Mavzu. Xo’jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv reja: Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi


Download 64.69 Kb.
bet12/12
Sana09.01.2022
Hajmi64.69 Kb.
#267005
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-маьруза

1030-"Yoqilg‘ilar" schyoti bo‘yicha Analitik schyot kodi: 1031 Mahsulot nomi: Benzin A-80 Bahosi: 1040 so‘m O‘lchov birligi: litr



Operatsiya mazmuni

kirim

chiqim

qoldiq

miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi




Oy boshiga qoldiq









1500

1560000

1. 2. 3.

Asosiy ishlab chiqarishga berildi

-



400

416000

1100

1144000

Mol etkazib beruvchilardan qabul qilindi

500

520000





1600

1664000

Yordamchi ishlab chiqarishga





800

832000

800

832000

4.

Ma'muriyatga berildi





200

208000

200

624000

Oborot

500

520000

1400

1456000

200

624000




1030-"Yoqilg‘ilar" schyoti bo‘yicha

Analitik schyot kodi: 1033 Mahsulot nomi: Ko‘mir Bahosi: 60000 so‘m O‘lchov birligi: tonna



Operatsiya mazmuni

kirim

chiqim

qoldiq





miqdori

summasi

miqdori

summasi

miqdori

summasi




Oy b oshiga qoldiq









40

600000

1.

Asosiy ishlab chiqarishga berildi













2.

Mol etkazib beruvchilardan qabul qilindi













3.

Yordamchi ishlab chiqarishga













Oborot


















Keltirgan misollardan ko‘rinib turibdiki, tegishli analitik schyotlarning oboroti va oxirgi qoldiqlari tegishli sintetik schyot ma'lumotlariga barobardir.

Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich hamda oxirgi qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng bo‘lishi kerak.

Bu qoida shundan kelib chiqqanki, analitik schyotlar sintetik schyotlar ma'lumotlarini faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi. Bu qoidaga ko‘ra, masalan, sintetik schyotdagi debet qoldiq uning rivojiga yuritiladigan analitik schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi kerak.

Sintetik schyotning debeti va krediti bo‘yicha aylanma summalari tahliliy schyotlari bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak.

Bir sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar aylanmalari summalarining tengligi shu bilan shartlanganki, analitik schyotlarga ham xuddi sintetik schyotlardagi kabi o‘sha muomalalarning o‘zi va o‘sha tomoniga yoziladi. Bunda bir nechta analitik schyotlarga yozilgan muomalalar summalari har doim pirovardida shu muomala bo‘yicha sintetik schyotda aks ettirilgan umumiy summani hosil qiladi. Hisobot davri yakunlarini chiqarish paytida sintetik va analitik schyotlarning ko‘rsatkichlari albatta solishtirib tekshirilishi kerak, chunki yo‘l qo‘yilgan nomuvofiqlikni topish va to‘g‘rilash uchun muhimdir.



4. Joriy buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish.

Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma'lumotlar zarurdir.

Sintetik va analitik hisobning ma'lumotlarini tekshirishda, ma'lumotlar har oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti bo‘yicha ma'lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma'lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi.

Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma'lumotlarni ma'lum bir vaqtga (asosan bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.

Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:


  1. Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti;

  2. Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.

Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi.

Sintetik schotlarda ma'lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schotlari aylanma vedomostlari qo‘yidagicha shaklda bo‘ladi.



Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomost
20 yil " " oyi uchun

(so‘m yoki ming so‘m)



Schyotlar raqami

Schyotlarning nomi

Boshlang‘ich qoldiq

Aylanma (oborot)

Oxirgi qoldiq

Debet

Kredit

Debet

Kredit

Debet

Kredit

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.




Aktivlar

+




+

+

=3+5-6







Passivlar




+

+

+




=4+6-5

JAMI


















Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi.

Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birovlariga tegishli tartibda teng keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir.

Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas, chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab shartlanadi.

Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar summalaridan foydalaniladi. Gap shundaki, o‘ng tomondagi so‘ngi ustunlarda ko‘rsatilgan oxirgi qoldiqlarning barchasi birgalikda korxonaning yangi balansini anglatadi.

Lekin balansni tuzish aylanma vedomostiga sintetik schyotlar qoldiqlarini balans jadvaliga mexanik o‘tkazishni anglatmaydi. Aylanma vedomosti faqat hisobot davrining oxiriga bo‘lgan korxona mablag‘lari holati to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumotlargagina egadir. Unda hisoblab chiqarilgan qoldiqlar, balans tuzishdan oldin tekshiriladi va aniqlanadi. Shuning uchun sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomostlar ko‘pincha tekshiruv balansi deb ham nomlanadi.

Analitik hisob schyotlarida esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi ular aylanma qaydnomasi shaklinining quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqazo etadi.


" " sintetik schotining analitik hisob schyotlari bo‘yicha

aylanma vedomosti

Obyektlar nomi

O‘lchov birligi

Bahosi

Boshlang‘ich qoldiq

Kirim

Chiqim

Oxirgi qoldiq

miqdori

summa

miqdori

summa

miqdori

summa

miqdori

summa





































































































5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi
Schyotlar rejasi – buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.

Ushbu standart, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qat'iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi.

Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta'riflash mumkin.

Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.

Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan:



  1. Uzoq muddatli aktivlar;

  2. Joriy aktivlar;

  3. Majburiyatlar;

  4. Joriy kapital;

  5. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;

  6. Balansdan tashqari schyotlar.

Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma'lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ( 2- shakl ) tuziladi.

Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib ko‘rsatilgan:

1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 2-bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralar;

3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy

qismi;

4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi;



5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar;

6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar;

7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;

8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar;

9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar.

Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi.

Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9-bo‘lim) bo‘limdan iborat.

Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan.

Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning nomi - bu tub ma'noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir shaxsning familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari hisobini ta'minlashi kerak.

Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


Oz-ozini tekshirish uchun savollar

  1. Schetlar tizimi va buxgalteriya balansi moddalarining o‘zaro bog‘liqligi.

  2. Aktiv schyotlarda oxirgi qoldiq qanday aniqlanada?

  3. Aktiv schyotlarga misol keltiring.

  4. Aktiv, passiv schyotlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

  5. Aktiv, passiv va kontr aktiv, kontr passiv schetlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

  6. Asosiy schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning xususiyatlari

  7. Aylanma qaydnomalar haqida tushuncha, ularning turlari va axamiyati

  8. Balansdan tashqari schyotlar to‘g‘risida tushuncha.

  9. Buxgalteriya hisobi schyotlari deganda nimani tushunasiz?

  10. Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi haqida tushuncha va uning axamayati.

  11. Buxgalteriya provodkasi bilan ikki yoqlama yozuvning bog‘liqligi nimada ko‘rinadi?

  12. Buxgalteriya provodkasi va uning turlari.

  13. Ikki yoqlama yozuv to‘g‘risida tushuncha va uning qo'llanishi.

  14. Kalkulyatsiya schyotlari haqida tushuncha.

  15. Kontraktiv va kontrpassiv schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tavsifi.

  16. Oborot vedomosti nima uchun kerak?

  17. Oborot vedomostidagi schyotlarning soni nimaga bog‘liq bo‘ladi?

  18. Oborot vedomostini tuzish korxonalar uchun majburiymi?

  19. Passiv schyotlarda oxirgi qoldiq qanday aniqlanada?

  20. Passiv schyotlarga misol keltiring.

  21. Schetlarni tayinlashi-mo‘ljaliga ko‘ra guruhlanishi.

  22. Schetlarning turkumlanishini aytning.

  23. Schyotlar va balansning bog‘lanishini haqida tushuncha.

  24. Schyotlarni tayinlashi-mo‘ljaliga ko‘ra guruhlanishi

  25. Schyotlarning turkumlanishini aytib bering?

  26. Sintetik va analitik hisob to‘g‘risida tushuncha va ularning axamiyati.

  27. Taqsimlovchi schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tavsifi.

  28. Tartibga soluvchi schyotlar.

  29. Tranzit schyotlar xususiyatini tushuntiring.

  30. Yig‘ib-taqsimlovchi schyotlarda oxirgi qoldiq qanday aniqlanada?


Foydalanishga tavsiya etiladigan asosiy adabiyotlar ro’yxati

  1. Jo’raev N., Abduvoxidov F., Sotivoldieva D. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik (lotin alifbosida). –T.: 2012 y. 480 b.

  2. Pardaev A.X., Pardaev B.X. Boshqaruv hisobi. O’quv qo’llanma./ - T.: G.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2008.

  3. Karimov A., Islomov F., Avloqulov A. Buxgalteriya hisobi. Darslik.-T.: Sharq, 2004.

  4. Xamdamov B.K., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. Moliyaviy hisobot. O’quv qo’llanma./ - T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2008.

  5. Ibragimov A., Ochilov I., Qo’ziev I. Moliyaviy va boshqaruv hisobi –T.: Iqtisod-moliya. 2008 y. 440 b.

  6. Wan Madznah Wan Ibrahim, Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014


Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  3. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

  4. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.

  5. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

  6. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. \\ Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.

  7. Gadoev E. va boshqalar. Buxgalter uchun amaliy qo’llanma: ikki jildlik. Toshkent. NORMA-2010.

  8. Xasanov B.A., Xoshimov A.A., Pardaeva Z.A. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan mustaqil ta’lim uchun ko’rgazmali o’quv qo’llanma. –T.: Iqtisodiyot, 2012 y. 207 b.

  9. Xolbekov R.O., Maxkamboev A.T., Ergasheva Sh.T., Toshpo’latov A.Sh. Moliyaviy va boshqaruv hisobi fanidan masalalar to’plami. Uslubiy qo’llanma. T.: Iqtisodiyot, 2013. 107 b.

  10. Intermediate Accounting (15th Edition) English, 557 pages, Kieso, Weygandt and Warfield, 2013.

Download 64.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling