Mavzu: XIX-XX asrlarda Oʻrta Osiyoda Arxiografik materiallarning tadqiq qilinishi
Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan hujjatlar
Download 0.51 Mb.
|
Эрматов Чинорбек Археография docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
4.Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan hujjatlar
Abu Rayxoi Beruniy nomidagi Sharkshunoslik institutida saqlanayotgan hujjatlar Institut qo’lyozmalar jamg‘armasida to’plangan asl nusxa hujjatlar olti guruxga ajratilib, ular quyidagi tartibda saklanadi: 1) Vakfnomalar 2) Yorliqlar 3) Arizalar 4) Cheklar 5) Shajaralar 6) E’lon va xitobnomalar. Institut qo’lyozmalar xazinasida Xiva xonligiga oid 650 ta hujjatnining asl nusxasi va “Xiva qozi daftarlari” deb nomlangan to’rt jilddan iborat qo’lyozmalarda 40 mingga yaqin hujjatning koʻchirma nusxasi saqlanmoqda. Bu daftarlarda 1000 ga yaqin vaqfga oid hujjatlarning ko’chirma va 50 ta asl nusxalari mavjud. Bu vaqfnomalarda Xiva xonligida vaqf yerlarining boshqarilishi va ijtimoiy- iktisodiy masalalar o’rin olgan. Institut xazinasidagi vaqflarni kattaroqlari qog‘oz o’ramlar ko’rinishida bo’lsa, qisqaroqlari - alohida qog‘oz-varaqlarda bitilgan. Ayrim vaqfnomalar esa, qo’lyozma - kitob shaklida yozilgan. Vaqfnomalar O’rta Osiyoda feodal mulkchilikning keng tarqalgan formalaridan bir bo’limi vaqf yer egaligini tarixini aniqlash, O’rganish va tadqiq etishda asosiy manba vazifasini o’taydi. Bunda mulkdor shaxs o’z ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini ko’zlab o’z mol-mulkidan ma’lum bir diniy yoki hayriya muassasasiga in’om qilgan, chunki vaqf qilingan mulk dahlsizligi va ta’sischining qoʻygan shartlari undan keladigan daromadni musodara qilinishidan saqlar edi. Shu bilan birga vaqfga ajratgan mol-mulkini ta’sis etgan muassasa tomonidan sotib yubormasligi, sovgʻa sifatida tortiq qilinmasligi, meros bo’lib qoldirmaslik, yoki biron-bir yo’l bilan o’zlaishtirib olmaslik shartlari bilan o’tkazadi. Shu sababli vaqflar feodal yer egaligining shartli formasi sifatida olib qaralgan va “Vaqfnoma”lar koʻp tarqalgan yozma manbalardan biridir. Eng qadimiy “Vaqfnoma” Ismoil Somoniyning o’z avlodlariga vaqf qilib qoldirgan Buxoro viloyatining atrofidagi qishloqlar haqidagi hujjat bo’lib, unda Ismoil Somoniyning vaqf qilgan joy nomlari batafsil keltiriladi. Hujjatda Somoniylar shajarasi ancha keng keltirilgan. Bunday shajara hali fanga ma’lum manbalarda uchramaydi. Unda uchraydigan atamalar va oʻsha davr Buxorodagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, soliq tizimi, hunarmandchilik, o’sha davrdagi ma’muriy boshqaruv usuli, saroydagi urf-odatlar va boshqa madaniyat masalalariga doir ma’lumotlar o’z aksini topgan. Institut qoʻlyozmalar xazinasida XV-XX asr boshlariga oid Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari qozixonalarida bitilgan bir necha o’nlab vaqfnomalar usha davr tarixini yoritishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Masalan, B.L Vyatkin tomonidan Ulug‘bek rasadxonasining joyini aniqlashda “Vaqfnoma”ni xizmati beqiyosdir. Ayniqsa suniy sug‘orish uslublari, oqava suvlar oqiziladigan quritish kanallari, ya’ni zaxkashlar, hammomlar qurilishi va undan foydalanish, bu inshootlarni qurish uchun ajratilgan mablag‘lar, suv ayirgich inshootlari haqidagi ma’lumotlar, savdo-sotiqqa doir, hunarmandchilik dukonlari, bozor va timlar to’g‘risidagi ma’lumotlar ham katta ilmiy ahamiyatga ega. Ikkinchi guruh - “Yorliqlar” esa beqiyos qadr-qiymatga ega. Yuzga yaqin bunday hujjatlar XV-XX asr boshlari oralig‘idagi davrni o’z ichiga oladi. Yorliqlar - davlatlar oliy ma’muriy idorasida bitilgan bo’lib, ular asosan hukm, farmon, yorliq, nishon, inoyatnoma va boshqa shaklda oliy hukmdor tomonidan beriladi. Bu guruh hujjatlar asosan O’rta Osiyo xonliklaridagi davlatchilik tizimi, davlatni boshqarish usullari tarixini o’ganishda eng muhim manba bo’lib xizmat qiladi. O’shandan buyon bu tarixiy hujjat yuzasidan maxsus tadqiqot olib borilgani yo’q. Hayriyatki, u koʻplab boshqa muhim tarixiy manbalar qatori yo’q bo’lib ketmasdan, bizgacha yetib kelgan. Marxum akademik Ibroxim Muminov Soxibqiron xaqida maxsus risola yozish uchun yozma manbalar bilan tanishar ekan, Sharqshunoslik instituti fondida ushbu hujjatga duch keladi. 1968 yilda I.Muminov yozma va bosma manbalar asosida Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli”, deb atalgan risolasida ushbu hujjatning foto aksini muqova ortiga ilova qiladi. Uning tagiga «Amir Temur bin Muxammad Taragay Baxodirning muhri bosilgan farmon (1391) degan tushuntirish berilgan. “Bu farmon, deb ta’kidlaydi I. Muminov risolada, turkiy (eski o’zbek) tilda yozilgan bo’lib, unda Abu Muslim avlodlariga berilgan imtiyozlar xaqida gapiriladi. Bu va bunga o’xshash boshqa hujjatlar tarixchi, iqtisodchi va tilshunos olimlarimizni qiziqtirishi lozim”. «Yorliq» Amir Temurning davlatdorlik tarixini o’rganish nuqtai nazaridan muximdir. Ayni vaktda bu «Yorliq»ni o’rganish XIV asrning oxirgi choragidagi siyosiy voqealar, o’sha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ko’pgina qirralari haqida xabar beradi. Bunda Amir Temurning siyosat bobida o’ta diplomat ekanligi namoyon bo’ladi. Unda Sohibqironning davlatchilik siyosatini kuch va Qur’onga asoslangan holda har ikki omildan g‘oyat ustalik bilan amalga oshirganining guvohi bo’lamiz. “Yorliqlar” toʻplamini o’rganish va ilmiy muomalaga kiritish hozirgi davr talabi bo’lib, unda davlatchiligimiz tarixini to’g‘ri va haqqoniy yoritishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi, chunki ularda XX asr birinchi choragigacha mavjud bo’lgan barcha unvon va mansablar tarixni yoritshda ham keng foydalanish mumkin. Hujjatlar guruhidagi “Arizalar” to'plamida bir necha yuz hujjatlar jamlangan. Ular asosan XVIII asr oxiri XX asr boshlariga oid davrni qamrab oladi. Bu hujjatlar turkumi asosan xukumatning oliy devonxonalarini va viloyat xamda tumanlardagi quyi amaldor va mansabdorlar o’rtasidagi yozishmalar, arizalar axborotnoma, ma’lumotlar, hisobot, roʻyxat va x.k.lardan iborat masalalarni qamrab olgan. Bunday turdagi hujjatlarni Vatan tarixining barcha masalalarini o’rganishda xizmati beqiyosdir. Toʻrtinchi guruhdagi hujjatlar majmui “Cheklar” yoki “Vasiqalar” nomi bilan atalgan. Bu turdagi hujjatlar hazinadagi eng katta guruxni tashkil etib, 30 dan ortiq nomga ega. Bunda 2000 ga yaqin hujjatlar jamlangan bo'lib, asosan yurisprudensiyaga oid masalalarni qamrab olgan. Bu hujjatlarda haq-huquq, urf-odat, shariat qonun-qoidalari, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, o’qish-o’qitishga oid materiallar oʻz ifodasini topgan. Bu guruhdagi hujjatlar orasida “rivoyatlar" turi xam anchagina boʻlib, turmushda o’z yechimini topmagan masalalarni qanday yoʻl bilan bartaraf etish muammolarini hal etishda mufti, a’lam, oxundlarni Shayxulislom ishtirokida fiqxga doir qullanmalarga asoslangan holda fatvo yozishlari o’z aksini topgan. Xazinadagi beshinchi gurux hujjatlar “Shajaralar” nomi ostida jamlangan. Bunda Buxoro xoni Abulfayzxon xonadoniga tegishli, shayx Zayniddinga, Chupon otaga va Shunga o’xshash shaxslarning shajaralari to’plangan. Huddi shu guruxda har xil tumor va duolar xam hujjat shaklida saqlanmoqda. Undan tashqari turli davrlarga doir muhrlar nusxalari ham o’rin olgan. Oltinchi guruxdagi hujjatlar “E’lonlar va xitobnomalar” nomi ostida jamlangan. Ular asosan XX asr boshlariga tegishli boʻlib, o’sha davrda chop etilgan e’lon va xitobnomalar varag‘lari shaklida bo’lib, bosma xatlardan iborat. 1913-1925 yillar orasidagi voqealar rivojini o’rganish uchun muhim manba bo’lib, o’sha buxronlar tufonini yoritishda tarixchilar uchun dastur vazifasini o’taydi. Institut qo’lyozmalar jamgarmasida to’plamlar shaklidagi asl nusxa hujjatlar ham mavjud. 130 dan ortik hujjat maqomidagi yozishmalar, ruqialar, rasmiy maktublardan iborat bo’lib, juda qimmatli hisoblanadi. Xulosa Sharqshunoslik instituti fondida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Bakr Roziy, Imom al-Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Hofiz Sheroziy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Xoja Ahror asarlari bilan birga O‘rta Osiyo xonliklari davriga tegishli bir necha ming hujjatlar, yorliqlar, vaqfnomalar to‘plangan. Institutdagi ilmiy tadqiqot ishlari qo‘lyozmalarni kataloglashtirish, manbashunoslik, Sharq fani va madaniyati tarixiga oid yozma manbalarni tarjima va tadqiq etish, islomshunoslik, Sharq mamlakatlarining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvoli, ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan mavjud aloqalarini o‘rganishga qaratilgan.1952-1981 yillarda institut fondidagi qo‘lyozmalarning 11 jildli « Собрание восточных рукопсей Академии наук УзССР » («O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari to‘plami») katalogi nashr qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1.Arxiograsiya. F.A.Asilov. Z.B.Raxmonqulova oʻquv qoʻllanma Toshkent 2023 yil. 2. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti. X.A.Buriyeva. A.Y.Nazarov. Toshkent 2020. B.B.Abbasov Foydalanilgan internet saytlar roʻyxati https://academy.uz/uz/page/nashrlar Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling