Bundan tashqari, Yer aniq shar shaklida bo’lmaganligi tufayli, uning radiusi taqribiy olingan. Uchinchi misolda esa qalamlar har xil bo`lganligi uchun ularning og’irligi turlicha. 8 g deb o’rtacha qalamning og’irligi olingan. Bundan tashqari, Yer aniq shar shaklida bo’lmaganligi tufayli, uning radiusi taqribiy olingan. Uchinchi misolda esa qalamlar har xil bo`lganligi uchun ularning og’irligi turlicha. 8 g deb o’rtacha qalamning og’irligi olingan. Amaliyotda taqribiy son a deb, aniq qiymatli son A dan biroz farq qiladigan va hisoblash jarayonida uning o’rnida ishlatiladigan songa aytiladi. Qisqalik uchun bundan keyin aniq qiymatli son o`rniga aniq son, kattalikning taqribiy qiymati o`rniga taqribiy son deb yozamiz. Amaliy masalalarni yechish asosan quyidagi ketma-ket qadamlardan iborat: 2) qo`yilgan matematik masalani yechish. Tabiatda uchraydigan masalalarni doim ham aniq matematik tilda ifodalash mumkin bo’lmaganligi tufayli masala ma`lum darajada ideallashgan modeli vositasida yoziladi, ya`ni xatolikka yo`l qo`yiladi (birinchi qadamda). Masalaning tarkibiga kirgan ba`zi parametrlar tajribadan olinganligi tufayli, bunda ham xatolikka yo`l qo`yiladi. Bularning yig’indisi esa boshlang’ich informatsiya xatoligini keltirib chiqaradi. Masalaning tarkibiga kirgan ba`zi parametrlar tajribadan olinganligi tufayli, bunda ham xatolikka yo`l qo`yiladi. Bularning yig’indisi esa boshlang’ich informatsiya xatoligini keltirib chiqaradi. Juda ko`p hollarda matematik masalaning (ikkinchi qadam) aniq yechimini (analitik) topishning iloji bo`lmaydi. Shuning uchun amaliyotda taqribiy matematik usullar qo`llaniladi. Aniq, yechimning o`rniga taqribiy yechimni qabul qilish (majburiy ravishda) yana xatolikni keltirib chiqaradi. Masalani yechish jarayonida boshlang’ich shartlarni va hisoblash natijalarini yaxlitlashda ham xatolikka yo`l qo`yiladi, bunga hisoblash xatoliklari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |