Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji
Download 272.64 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza
2-MA’RUZA Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji. REJA: 1. K.D.Ushinskiyning pedagogik faoliyati. Ya.A.Komenskiy pedagogika fani va tarbiya san’ati haqida. 2. K.D.Ushinskiyning dars hamda ta’lim metodikasi to’g’risidagi fikrlari. 3. A.S.Makarenkoning pedagogika fani va maktab taraqqiyotidagi o’rni. 4. A.S.Makarenkoning bolalarda jamoa orqali iroda, xarakter va intizomni tarbiyalash haqidagi g’oyalari. Ya.A.Komenskiy 1. K.D.Ushinskiyning pedagogik faoliyati Tarbiya predmeti bo’lgan odam to’g’risida chuqur ilmiy bilimlar bilan qurollangan keng ma’lumoti bor Ushinskiy pedagogika nazariyasini ishlab chiqishga kirishdi. Ushinskiy pedagogika nazariyasi anatomiya, fizmiologiya, psixologiya, falsafa, tarix va boshqa fanlar qonunlarida foylanishga asoslangan bo’lish deb lozim deb ko’rsatdi. Bu nazariya pedagogik reseptlar bilangina chegaralanib qolmasdan, balki tarbiya qonunlarini ochib berish kerak edi. Uning zamonidagi pedagogika bilan Ushinskiy yaxshi tanishdir. Ushinskiy pedagogika nazariyasining mavhum, kabinetdan tashqariga chiqmay tuzilishiga qarshi bo’ldi, shuning singari, pedagogikada empirizmga qarshi bo’lish kerakligini ogohlantirdi, muvaffaqiyatli bo’lsa ham faqat shaxsiy tajribagagina asoslanish yetarli bo’lmaydi deb ko’rsatdi. U nazariya bilan amaliyotning birligini talab qildi. Ushinskiy "Hyech qanday xulosa chiqarib bo’lmaydigan biron bir ideyadan kelib chiqmaydigan va o’zi ham hyech qanday ideya yaratmaydigan tajriba hyech nimaga arzimaydigan bir narsa bo’lib qolishi singari, hyech nimaga asoslanmagan quriq nazariya ham puch bir narsa bo’lib qoladi. Nazariya vokelikdan ajralmasligi, faktlar mulohazani rad qilmasligi kerak" deb yozgan edi. U nazaryasiz pedagogik amaliyotning medisinadagi qiyinchilikka o’xshatadi. Ushinskiy "Pedagogik tarbiyaning ma’lum prinseplarini va tarbiya ishlarining aniq qoidalarini uzlashtirib olishgina kifoya qilmaydi" deydi. U yana "Kishi tabiatning asosiy qonuniyatlarini bilishi va ularni har bir aniq hollarda ishlata bilish kerak, "-deb juda to’g’ri aytgan edi. Ushinskiy "Agar pedagogika kishini bir jihatdan tarbiya qilmoqchi ekan, u eng avval kishi har jihatdan bilishi kerak"-degan edi. Ushinskiy bu talabni amalga oshirib "Inson tarbiya predmeti sifatida" nomli 2 tomli kapital asarini yozdi va 3 chi tomini yozmoqchi bo’lib, materiallar to’pladi va tayyorladi. Ammo bevaqt o’lim 3 chi tomni yozishga imkoniyat bermadi. 2. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya san’ati haqida Tarbiya predmeti bo’lgan odam to’g’risida keng bilimga ega bo’lgan Ushinskiy pedagogika nazariyasini ishlab chiqishga kirishdi. Ushinskiy pedagogika nazariyasi anatomiya, fiziologiya, psixologiya, falsafa, tarix va boshqa fanlar qonunlaridan foydalanishga asoslangan bo’lishi kerak deb ko’rsatadi. Bu nazariya pedagogik reseptlar bilan cheklanib qolmasdan, balki tarbiya qonunlarini ochib berishi kerak. Ushinskiy pedagogik nazariyaning kabinetdan chiqmasdan tuzilishiga qarshi bo’ladi.. nazariya bilan amaliyot birligini talab qiladi. Nazariya voqyelikdan ajralmasligi, faktlar mulohazasini rad qilmasligi kerak deb uqtiradi. K.D.Ushinskiy pedagogika kishini tarbiya qilmoqchi ekan, u avval kishini har tomonlama o’rganishi kerak deb ta’kidlaydi. O’sha paytda ikki oqim mavjud bo’lib, ular bir-biriga qarshi edi: 1. Metafizik psixologiya oqimi. 2. Yangi empirik psixologiya oqimi. Ushinskiyning pedagogika tizimi xalqchillik g’oyasi asosida qurilgandir. U xilqchillik deb har bir xalqning o’ziga xosligini tushunardi ediki, bu o’ziga xoslik o’sha xalq yashashi va mehnat qilishi lozim bo’lgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi. U o’zining «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi haqida» maqolasida tarbiya xalqchillik ruhida bo’lishini, turli xalqlar tarbiyasida tarkib topgan alomatlarni xarakterlab beradi. Ushinskiy bolalarga shunday tarbiya berish kerakki, ular o’z manfaatlaridan umum manfaatlarini ustun qo’ya olsinlar, deydi. Ushinskiy bolaning faoliyati va faolligi uning tarbiyasi va ta’limida eng muhim shartlardan biridir deb to’g’ri hisoblaydi. U shu munosabat bilan bolalarni uyushqoqlika, ularning faoliyatida intilishni o’stirishga o’rgatish lozim bo’lgan bola hayotining rejimiga katta ahamiyat beradi. U har qanday tarbiyada mashq ahamiyatini muhim deb biladi. Ushinskiy kishining kamolotga yetishi uchun jismoniy, aqliy hamda axloqiy tarbiyalari bir-biriga mos bo’lishi kerak deb hisoblaydi. Shuning uchun u tarbiyani garmonik o’sgan shaxsning tarkib topishida bir maqsadga qaratilgan ongli jarayon deb ataydi. U axloqiy tarbiyaga jiddiy e’tibor beradi. Axoloqiy tarbiya bolada insonparvarlik, vijdonlilik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik, intizomlilik va mas’ulitni sezish, kamtarlik kabi xususiyatlarni o’stirishi lozim. K.D.Ushinskiy ko’r-ko’rona, Tayeq intizomiga qarshi norozilik bildiradi. qo’rquv bolalarni juda yomon odatlarga o’rgatadi. Lekin uning nazariyasi din bilan bog’liqdir. Uning fikricha, axloqiy tarbiya vositalari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak: 1) ta’lim; 2) o’qituvchining shaxsan namuna bo’lishi; 3) e’tiqod; 4) o’quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo’lish; 5) ogohlantirish choralari; 6) rag’batlantirish va jazolash. 3. K.D.Ushinskiyning dars hamda ta’lim metodikasi to’g’risidagi fikrlari K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari juda chuqurligi va maqbulligi bilan ajralib turadi. U ta’limni bolalar xususiyatlari va yosh bosqichlarini hisobga olib tashkil etish kerakligini talab qiladi. U o’qitish vaqtida bolaning diqqatidan foydalanish to’g’risida qimmatli ko’rsatmalar beradi, u ikki turli diqqat mavjudligini ko’rsatada: faol va nofaol diqqat. Faol diqqat ixtiyoriydir. Nofaol diqqat esa g’ayri ixtiyoriydir. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olib nofaol diqqatga oziq berish kerak, shu bilan bir vaqtda muhim bo’lgan faol diqqatni ham taraqqiy ettirish kerak deb hisoblaydi. Ushinskiyning fikricha, ta’lim bolalarning kuchi yetadigan va izchil bo’lishi kerak. Dars o’tish jarayonida bolaning charchashiga yo’l qo’ymaslik kerak. U darsda bolalarning yoshini hisobga olib ko’rsatmalilik tamoyilini qo’llashni ma’qullaydi. Bolalar shakllar, ranglash, tovushlar, umuman sezgilar bilan fikrlaydi. Bunda ko’rsatilgan narsalarning aytilgan gapga mosligi bolalar dunyoqarashining rivojlanishiga, fikrlash qobiliyatining o’sishiga yordam beradi. Ushinskiy o’zidan oldingi pedagoglar yaratgan ko’rsatmali ta’lim metodikasini ancha boyitdi. Masalan, u bolalarga ramslarga qarab mazmunini gapirishni, dars vaqtida foydalanilgan rasmlarni sinf devorlariga osib qo’yishni taklif qiladi. U ta’limni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisoblaydi. Ushinskiy darsga katta e’tibor berdi. Maktabda o’quv mashg’ulotlarining muvaffaqiyatli bo’lishida sinf-dars tizimining o’ziga xos xususiyati o’quvchilar tarkibi doimiybo’lgan, maktabning asosiy bo’g’inini tashkil etuvchi sinfdagi mashg’ulotlarni jadval asosida olib borishni o’qituvchining o’quvchilar bilan yalpi (frontal) mashg’ulot olib borilishini, bunda o’qituvchining asosiy rol o’ynashini ko’rsatadi. Har bir dars ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak, unda ta’lim bilan birga tarbiya ham berilishi zarur. Darsda mashg’ulotlarni almashtirib, dars uslublarining xilma-xil bo’lishini tavsiya etadi. Ushinskiy 1964 yilda yozgan «Rus tilini dastlabki o’qitish» nomli maqolasida qimmatli uslubiy ko’rsatmalar beradi va o’qitishning 3 ta vazifasi bor deb ko’rsatadi: 1) Bolaning nutqini o’stirish; 2) Bolalarni rus tilining imkoniyatlaridan ongli ravishda foydalanishga o’rgatish; 3) Tilning grammatikasini o’zlashtirish. Bu vazifalar birgalikda bajariladi. Nutqni o’stirishda og’zaki va yozma mashq turlarini tavsiya etadi. 4. A.S.Makarenkoning pedagogika fani va maktab taraqqiyotidagi o’rni Anton Semyonovich Makarenko o’z bilimini oshirish maqsadida 1914 yilda Poltavadagi o’qituvchilik institutiga kirib, uni 1917 yilda oltin medal bilan tamomlaydi. U 1917-1918 o’quv yilida Kryukovodagi oliy boshlang’ich maktabga inspektor (mudir) qilib tayinlanadi va pedagoglik ishiga zo’r qiziqish bilan kirishadi. Xarkov maorif bo’limining mudiri 1920 yil sentyabr oyida Makarenkoni o’z huzuriga chaqirib, unga ko’chalarda boqimsiz yurgan bolalarni tarbiyalash vazifasini topshirdi. Bu ish Makarenko uchun yangi va g’oyat mas’uliyatli ish edi. Chunki bilimsiz boldalr bilan ishlash metodini na Makarenkoning o’zi va na maorif xodimlari bilar edi. Gap odamni yangicha tarbiyalash, barkamol inson tarbiyasi ustida borayotganini to’la tushunib yetgan A.S.Makarenko tezlik bilan bu ishga kirishib, Xarkov yaqinidagi bolalar koloniyasini tashkil etdi. Anton Semenovich qo’liga berilgan bolalar o’tmishda jinoyat qilgan intizomsiz, mehnatga ko’nikmagan o’smir va yigitchalar edi. Makarenko ana shu yoshlardan Vatanga sodiq, intizomli, mehnatni sevadigan va ish biladigan haqiqiy fuqarolarni yetishtira oldi. O’zining uzoq yillik halol mehnati orqasidan boqimsiz bolalardan yangi odamlar – ajoyib talant egalarini tarbiyalab o’stirdi. Ular bilan bir qatorda o’zi ham mashhur pedagog, yozuvchi darajasiga ko’tarildi. U bir necha pedagogik va publisistik asarlar yozdi. Uning «Pedagogik poema», «Minoralardagi bayroqlar», «O’ttizinchi ysillar marshi», «Ota-onalar kitobi», «Bolalar tarbiyasi to’g’riida leksiyalar», «Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar» kabi asarlari uni o’ziga xos tarbiya maktabi yaratgan pedagog va adib sifatida tanitdi. A.S.Makarenko o’z asarlari va bolalar tarbiyasiga oid bir qator metodik tavsiyalarida oiladagi tarbiya ishlari, intizom, ota-onalar obro’si, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya, o’yin, madaniy malakani oshirish kabi dolzarb mavzularda yozilgan bo’lib, unda yoshlarni chidamli, irodali, quvnoq, axloqli, hyech qanday qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan, haqiqiy vatanparvarlar qilib tarbiyalash g’oyalari ilgari surilgan. Badiiy pedagogik asar sifatida jahon adabiyotida «Pedagogik poema»ga teng keladigan asar yo’q. Bu kitob kishiga chekisz ishonch va muhabbat, insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan, muallif unda kishilarni qayta tarbiyalash, jamiyatimizning faol binokorlari qilib yetkazishda yangi pedagogik tajribani, ish usullari va metodlarini batafsil tasvirlab bergan. 5. A.S.Makarenkoning bolalarda jamoa orqali iroda, xarakter va intizomni tarbiyalash haqidagi g’oyalari A.S.Makarenkoning «Pedagogik poema» asari – bolalar jamoasi hayotini realistik asosda har tomonlama keng tasvirlab berilgan asardir. Kitobning mazmuni boqimsiz bolalar kaloniyasidagi hayot, tarbiyachilarning faoliyati, ayrim qahramonlarning tarjimai holi, tarbiyasi buzilgan bolalardan yangi ruh, yangi axloqqa ega bo’lgan yangi kishilar tarbiyalab chiqarish uchun kurashdan iboratdir. Kitobning qahramoni murakkab voqyealarni boshidan kechirgan bolalar jamoasidir. Makarenko bolalarni yakka tartibda o’rganishga, bolalar jamoasini tuzishga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, o’qituvchi bolalar jamoasini uyushtira olsa, u jamoa pedagogning ishonchli yordamchisiga aylanadi, shu jamoa yordami bilan pedagoglarni chuqur o’rgana oladi. Makarenko fikricha, «jamoa – ijtimoiy tirik organizm… u o’zining organiga ega, unda vakillar bor, mas’uliyat bor… Bir-birlariga nisbatan bog’lanish bor, agar bo’lar bo’lmasa jamoaning o’zi ham bo’lmas, unda yolg’iz bosh-boshdoqlikkina bo’lar edi». Makarenko o’zining tizmini Gorkiy nomli bolalar koloniyasida to’la- to’kis amalga oshira oldi. Masalan, u har qanday og’ir va «ko’ngilsiz» ishni ham bolalar va otryadlar o’rtasida navbat bilan taqsim etar edi. Ko’ngilli va ko’ngilsiz, og’ir va yengil bo’lishidan qat’i nazar, zarur, foydali bo’lgan har qanday ishni zavq bilan bajarishga bolalarni odatlantirar, ularning mehnat malakalarini oshirib borar edi. Download 272.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling