Mavzu: XIX-XX asrlarda Oʻrta Osiyoda Arxiografik materiallarning tadqiq qilinishi


XIX asrda Sharqshunoslar tomonidan Oʻrta Osiyo tarixiga oid hujjatlarning nashr qilinishi


Download 0.51 Mb.
bet2/5
Sana02.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1420638
1   2   3   4   5
Bog'liq
Эрматов Чинорбек Археография docx

1.XIX asrda Sharqshunoslar tomonidan Oʻrta Osiyo tarixiga oid hujjatlarning nashr qilinishi.
Qadimdan Markaziy Osiyoning yozma manbalariga muhim ilmiy
ahamiyat berilgan. Shu sababli O’rta Osiyo tarixiy hujjatlarini nashr etish
XIX asrning o’rtalaridan boshlangan edi. 1859 yilda V.V. Vilyaminov-Zernov tomonidan birinchi marta Xiva xoni Olloqulixon tomonidan 1826 yilda berilgan “Tarxon Yorligi” tarjimasi chop etilgan. Shuningdek, bir kator maqola va ilmiy ishlar L.N. Sobolev, V.V. Radlov, N.G.Maliskiy, V.V. Bartold,
V.L. Vyatkin, P.M.Melioranskiy, V. Kallaur, A. Lomakin, I.A. Belyaev,
A.A. Semyonov, N.P. Ostroumovlar tomonidan nashr qilingan. Bu tadqiqotlar XIX asrning 70-yillaridan boshlab Toshkent va Sankt-Peterburg nashriyotlarida chop etilgan edi.
XIX asrning 30-yillaridayoq, V.Grigorevning xizmati shundaki, u birinchi bo’lib O’rta Osiyoning qadimgi davri va O’rta asrlardagi tarixiga oid bo’lgan turli tillardagi birinchi manbalarni to’pladi va ularni ishga solib, o’sha davr tarixini manbalar asosida yoritishga kirishdi.
V. Velyaminov-Zernov numizmatik materiallar bilan birga, maxalliy qoʻlyozmalarga xam katta etibor beradi.
A.Kun Xiva, Qo’qon xonliklari va boshqa joylarlardan to’plangan qo’lyozmalarni, arxiv hujjatlari kolleksiyasini tuzib Peterburgga junatdi. A.Kun “Поездка по Хивинскому ханству” (“Xiva xonligi bo'ylab safar”) nomli maqolasida (1873-y) ko’hna Urganchdagi qadimgi yodgorliklar, ularning tarixi, Xiva xoni saroyidan topilgan qo’lyozmalar va boshqa hujjatlar haqida juda muhim ma’lumotlar beradi. U butun e’tiborini tarixiy manbalar hujjatlarni to’plash, ular asosida O’rta Osiyo tarixidagi muhim va aniq bir qancha masalalar, Shu jumladan soliq tizimi, yer egaligi masalalarini yoritib berishga qaratadi.
U Shaxrisabz bekligidan 300 ga yaqin qo’lyozma hamda 50 ga yaqin har xil hujjatlar, Xiva xoni saroyidagi Sharq tillarida yozilgan 300 ga yaqin qo’lyozma va juda kup hujjatlar: vaqf, mulk hujjatlari va Xiva xonlari muxrlari kolleksiyasini to’playdi.
Qo’qon xonligidagi qo’lyozmalar va boshqa materiallarni to’plashi hamda xonlik tarixidagi ayrim muxim masalalarni o’rganishda Sharkqshunos N.Pantusovning xizmati xam katta. 1876 yilda I. Pantusov u yerdagi qoʻlyozmalar va boshqa hujjatlarni tupladi.







Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling