Nemischa tuzim - Germaniya muzey pedagogikasining rivojlanishi 1930-yillarda madaniyat va ta’limga fashistik mafkura va ikkinchi jahon urushi oqibatida toʻxtab qoldi. Shunga qaramay, Germaniyaning muzey va pedagogik faoliyatni rivojlantirishga qoʻshgan hissasini qayd etamiz, ular quyidagilardan iborat:ekskursiya muzey pedagogik jarayonining asosiy shakli sifatida oʻzini namoyon qildi;"muzey dialoglari" tushunchasi birinchi marta joriy etildi (A.Lichtvark);Germaniya Yevropada birinchi muzeyga oid jurnalni chiqara boshladi. Jurnal “Muzeum-skunde” (“Muzey ishi”) deb nomlanib, uning sahifalarida muzeyning ta’lim faoliyati yoritilgan;muzeyning oʻquv faoliyati ilmiy tadqiqot obyektiga aylandi (G.Kershenshtayner va G.Froydental);"muzey pedagogikasi" atamasi ilk bor ilmiy foydalanishga kiritildi (1934, A.Reyxveyn).
Rossiyada muzey pedagogikasining shakllanishi. - Rossiya muzeylarida pedagogik ish tajribasini nazariy tushunishning boshlanishi "Ekskursiya xabarnomasi"ning nashr etilishi bilan belgilandi, uning maxsus soni 1916-yil uchun toʻliq muzeylarning maktab oʻquvchilari bilan ishlashiga bagʻishlangan edi. Nashrlar orasida Moskvadagi Rumyantsev muzeyi kuratori N.I.Romanovning “San’atda ekskursiyalarning vazifalari va usullari haqida” maqolasi alohida oʻrin egalladi. Unda muallif san’atni oʻrgatish jarayonidan avval uning inson qalbiga ta’sirini chuqur anglash kerak, degan fikrni bildiradi. Badiiy asarni madaniyat tarixi yoki umumiy tarixga tatbiq etish sifatida emas, balki oʻziga xos estetik obyekt sifatida oʻrganish kerak. N.Romanov estetik ekskursiyani asl nusxa bilan aloqa qilish vositasi deb hisoblagan, uning vazifasi “tomoshabinni estetik tajribalar bilan tanishtirish va taniqli asarni jiddiy chuqur tahlil qilish”dir.
Shu bilan birga, taniqli faylasuf va rus kosmizmi vakili N.F.Fyodorovning qarashlarini ta’kidlash kerak, u muzeylarni inson faoliyatining maqsadlari va ma’nosiga faol ta’sir koʻrsatadigan axloqiy va ta’lim muassasalari deb hisoblagan. N.Fedorov “Muzey - uning mazmuni va maqsadi” asarida muzeylarni “birlikning oliy instituti” deb atagan. Olim ularda ijtimoiy xotira institutini va oʻtmishni hozirgi zamonda gavdalantirish usulini koʻrdi. N.Fyodorovning fikricha, ibodatxona, omborxona, maktabni oʻzida mujassam etgan muzey ta’lim darajasi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, jamiyatning barcha vakillari uchun butun mazmuni bilan ochiq boʻlishi kerak. Atoqli rus faylasufi muzeyning uchta asosiy funksiyasini aniqladi: tadqiqot, oʻqitish va faoliyat. Ularni birgalikda amalga oshirilishi ma’naviyat va ijodkorlikni shakllantirishga xizmat qiladi, deb hisoblagan. - Shu bilan birga, taniqli faylasuf va rus kosmizmi vakili N.F.Fyodorovning qarashlarini ta’kidlash kerak, u muzeylarni inson faoliyatining maqsadlari va ma’nosiga faol ta’sir koʻrsatadigan axloqiy va ta’lim muassasalari deb hisoblagan. N.Fedorov “Muzey - uning mazmuni va maqsadi” asarida muzeylarni “birlikning oliy instituti” deb atagan. Olim ularda ijtimoiy xotira institutini va oʻtmishni hozirgi zamonda gavdalantirish usulini koʻrdi. N.Fyodorovning fikricha, ibodatxona, omborxona, maktabni oʻzida mujassam etgan muzey ta’lim darajasi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, jamiyatning barcha vakillari uchun butun mazmuni bilan ochiq boʻlishi kerak. Atoqli rus faylasufi muzeyning uchta asosiy funksiyasini aniqladi: tadqiqot, oʻqitish va faoliyat. Ularni birgalikda amalga oshirilishi ma’naviyat va ijodkorlikni shakllantirishga xizmat qiladi, deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |