Mavzu; xorazim viloyati samarqand 2014 y Mavzu: xorazim viloyati
Andijon viloyati qishloq xo`jaligi va sanoati
Download 74.7 Kb.
|
DARSISH ANDIJON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon viloyati transporti va tashqi siyosati haqida ham ma`lumotlar berish
Andijon viloyati qishloq xo`jaligi va sanoati. Andijon viloyatida nafaqat sanoat, balki qishloq xo`jaligi ham yaxshi rivojlangan.Agar hududning iqtisodiy salohiyatini aniqlash lozim bo`lsa, yaratilgan yalpi mahsulotni mintaqa maydoniga bo`lib topish mumkin.Viloyat qishloq xo`jaligi respublikamizning ayrim mintaqalaridan farq qilib, yalpi agrar mahsulotda dehqonchilikning ulushi kattaligida (65,2 %) o`z aksini topadi. Yer tanqisligi sababli fermer xo`jaliklar rivojlanishga ham imkoniyatlar mintaqada biroz cheklangan. Mulkchilikning bu shakli yalpi qishloq xo`jaligi mahsulotining 1/3 qismini beradi. Mustaqillik yillarida Andijon viloyati sanoati tez rivojlanib bordi va respublika iqtisodiy makonida o`ziga xos o`sish kutubiga aylandi. Bu, eng avvalo, viloyatning Asaka shahrida joylashgan avvalgi “Uz DEU avto”—hozirgi “GM O`zbekiston” qo`shma korxonasi asosida ro`y berdi. Viloyatning demografik vaziyatidan kelib chiqqan holda , xalq iste’moli mollari, ayniqsa yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotini ko`proq ishlab chiqarish maqsadga muofiqdir. Vaholanki, 2009 yilda jami XIM tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 4,8 % va yengil sanoat mahsulotlari 2,5 % i tashkil qiladi.
.Andijon viloyati transporti va tashqi siyosati haqida ham ma`lumotlar berish Andijon muhim transport tugunida joylashgan. Mavjud ma`lumotlarga qaraganda, 2009 yilda viloyatda jami 37406,7 ming tonna yuk, 283357,4 ming kishi yo`lovchi tashilgan. Yuk va yo`lovchi tashish aylanmasi oldingi yilga qaraganda 1,2 marta ortgan. Tashilgan yukning 92,6 % ni, yo`lovchilarning deyarli 100 % ni avtomobil transporti amalga oshirgan. Yukning ham, yo`lovchilarning ham aksariyat qismini xususiy avtomobil egalari bajarishgan. Yuk tashishda, eng avvalo, Andijon shahri, tumanlar orasida esa Andijon hamda Paxtaobod ajiralib turadi. Yo`lovchilar tashishda viloyat markazidan tashqari Andijon, Qo`rg`ontepa va Asaka tumanlari oldinda. Asaka mamlakatning avtomobilsozlik markazidir.Zavodda “Lacetti”, “Chevrolet Epica”, “chevrolet Captiva” rusumli yangi avtomashinalarni ham ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.Asaka shahri Shahrixonsoy daryosi oqib chiqadigan tog` etagida joylashgan.Shahrixonsoy vodiysida neft va gaz konlari bor. Tashqi savdo aylanmasi 2008 yilda 2060505 ming, 2009 yilda 1521839 ming AQSH dollariga teng bo`lgan . Shundan eksport 821190 va 337794, import 1239405 va 1184044 ming dollarni tashkil qilgan. Eksport tarkibida mashina va uskunalar -88,4 %, importda-77,0 %. Shu o`rinda takidlash joizki, 2008 yilda mashina va uskunalar importi qiymati eksport hajmidan ko`p bo`lgan. Demak, bu borada qo`shimcha zahiralar yaratilgan. Importda qora va rangli metallar 8,9 %, kimyo sanoati mahsulotlari 8,8 % dan iborat. Ushbu import tovarlari ham asosan avtomabilsozlik maqsadlarida amalga oshirilgan. Jami eksportning 57,8 % i “Uzoq xorij” va Boltiqbo`yi davlatlariga to`g`ri keladi (2008 y). Viloyat ichida eksportning 70,1 %, importning 77,6 % Asaka shahri zimmasiga tushadi. qolgan hududlarda bu xususida Xonobod shahri, shuningdek, Baliqchi, Shahrixon, Jalolquduq tumanlarini qayd etish mumkin Download 74.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling