Mavzu: Xalqaro Moliya Institutlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roli
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati
Download 1.07 Mb.
|
Kurs ishi
3.Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati
Respublikaning tashqi iqtisodiy siyosati xalqaro moliyaviy munosabatlarda mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan holda amalga oshiriladi va u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagi yo`nalishlar ustuvor hisoblanadi: Birinchidan-respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish; Ikkinchidan-eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xom-ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo`shma korxonalarni rivojlantirish; Uchinchidan-tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo`jalik ishlarini yurituvchi sub`ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o`rnatishda, o`z mahsulotlarini chet ellarda sotishda ko`proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko`zlab siyosat o`tkazish; Qisqa vaqt oralig`ida respublika XVF, Jahon banki, XMT, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST), Osiyo va Tinch okeani ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasi (OTIIK), ETTB, Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK), Hamdo`stlikning mintaqaviy iqtisodiy tashkiloti (XMIT) va shu kabi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi. Jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida so`z borganda, BMT faoliyatida O`zbekistonning ishtiroki e`tiborga loyiq hodisa. Faqat BMTgina xavfsizlikni saqlash va ta`minlashga qaratilgan diplomatiyadan to tinchlik o`rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo`lgan vositalarga ega. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling