Mavzu: Windows yo’l boshlovchi
Download 20.36 Kb.
|
Windows XP
08.02.2023 Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Windows yo’l boshlovchi Ishdan maqsad : Windows XP tizmida ishlash va uning imkoniyatlaridan foydalanish ko’nikmalarin hosil qilish . Topshiriq Operatsion tizimlar haqida . Total Commander amaliyot qobig’I bilan ishlash . Windows panelini ishlash prinsiplari . Javoblar 1.Operatsion tizim – hisoblash tizimi (HT)ning hamma resurslaridan eng samarali foydalanish va u bilan ishlash qulay bo‘lishi uchun mo‘ljallangan tizimli boshqaruvchi va ishlovchi dasturlar kompleksidir. Hozirgi paytda tezkorligi sekundiga bir necha million operatsiya bo‘lgan yuqori unumdorli HTlarni faqat OT yordamida to‘liq yuklash mumkin. HTlarining dasturaviy ta’minotida operatsion tizim asosiy o‘rinni egallaydi, chunki u hisoblash jarayonining hammasini rejalashtiradi va nazorat qiladi. Dasturaviy ta’minotning istalgan komponenti albatta OT boshqaruvida ishlaydi. Zamonaviy foydalanuvchi OT vositalarisiz HT bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega emas, chunki OT unga matnni muharrirlash, dasturlarni sozlash, dialogni tashkil qilish, fayllar bilan ishlash va boshqa hisoblash protseduralari uchun har xil servis xizmatlarini taqdim etadi. 2. Total Commander dasturi Windows bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va papkalar bilan asosiy amallarni qidirish, nusxa olish, qayta nomlash, o`chirish kabilarni soddaroq, qulayroq va yaqqolroq bajaradi. Total Commander turli funksiyalarni bajaradi, xususan: -Diskdagi kataloglar ro`yxatini yaqqol ko`rsatadi. -Diskdagi kataloglar daraxtini ko`rsatish, kataloglarni yaratish, qayta nomlash, o`chirish imkoniyatlariga ega. - Fayllar ustida nusxa ko`chirish, qayta nomlash, joyni o`zgartirish va o`chirish komandalarini qulayroq bajaradi. -Turli matnli fayllar, hujjatlar, arxiv fayllar, ma`lumotlar bazasimatnlarini ko`rish, matnli fayllarni tahrir qilish imkoniga ega. 3.Shaxsiy kompyuter (ya'ni biz ko'p foydalanadigan stol ustida turadigan usha kompyuter tarixiga to'xtalib o'tirmayman)- ikki qismdan iborat bo'ladi: Dasturiy va Qurilmaviy qism. Oldin qurilmaviy qismi bilan tanishamiz. Qurilmaviy qismi ham o'z o'rnida ikkiga bo'linadi: Asosiy qurilmalar va yordamchi qurilmalar. Asosiy qurilmalarga quyidagilar kiradi: 1.Sistema bloki 2.Monitor 3.Klaviatura. Xulosa Men bu laboratoriya ishida windows XP tizimida ishlash va uning imkoniyatlaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishni o’rganib oldim . Download 20.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling