Mavzu: Xorijiy davlatda olingan ta'lim toʻg'risidagi hujatni tan olish, ta'lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo'yish Reja


RASMIY HUJJATLARGA APOSTIL QO‘YISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Download 50.4 Kb.
bet2/2
Sana31.10.2023
Hajmi50.4 Kb.
#1735894
1   2
Bog'liq
Xorijiy davlatda olingan ta\'lim toʻg\'risidagi hujatni tan olish, ta\'lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo\'yish

RASMIY HUJJATLARGA APOSTIL QO‘YISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2022-yil 1-martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda “Apostille” maxsus shtampini (keyingi o‘rinlarda — apostil) qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatish tartibi joriy etilsin.
Bunda, jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga an’anaviy tarzda apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi ham saqlab qolinishi belgilab qo‘yilsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin:
jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ko‘rsatish tartibi;
jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga an’anaviy tarzda apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi;
ariza beruvchilarining murojaatiga ko‘ra, ularga apostil qo‘yish masalalari bo‘yicha apostil qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish vakolatiga kiradigan xodim hamda Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan maslahatlar (ma’lumotnomalar) berish tartibi;
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari tomonidan ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshirish.
3. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2022-yil 1-yanvarga qadar rasmiy hujjatlarga elektron tarzda apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi “E-App” (Electronic Apostille Programm) va “E-register” dasturlarining ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu dasturlarning loyiha-texnik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. Vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rasmiy hujjatlarni imzolash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr va shtamplarning bosma izi namunalarini muntazam ravishda:
tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga;
sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Oliy sudga;
prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Bosh prokuraturaga;
ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga;
boshqa rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Tashqi ishlar vazirligiga yuborsinlar.
5. Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda:
2022-yil 1-martga qadar hozirgi kunda mavjud bo‘lgan rasmiy hujjatlarni imzolash vakolatiga ega mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr va shtamplarning bosma izi namunalarining “E-App” dasturiga kiritilishini;
rasmiy hujjatlarni imzolash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar o‘zgargan taqdirda, ularning imzolari hamda muhr va shtamplarning bosma izi namunalarining “E-App” dasturida doimiy ravishda yangilanib borilishini;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmati ko‘rsatishda ishtirok etadigan barcha bo‘linmalarining YIDXPga ulanishini ta’minlasin.
6. Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarni ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
8. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari 2022-yil 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-dekabr,
732-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qaroriga


1-ILOVA
Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — murojaat etuvchilar) vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga “Apostille” maxsus shtampini (keyingi o‘rinlarda — apostil) qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Apostil bilan Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiyaning (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) (keyingi o‘rinlarda — Konvensiya) 5-moddasiga muvofiq, rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligi, imzolash vakolati mavjudligi hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligi tasdiqlanadi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
apostil — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konvensiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp;
apostil qo‘yish — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan rasmiy tartib-taomil;
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq apostil qo‘yish vakolati berilgan davlat organi;
“yulduzcha” — rasmiy hujjat varaqlari mahkamlanadigan joyga yopishtiriladigan va apostilni qo‘ygan vakolatli davlat organining gerbli muhri bosiladigan qalin qog‘oz;
“E-App” dasturi — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda rasmiy hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konvensiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp generatsiya qiladigan dastur;
“E-register” dasturi — vakolatli davlat organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida “E-App” dasturi orqali qo‘yiladigan maxsus shtampni generatsiya qilish va ushbu shtampga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarini o‘zida jamlovchi elektron reyestr dasturi.
3. Apostil rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun rasmiy hujjatlarga qo‘yiladi.
Apostilga qo‘yiladigan imzo qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq davlat xizmati quyidagi organlar tomonidan ko‘rsatiladi:
adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Oliy sud;
prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Bosh prokuratura;
ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
boshqa rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Tashqi ishlar vazirligi.
5. Apostil:
chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.
6. Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish, murojaat etuvchining o‘z xohishiga ko‘ra, mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq an’anaviy tarzda yoki 1a-ilovasiga muvofiq elektron tarzda amalga oshiriladi.
Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish bilan bog‘liq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
7. Rasmiy hujjatga elektron tarzda apostil qo‘yish jarayonida davlat xizmatlari markazlari va vakolatli davlat organlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
8. Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish, agar hujjat taqdim etiladigan davlatda amal qiladigan qonunlar, qoidalar yoki urf-odatlar yoxud ikki yoki bir necha ahdlashuvchi davlat o‘rtasidagi ahdlashuv rasmiy hujjatni legallashtirishni soddalashtirsa yoki ozod qilsa, talab qilinmasligi mumkin.
9. Vakolatli davlat organlari hamda davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik shaxslarga apostil qo‘yish tartib-taomillari bo‘yicha bepul maslahatlar beradilar.
2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
1-§. An’anaviy tarzda apostil qo‘yish tartibi
10. Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun vakolatli organga o‘zi kelgan holda murojaat etadi. Murojaat etuvchi o‘rniga ishonchnoma asosida harakat qilayotgan uchinchi shaxslar ham murojaat etishlari mumkin.
11. Vakolatli organ xodimi murojaat etuvchi nomidan ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.
So‘rovnomaga xorijiy davlat — Konvensiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat yoki rasmiy bo‘lmagan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi. So‘rovnomaga zarur ma’lumotlar rasmiylashtirilgan va kiritilgandan so‘ng murojaat etuvchi uni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
12. So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun:
ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
boshqa hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Murojaat etuvchi rasman murojaat etganidan so‘ng to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Yig‘im summasi ushbu Reglamentning 30-bandi “v” kichik bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
13. So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
14. Imzo namunasini va apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan aniq mansabdor shaxsning imzo qo‘yish vakolatlarini tasdiqlash va (yoki) rasmiy hujjat chiqadigan tashkilot muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur bo‘lgan taqdirda, rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovnomani ko‘rib chiqish muddati o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Bunda, murojaat etuvchi vakolatli organ tomonidan so‘rovnomani ko‘rib chiqish muddatlari uzaytirilganligi haqida xabardor etilishi lozim.
15. Apostil qo‘yish uchun taqdim etiladigan rasmiy hujjatlarda tegishli rekvizitlar (tartib raqami, sana, imzo, muhr) va mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiyligi, shu jumladan “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda, tekshirib olinadi.
16. Apostil qo‘yish uchun taqdim etiladigan rasmiy hujjatlardagi mansabdor shaxslarning imzolari va muhrlar bosma izi aniq bo‘lishi kerak.
Agar rasmiy hujjatda tuzatishlar va (yoki) qo‘shimcha yozuvlar bo‘lsa, ular rasmiy hujjatga imzo chekkan shaxs tomonidan qayd etilishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan tuzatishlar va (yoki) qo‘shimcha yozuvlar barcha xato yozilgan, keyinchalik esa tuzatilgan va ustidan chizilganlarni dastlabki shaklda o‘qish mumkin bo‘lgan tarzda bajarilishi kerak.
17. Quyidagi hollarda apostil qo‘yish rad etiladi:
rasmiy hujjatda ushbu Reglamentning 15-bandiga muvofiq zarur rekvizitlarning hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.
18. Vakolatli davlat organi tomonidan apostil qo‘yish rad etilgan taqdirda, ushbu Reglamentga muvofiq rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma rad etish sabablari va murojaat etuvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun rasmiy hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat (30 kalendar kun) ko‘rsatilgan holda murojaat etuvchiga (uning vakiliga) taqdim etiladi.
Vakolatli organ xodimi shu kunning o‘zida murojaat etuvchiga rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma haqida telefon yoki “SMS-xabar” orqali xabar beradi.
19. So‘rovnoma takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin berilgan so‘rovnoma yangidan berilgan hisoblanadi.
20. Apostil qo‘yish “E-App” dasturi orqali shtamp generatsiya qilinganidan so‘ng rasmiy hujjatga apostil bosma izini bosish yo‘li bilan amalga oshiriladi va u generatsiya qilingan shtampda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.
Mazkur shtampni “E-register” dasturida “E-App” dasturi bilan beriladigan maxsus raqam orqali tekshirib olish imkoniyati mavjud bo‘lishi shart.
21. Apostil mazkur Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq 10x10 sm o‘lchamli kvadrat klishe shaklida bo‘ladi. Apostilning sarlavhasi fransuz tilida bo‘lishi kerak.
Apostilni an’anaviy tarzda kseronusxa yoki apostilning bosma izini bosishdan farq qiladigan boshqa usulda qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Apostilning bosma izi rasmiy hujjatning matndan bo‘sh joyiga yoki uning orqa tomoniga yoxud qog‘ozning alohida varag‘iga qo‘yiladi.
Apostilning bosma izi alohida varaqqa qo‘yilgan taqdirda, rasmiy hujjatning varaqlari va apostilning bosma izi bosilgan varaqqa tartib raqami qo‘yiladi va istalgan rangdagi ip yoxud maxsus nozik bog‘ich, lenta bilan tikiladi. Rasmiy hujjatning tikilgan joydagi oxirgi varag‘i qalin qog‘oz “yulduzcha” bilan yelimlanadi, unga O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr (keyingi o‘rinlarda — gerbli muhr) bosiladi. Gerbli muhrning izi “yulduzcha”da va varaqda bir tekis joylashadi. Tikilgan varaqlar soni tikilgan va tartib raqami qo‘yilgan varaqlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar bor bo‘lgan shtamp bilan tasdiqlanadi.
23. Xodim o‘zi qo‘ygan apostil bosma izini to‘ldiradi.
Apostil bosma izining 2-qatorida apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi ko‘rsatiladi.
Agar rasmiy hujjatda aniq mansabdor shaxsning imzosi va uning familiyasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, hujjat esa tashkilot nomidan chiqsa, apostil bosma izining 2-qatorida “imzo nazarda tutilmagan” (apostil izi to‘ldirilgan tilda) deb ko‘rsatiladi, 4-qatorda esa — rasmiy hujjat chiqadigan tashkilotning rasmiy nomi ko‘rsatiladi.
Apostil notarial tartibda tasdiqlangan rasmiy hujjatning nusxasiga qo‘yilganda, apostil bosma izining 1-qatorida “Ushbu rasmiy hujjat/this public document” degan so‘zlardan keyin “notarial nusxasi” (apostil izi to‘ldirilgan tilda) so‘zlari, 2, 3, 4-qatorlarda esa notariusning familiyasi, lavozimi va tegishlicha davlat notarial idorasining nomi ko‘rsatiladi.
Apostil bosma izining 3-qatorida rasmiy hujjatni imzolagan shaxsning lavozimi ko‘rsatiladi. Agar rasmiy hujjat bir necha shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lsa, ularning lavozim bo‘yicha eng kattasining (masalan, sud tarkibidagi raislik qiluvchining) lavozim mavqeyi ko‘rsatiladi.
Apostil bosma izining 4-qatorida rasmiy hujjatni bergan tashkilotning rasmiy nomi ko‘rsatiladi.
Apostil bosma izining 5-qatorida apostil qo‘yilgan shahar ko‘rsatiladi.
Apostil bosma izining 6-qatorida raqamlar bilan apostil qo‘yilgan sana ko‘rsatiladi.
Apostil bosma izining 7-qatorida rasmiy hujjatni tasdiqlagan shaxsning familiyasi, lavozimi ko‘rsatiladi.
Apostil bosma izining 8-qatorida Apostilni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqamiga muvofiq bo‘lgan tartib raqami ko‘rsatiladi.
Apostil bosma izining 9-qatoriga vakolatli davlat organining gerbli muhri bosiladi.
Apostil bosma izining 10-qatoriga apostil qo‘ygan shaxsning imzosi qo‘yiladi.
Apostil bosma izi matniga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar apostil taqdim etiladigan davlatda rasmiy hujjatning tarjimasini ham taqdim etish zarur bo‘lsa, apostil qo‘yilishidan oldin ko‘rsatib o‘tilgan rasmiy hujjatlar tarjimon tomonidan apostil taqdim etiladigan davlat tiliga (yoki ingliz tiliga) tarjima qilinadi, shundan keyin tarjimonning imzosi notarius tomonidan tasdiqlanadi, so‘ngra rasmiy hujjat va uning tasdiqlangan tarjimasiga apostil qo‘yiladi.
24. Vakolatli organ xodimi apostil qo‘yilgan rasmiy hujjatni shu kunning o‘zida murojaat etuvchiga (uning vakiliga) taqdim etadi va bu haqida “E-register” dasturiga tegishli yozuvni kiritadi hamda apostil qo‘yilgan rasmiy hujjatning skanerlangan PDF shaklidagi nusxasini biriktiradi.
Bunda murojaat etuvchi vakolatli organ xodimiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda, apostil qo‘yilgan rasmiy hujjatlarni qabul qilib olganligini o‘z imzosi yoki identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Download 50.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling