Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji
tili darsligini va til o’qitish metodikasini
Download 272.64 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Vidimo’y mir v kartinkax»
- Komenskiyning dunyoqarashi
tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach, 1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so’ng u yana o’qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqarada. «Vidimo’y mir v kartinkax», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» degan asar yozib, o’qish ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi. Bunda «YOshlarning xulq qoidasi», «YAxshi tashkil topgan maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir ishlari berilgan. 1656 yili Shved—polyak urushi vaqtida Leshnodagi chex qardoshlari jamoasi tor-mor qilinadi. Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan Amsterdamga o’tadi. Shunda Gollandiya senatining buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plami bosilib chiqadi. Komenskiy o’z vatanini juda sevar va uning mustaqilligi uchun kurash olib boradi. Uning ko’p asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq poeziyasini yig’ib chex maqollar to’plamini tuzadi va o’z xalqining tilini saqlashga, sevishga undaydi. Komenskiyning dunyoqarashi. Komenskiyning dunyoqarashida uch xususiyat ta’sirini ko’ramiz. 1. Natur falsafasi. 16—17-asrlarda ingliz faylasufi — materialist Bekon sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o’qitish jarayoniga shu pozisiyadan qaraydi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish bo’lmagan yerda bilish ham yo’q, deydi u. 2. Chex qardoshlari jamoasi diniy jamoa bo’lganligi uchun Komenskiy ham dindor ruhoniydir. Lekin Komenskiyning ruhoniyligi turmushga amaliy qarash bilan bog’liq edi. 3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg’onish davri ta’sirida vujudga keladi. Odamlarga nisbatan muhabbat, hushchaqchaqlik, odamlarning yaxshilik yaratishiga ishonch bilan qarash, bularning hammasi o’rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashga qarama-qarshidir. Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog’liq. Ajralib qolgan narsa yo’q. Dunyo qarama-qarshiliklardan iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o’sishda, o’sish esa o’z qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi. Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning Download 272.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling