Mavzu: xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori reja
Download 48.11 Kb.
|
modul xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqalar va mamlakatlar 2011 yil 2012 yil
- Tinch okeani havzasi mamlakatlari 967 589
- Lotin Amerikasi mamlakatlari 853 663
9.2.2-jadval
Jahonda depozitar tilxatlar savdosi, mlrd. AQSh dollarida
2013 yilda Dtlarning asosiy, ya’ni birinchi 10 talik emitentlari sifatida “Lukoil” (Dtlar emissiyasi miqdori 45,3 mlrd. AQSh dollari), “BP” (Dtlar emissiyasi miqdori 41,9 mlrd. AQSh dollari), “Vodafone” (Dtlar emissiyasi miqdori 37,1 mlrd. AQSh dollari), “Teva Pharmaceutical”, “Royal Dutch Shell”, “Novartis”, “OAO Gazprom”, “GlaxoSmithKline”, “Taiwan Semiconductor Manufacturing” va “Nestle” kompaniyalari qayd etilgan. Shuningdek, tahlil qilinayotgan davrda Dtlarga o‘z mablag‘larini investitsiya qilgan asosiy 10 ta sarmoyador qatorida “Fidelity Management & Research Co.” (investitsiya hajmi 19,3 mlrd. AQSh dollari), “Aberdeen Asset Managers” (investitsiya hajmi 17,3 mlrd. AQSh dollari), “Dodge & Cox” (investitsiya hajmi 15,8 mlrd. AQSh dollari), “Wellington Management Company”, “Capital World Investors”, “Capital Research Global Investors”, “Lazard Asset Management”, “Dimensional Fund Advisors”, “OppenheimerFunds”, “T. Rowe Price Associates” kabi kompaniyalar o‘rin olgan. Jahonda Dtlarning tarmoq tahlili natijasida neft va gaz, farmasevtika, telekommunikatsiya, bank, salqin ichimliklar, tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat, yarim o‘tkazgichlar, internet, avtomobil ishlab chiqarish tarmoqlaridagi kompaniyalar asosan Dtlar bilan operatsiyalarni amalga oshirib kelayotganliklari aniqlandi. Umuman olganda, Dtlarni emissiya qiluvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Xususan: - kapitalni oshirish uchun mahalliy emitentlarni davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashga nisbatan ular tomonidan chiqarilgan aksiyalarni sindikat banklar orqali Dtlar ko‘rinishida xorijda sotish sub’ektning bozordagi obro‘sini oshirish uchun doimo kurashga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga undaydi va iqtisodiy boqimanda bo‘lib qolishining oldini oladi; - Dtlar savdosi asosan erkin konvertirlanadigan xalqaro valyutalarda amalga oshirilganligi bois, emitentning halqaro to‘lovga qobilligi ortadi, unga xorijiy valyutada investitsiyalar kirib kelsada, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy mustaqilligi saqlab qolinadi; - aksiyadorlik jamiyati Dtlar orqali qimmatli qog‘ozlarini jahonning turli hududlari bo‘yicha va ko‘plab investorlar o‘rtasida joylashtiradi, diversifikatsiyalaydi, natijada uning xorijiy investitsiyalar bilan bog‘liq risk kamayadi; - aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining Dtlar vositasida jahon va xalqaro bozorlardagi bahosi shakllanadi, bu esa, o‘z navbatida, kompaniyaning zamonaviy talablardan kelib chiqib real bozor qiymatini aniqlash imkonini beradi; - bozor iqtisodiyoti qaror topayotgan ayrim mamlakatlar moliya bozorida korxona faoliyatiga investitsiyalarni jalb etishning yangi vositasi yoki mexanizmi shakllanadi, ushbu bozor yanada kengayadi va rivojlanadi. Hozirgi kunda, xorijiy kredit liniyalari hisobiga mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini moliyalashtirish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotimiz o‘sishining barqaror sur’atlarini ta’minlashda o‘zining ijobiy ta’sir natijalariga ega bo‘lmoqda. Barchamizga ma’lumki, chetdan sarmoya va investitsiyalarning mamlakatimizga kirib kelishi uchun qulay sharoit va imtiyozlarni tashkil etmasak, kerak bo‘lsa, ayni shu yo‘nalishda astoydil, butun vujudimiz bilan ishlamasak, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, investitsiyalash jarayonini oshirish va takomillashtirish borasida jahondagi o‘zgarishlarga nisbatan orqada qolishimiz mumkin. Bugungi kunda respublikamizda milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish darajasi deyarli past ekanligi va ushbu bozorda institutsional investorlarning (pensiya jamg‘armasi va sug‘urta kompaniyalarining) investitsion faoliyatining qoniqarsizligi hamda qimmatli qog‘ozlarni xalqaro fond birjalarida sotish va mahalliy emitentlarning aksiyalariga depozitar tilxatlar chiqarish orqali investitsiyalarni jalb etish usulidan foydalanilmayotganligi, shuningdek milliy moliyaviy bozorning shaffofligi bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi sharoitida depozitar tilxatlarni chiqarish masalaning dolzarb ekanligini belgilaydi. Shuning uchun, biz mamlakatimizda mazkur maqolamizda keltirilgan kapital jalb qilishning Dtlarni xalqaro fond bozorlariga chiqarish orqali oshirishni o‘z ichiga oluvchi banklarni Dtlar bilan bog‘liq muammolarni oldinga surishdek ilmiy izlanishlarimizni izchil davom ettirishni oldimizga bosh maqsad qilib qo‘yganmiz. Xulosa qilib aytganda, real sektor korxonalarining Dtlarini xalqaro banklar orqali jahon moliya bozorlaridagi muomalasini samarali tashkil etish, nafaqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, balki jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonini kuchaytiradi, investitsiyalarning xalqaro harakatini jadallashtiradi. Download 48.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling