Mavzu: Xo‘jalik yurituvchi sub'yektning tashqi iqtisodiy faoliyati tahlili
Download 217.9 Kb. Pdf ko'rish
|
14-15-mavzu
14-15-mavzu: Xo‘jalik yurituvchi sub'yektning tashqi iqtisodiy faoliyati tahlili. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish iqtisodiy harakatda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida olinadi. Negaki, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanish korxonalar faoliyatining muhim va samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga davlat dasturini tuzib chiqishda va bu borada iqtisodiy va huquqiy negizlarni belgilashga muhim ahamiyat qaratiladi. Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishni tashqi iqtisodiy faoliyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu esa, o‘z navbatida faoliyatning turli sohalarida xorij bilan aloqada va hamkorlikda bo‘lishni, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish va unda muqim o‘rin egallashning imkon shartlarini belgilab olishni ham talab etadi. Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi. 2012-yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishini ta’kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar, investitsiyalar tobora o‘sib borayotganida, bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. 2012-yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko‘rsatkich 2011 yilga nisbatan 14 foizga o‘sdi. Jami investitsiyalarning 572 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko‘prog‘i to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. E’tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirildi. Hozirgi kunda respublikamizda xorij bilan iqtisodiy aloqalarning rivojini va istiqbolini ijobiy baholash mumkin. Mustaqillik yillarida turli mulk shaklidagi 3500 dan ortiq qo‘shma va hamkorlikdagi korxonalar tashkil etildi. Bugungi kunda ularning 2000 dan ortig‘i faol ish olib bormoqda. Ushbu korxonalar asosan respublikaning ichki iste’moliga qaratilgan. Lekin iqtisodiy imkoniyatlarning va huquqiy mezonlarning imkon shartlaridan to‘la foydalana olayotganimiz yo‘q. Negaki, tashkil etilgan va ro‘yxatga olingan mavjud 3500 dan ortiq qo‘shma korxonalarning 40 foizidan ortig‘i hali to‘la ishga tushirilganicha yo‘q yoki amalda umuman faoliyat olib bormayapti. Ularning ayrimlari qayta rasmiylashtirish va faoliyat shaklini o‘zgartirish harakatida bo‘lsa, ayrimlari hali o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘ya olganlari yo‘q. Respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la iqtisodiy asosga ega. Lekin bu iqtisodiy asosda maqsadli va kelajakni ko‘zlab foydalana olayotganimiz yo‘q. Negaki, respublikamizda tashkil etilayotgan asosiy qo‘shma korxonalarni to‘la quvvat darajasida ishlata olmayapmiz. Avvalo, iqtisodiy imkoniyatlar, deganda qo‘shma va hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishning moliyaviy, moddiy va mehnat resurslariga to‘la egalik, moliyaviy imkoniyat, respublika har qanday foydali va maqsadli loyiha uchun mablag‘lar topa olishi (shu jumladan, korxonalar ham) tushuniladi. Ular faoliyatini yo‘lga qo‘yishda avvalo, davlat bosh hamkor va kafolat subyekti sifatida maydonga chiqadi. Respublikamizga manfaati tegadigan har qanday maqsadli loyiha biz uchun maqbul va foydali sanaladi. Shu jihatdan, biz chet ellik hamkorlarga tabiiy qazilmalarni, xomashyolarimizni qayta ishlashga, og‘ir sanoatni rivojlantirishga birgalikda hamkorlik qilishga izn berdik. Ma’lumki, Respublikamiz agrar-industrial mamlakat hisoblanadi. Unda bevosita sanoatda qayta ishlanadigan o‘ta muhim va qimmatli mahsulotlar yaratiladi. Mustaqil respublikamiz oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda, paxta xomashyosi bo‘yicha 3-o‘rinda turadi. Paxta 573 bo‘yicha yillik yalpi hosili 3.0 - 3.4 mln tonnani tashkil etadi. Bundan bevosita tola shaklida 1.2-1.5 mln tonna tola ajratiladi. Bugungi kunda qayta ishlangan paxta tolasining asosiy qismi chet elga sotilmoqda. Respublikani iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarida paxtani xomashyo sifatida sotish emas, balki uni sekin-asta tayyor mahsulotlar sifatida sotishga o‘tish shartlari belgilangan. Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan qorako‘l teri va pillaning sotilishida ham bevosita shu jihatlarni ko‘rish mumkin. Yaratilgan asosiy mahsulot natural shaklda chet elga sotilmoqda. Uni qayta ishlash va jahon andozalaridagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoni bo‘lmayapti. Buning albatta obyektiv va subyektiv sabablarini sanab o‘tish mumkin. Respublikamiz zaminida mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar bo‘yicha shuni ta’kidlash lozim. Mavjud alyuminiy zaxiralari, qimmatbaho toshlar va metallar zaxiralari, tabiy gaz va ma’danli rudalarning mavjudligi ham bizni tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishimizda moddiy, iqtisodiy asos sifatida olinishi mumkin. Mehnat resurslari bo‘yicha. Respublikamizda hozirda mehnat qilish layoqatiga ega bo‘lgan 8 mln ga yaqin aholi mavjud. Ularning ham asosiy qismi qishloq xo‘jaligida band. Mavjud mehnat resurslarining deyarli 60 foizga yaqini qishloq xo‘jaligi va unga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarda band. Mehnat resurslarining nisbiy ortiqchaligi nihoyatda yuqori. Bu esa ulardan samarali foydalanishga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Mehnat resurslarining nisbiy ortiqchaligi shuni xarakterlaydiki, Respublikamizda xalq xo‘jaligida keragidan ortiqcha bandlik mavjud. Bu bandlik esa ularning sifatiga va qayta tiklanishiga faol ta’sir etmoqda. Mavjud mehnat resurslarining ortiqchaligi esa ularga to‘lanadigan mehnat haqining yoki ishchi kuchining bozor qiymatini nihoyatda tushirib yuborgan. Tashqi iqtisodiy faoliyatda esa mehnat resurslarining arzonligi muhim faktor sifatida olinadi. Huquqiy negizlar bo‘yicha ham albatta, ibratli ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublika Oliy Majlisi tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan qator huquqiy aktlar qabul qilingan. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va uning xalqaro huquqiy normalarga mosligini alohida ta’kidlash lozim. Ushbu qonunda korxonalarning tashqi iqtisodiy 574 faoliyat bilan shug‘ullanish shartlari, holati va tartibi belgilangan. Shu bilan birga, har bir korxona albatta mustaqil tashqi iqtisodiy faoliyat bilan qonun chegarasida shug‘ullanishi mumkin. Respublikamiz hukumati tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish va rivojlantirish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar maqsadi ham, avvalo respublikamizning tashqi savdo aylanmasini yaxshilashga, unda ijobiy saldoga erishishga qaratilgan. Respublikamiz Prezidenti tomonidan tashqi faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarining maqsadi ham shunga qaratilgan. Shuningdek, soliq qonunchiligi bo‘yicha ham tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlarga imtiyozli soliq stavkalarini qo‘llash, mahsulotlarning nazoratdagi qatorlari bo‘yicha imtiyoz shartlari va ko‘plab imtiyozlarning belgilanishi ham tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishda qo‘l kelmoqda. Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning bosh shartlaridan biri sifatida bevosita mamlakatimizdagi osoyishtalikni ham olishimiz mumkin. Albatta, tashqi iqtisodiy faoliyatda bo‘lish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tavakkalchilik hissi bilan emas, balki oldindan puxta o‘ylangan holda amalga oshiriladi. Bu borada albatta, xalqaro biznes tili bo‘lgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga alohida ahamiyat beriladi. Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini faqat chuqur tahliliy yechimlar asosidagina o‘qish va o‘rganish mumkin. Shu jihatdan tashqi iqtisodiy harakatni belgilashda va yo‘lga qo‘yishda tahlil bizning asosiy amaliy qurolimiz sifatida qaraladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning eksport operatsiyalaridan olingan foydasi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili Ko‘rsatkichlar O‘tgan yili Hisobot yili Farqi (+,-) Mahsulot, ish va xizmatlar eksportidan olingan tushum, ming so‘m hisobida 100000 120000 +20000 Eksport qilingan mahsulot, ish va xizmatlar tannarxi, ming so‘m hisobida 85000 95000 +10000 Eksport hajmidan olingan foyda, ming so‘mda 15000 25000 +10000 Rentabellik darajasi, % 15,0 20,8 +5,8 Korxonada eksport hajmidan olingan foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 10000 ming so‘mga ortgan. Bu o‘zgarish bevosita eksport hajmining yoki olingan daromadlar summasining o‘zgarishi hisobiga hamda eksport qilingan mahsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish tannarxining o‘zgarishi hisobiga ro‘y bergan. Buni quyidagi bog‘lanishlar orqali topishimiz mumkin. Agarda korxona eksport operatsiyasidan o‘tgan yil mahsulot, ish va xizmatlarni ishlab chiqarish tannarxida joriy davr tushumlariga yoki daromadlariga ega bo‘la olganda korxona qo‘shimcha qancha foydaga ega bo‘lishi mumkin edi. Buni quyidagicha aniqlash mumkin, ya’ni mahsulot, ish va xizmatlar joriy davr eksportidan olingan daromad summasidan ularning o‘tgan davr bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxi chegirilgan holda 12000- 85000=35000 ming so‘m. Demak, korxona bu holatda qo‘shimcha 35000 so‘mlik foydaga ega bo‘lgan bo‘lar edi. 1. Eksport hajmining o‘zgarishi hisobiga olingan foyda summasi: 35000-15000=+20000 ming so‘m. 2. Eksport qilingan mahsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish tannarxining o‘zgarishi hisobiga o‘zgarishi: 25000- 35000=-10000 ming so‘m. Har ikkala omil ta’sirida eksport hajmidan olingan foyda summasi=+20000-10000=+10000 ming so‘m bo‘lgan. Download 217.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling