Vsevolod boyarlarga qarshi kurashgan knyaz, savdogar va boy hunarmandlarga imtiyozlar beradi. Vsevolod Novgorodga о‘zi yuborgan knyaz, amaldor va noiblarni qabul qilishga majbur qiladi. Kiyev knyazi Vsevolodning hokimiyatini tan oladi. Sharqda Vsevolod lashkari bolgarlarga qarshi yurish qiladi. Vladimir shahri Volga daryosi orqali Kavkaz va Xorazm bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Vsevolod vafotidan keyin knyazlikda feodal urushlar boshlandi. Vsevolodning о‘g‘illaridan biri Konstantin 1216 yili buyuk knyaz bо‘ladi. Ammo knyazlik mustaqil mulklarga bо‘linib, ularni Vsevolod о‘g‘illari boshqarishgan. Faqat Yuriy Vsevolodovich davrida (1219-1238) knyazlik kuchayib sharq tomonga kengaygan. Bolgarlarga qarshi yurishdan sо‘ng, 1226 yili Volga sohilida yangi Nijniy Novgorod shahriga asos solinadi. Yuriy va boshqa mahalliy knyazlar buyuk Novgorodda hamda Ryazan va Smolensk knyazliklarini bо‘ysundirishga kirishadi. Suzdal knyazi Yaroslav Vsevolodovich 1236 yil Kiyev knyazligini olsa, uning о‘g‘li Aleksandr (Nevskiy) buyuk Novgorod knyazi bо‘lgan.
Novgorod savdogarlari Shvetsiya, Daniyagacha borgan. XII asrning II yarmidan ular Ganza shaharlari bilan savdo ishlarini olib borishgan. Bu yerdan G‘arbiy Yevropaga mо‘yna, sham, zig‘ir, yog‘, tyulen yog‘i, morj tishlari, hunarmandchilik buyumlari olib borilgan. Bu yerga g‘arbdan movut, vino, ziravorlar keltirilgan. XI –XII asrlarda Novgoroddagi feodallarga qarshi chiqishlar bо‘ldi. Novgorod 1015 yildayoq buyuk knyazga boj tо‘lashdan bosh tortadi. 1102 yildan esa Novgorod buyuk knyazni о‘g‘lini qabul qilmay о‘z knyazini saylay boshlaydi. Shu tariqa Novgorodda feodal respublikasi turidagi davlat tuzumi shakllanadi. 1136 yili Vsevolod boshqaruvidagi kamchiliklar uchun Novgorod boyarlari Kiyev knyazining noibi knyaz Vsevolod Mstislavichni haydab yuboradilar va mustaqillikni qо‘lga kiritadilar. Novgorod boyarlar respublikasi - «Buyuk Novgorod» bо‘lib qoladi. XIII asrdan Novgorod uchun yangi dushman nemis knyazlari, ritsarlari bо‘linmalari va Litva paydo bо‘ldi. 1323 yilda nemislar Pskovga hujum qiladi. Pskov Novgoroddan yordam sо‘raydi. Lekin Novgorod yordam bermaydi. Shunga qaramay nemislar pskovliklar tomonidan haydab yuboriladi. Shu vaqtdan boshlab Pskov mustaqil ichki va tashqi siyosat yurita boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |