Mavzu: Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari Reja: Kirish


-rasm. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash


Download 77.96 Kb.
bet11/12
Sana16.06.2023
Hajmi77.96 Kb.
#1499585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari

3.2-rasm. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash
Xulosa
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, xorijiy investitsiyalar kapitalni qulayroq qilib joylashtirish va u egasiga qaytib kelgunga qadar nisbatan uzoq muddat davomida undan foyda ko’rish maqsadida eksport qiluvchi mamlkatlarning kapital qabul qiluvchi mamlakatlar real va moliyaviy aktivlariga qo’yilishini bildirgan holda, bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o’tayotgan kapital oqimini ko’rsatadi.
Xorijiy investitsiyalarning keskin farqi ularni mamlakatlararo ko’chishi, faqat o’z maqsadini ko’zlashi, amal qilish sha-roitlarining o’zgarishi, ancha qulay shartlar bilan qo’yilishi, ishonch qozonishi hisoblanadi. Globallashish kuchayishi tufayli butun dunyo bo’ylab qisqa muddatlarda kapital, ishlab chiqarish, tovarlar, intellektual salohiyat, mehnat resurslari, axborotlar va boshqalarning ko’chish jarayoni jadallashadi.
SHuning uchun ham, investitsiya siyosatini yuritishda bu vaziyatlarni hisobga olish zarur bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning O’zbekistonga kirib kelishi, qisqa vaqt ichida, mulkchilikning turli shakllarini tashkil topishiga ko’maklashdi, O’zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishni, nufuzli tarmoqlarni barpo etilishini ta’minladi. Eng muhimi, O’zbekiston iqtisodiyotining baynalminallashishini va O’zbekistonning xalqaro bozorga o’z mahsulotlarini olib chiqishini va u yerda o’z o’rniga ega bo’lishini ta’minlaydi. Buning oqibatida eksport hajmining o’sishi va respublikamizning to’lov balansi tobora ijobiylashishiga erishiladi.
Umuman olganda xorijiy sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yaxshi samaralar bermoqda. Negaki, O’zbekistonda xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimiz davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga moljallangan bo lib, investorlarning samarali ishlashi uchun zarur barcha sharoitni yaratib berishga qaratilgan. O’zbekistonning geografik jihatdan qulay yerda joylashgani, transport tarmog’ining rivojlangani, tabiiy resurslarning ko’pligi, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani, malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa omillar investorlarga kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.
Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko‘proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko‘proq asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.
Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi.
Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel‘ investitsiyalarga bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to‘g`ridan-to‘g`ri eksporti bo`lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi.
Mavzuni o‘rganib chiqib, mamlakatimiz investitsiya salohiyatini yanada oshirish uchun quyidagi takliflarni kiritaman:
- Aholining o‘rta va quyi qatlamlarini ish bilan ta‘minlash maqsadida, investitsiyalar oqimini hududlar bo‘yicha aholi soniga qarab proporsional taqsimlash;

- Mamlakatimiz bo‘ylab erkin iqtisodiy hududlar sonini ko‘paytirish; - Chet el investorlari uchun berilgan mutloq soliq imtiyozlaridan ozod qilishdan tashqari, imtiyoz muddati tugagach qisman imtiyozlar berishni joriy etish;


- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka investitsiyalarni jalb etishda davlat kafolatlarini oshirish, investitsion g‘oyalar tanlovlarini o‘tkazish;


- Moliya bozorini, xususan, qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish;


- Mamlakat miqiyosida xalqaro investitsion portfelni shakklantirish borasidagi aholining savodxonligini oshirish;


- Ushbu mavzuni o‘qitishda elektron taqdimot va muammoli ta‘lim metodlaridan kengroq foydalanish


Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida hududlarda va korxonalarda investitsiyalarni samarali boshqarish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida investitsiyalarni boshqarish mexanizmi nazariy jihatdan ko’rib chiqildi, bu esa investitsiyalarni boshqarishning maqsadi va asosiy vazifalarini amalga oshirishda muhim o’ringa egadir.





Download 77.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling