Hamma parametplar o`rnatilgandan so`ng oynadagi Сохранить tugmasi bosiladi (9-rasm). 9-rasm Nazorat uchun savol va mashqlar 1. Windows dasturi qanday dastur? 2. Windows ilova programmalari asosan nimalardan iborat? 3. Bosh menyu tuzlishini aniqlang? 4. Выполнить buyrug`ini vazifasini aniqlang? 5. Fayl va kataloglarni ko`rinishi bir-biridan farqini aniqlang? 6. Fayllar ustida qanday amallar bajarish mumkin? 8. Papka qay tartibda hosil qilamiz? Tayanch iboralar Windows imkoniyatlari, masalalar paneli,Bosh menyu,Moy kompyuter,Korzina, Moye setevoye okrujeniye, yorliqlar. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. M.M. Aripov . “Informatika va Informatsion texnologiyalar”. Toshkent, 2005 yil 2. Aripov M., Xaydarov A., «Informatika», T., O`zMU, 2002 yil 3. Abduqodirov A., va boshqalar, «Axborot texnologiyasi», T., O`zbekiston, 2002 yil Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling