Mavzu: Xalqaro Moliya Institutlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roli


Download 1.07 Mb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1250582
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi

Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o`zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur`atda o`sishi bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma`lumotlariga ko`ra, jahon eksporti hajmi, 1981 yildagi 2000 mlrd. AQSH dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSH dollari darajasigacha o`sgan. Shu vaqt oralig`ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSH dollariga o`sdi. Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko`plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada o`sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik o`rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSH dollarigacha ortdi. Shu davrda Nyu-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSH dollariga ortgan.
To`rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo`shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversiflkatsiya darajasining ortishi.
Bunda asosiy o`zgarish sifatida TMKlar va ularning turli mamlakatlarda qo`shma korxonalari sonining o`sib borishini ko`rsatish mumkin.
TMKlar o`zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo`l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro harakatlarga ta`sir etdi. Qo`shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi.
Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e`tirof etish zarur.
Xalqaro savdo tashkiloti (XST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (DCRT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va shu kabi xalqaro institutlar hamda yetakchi mamlakatlar boshliqlari va moliya vazirlarining har yili bo`lib o`tadigan uchrashuv-larining xalqaro munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Texnologiyalar bo`yicha, atrof-muhitni asrash, moliya institutlarining faoliyati, buxgalteriya hisobotlari, milliy statistika (milliy hisoblar tizimi) va boshqalarga yagona andozalarni qo`llash kengaymoqda. Ushbu andozalar ta`lim va madaniy sohalarga yoyilmoqda.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling