Mavzu: Xalqaro Moliya Institutlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roli


Xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro moliya munosabatlarida tutgan o`rni


Download 1.07 Mb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1250582
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi

2.Xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro moliya munosabatlarida tutgan o`rni
Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta`sir etgan sezilarli o`zgarishlar sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
  • 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o`rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi;
  • 1958 yilda dastlab, "Umumiy bozor" deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Yevropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;
  • Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o`sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o`rtasida raqobatning kuchayishi;

XXI asr bo`sag`asida jahon iqtisodiyotida to`rtta asosiy tarkibiy an`ana kuzatildi:
Birinchidan, xom-ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlardagi o`zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o`rtasida an`anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo`lib, ularning o`zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
O`tgan asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G`arbiy Yevropa olimlari "dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi", deb bashorat qilgan edilar
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo`l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o`tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o`zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag`batlantirdi.
Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling