Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji
O’qituvchining o’rni va unga qo’yiladigan talablar
Download 272.64 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza
O’qituvchining o’rni va unga qo’yiladigan talablar. Komenskiy o’z
davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O’qituvchilikni «er yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi. Bu o’qituvchiga nisbatan yangi ilg’or qarash edi, chunki o’sha davrda o’qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy aholining o’qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etishi bilan o’qituvchining o’zi jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o’z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi. O’qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli bo’lishi, o’z ishini sevishi, o’quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi lozim. «O’zi» namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga ergashtirishi o’qituvchining birinchi vazifasidir, degan edi. Shunday qilib, taniqli slavyan pedagogi YAn Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmiga asos solib, maktab taraqqiyotiga, pedagogik ilmiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uni ko’p G’arbiy Yevropa mamlakatlari maktab ishini yaxshilash maqsadida taklif etdilar. Uning darsliklari ko’p tillarga, jumladan o’zbek tiliga ham tarjima etildi. 150 yildan ortiq vaqt davomida uning yozgan asarlari boshlang’ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Mashhur nemis olimi Leybnis qayd qilib o’tganidek, falsafani taraqqiy ettirishda Kopernik qanday rol’ o’ynagan bo’lsa, pedagogikani taraqqiy ettirishda Komenskiy ham shunday rol’ o’ynadi. Komenskiyning pedagogikasi ilmiy pedagogik bo’lib, jahon madaniyatiga qo’shilgan katta hissadir. Uning qarashlari hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Download 272.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling